2. Tovar moddiy zahiralar auditini tashkil etish tartibi. Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish


Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish


Download 81.85 Kb.
bet8/11
Sana14.10.2023
Hajmi81.85 Kb.
#1702355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
audit

3.Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish.
Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun qilingan sarflar (transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun to‘lanadigan foizlarni ham qo‘shgan holda aniqlanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to‘langan xizmat haqlari, ustama haqlari, bojxona to‘lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash, yuklash-tushirish va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga qo‘shiladi.
Moddiy boyliklarni baholashning to‘g‘riligi ko‘p jihatdan ularning analitik va sintetik hisobini tashkil etish hamda yuritishga bog‘liq. Shuning uchun auditor 1010-1090 schyotlar bo‘yicha moddiy boyliklar hisobi, ularning har bir turi bo‘yicha hamda iste’mol xossalariga ko‘ra (navi, markasi, konditsiyasi va hokazo) yuritilishini; Moddiy boyliklarning iste’mol xossalariga qarab ularning har biriga nomenklatura raqamlari berilganligi va ularning dastlabki hujjatlarda hamda omborxona hisobida ko‘rsatilishini tekshirishi lozim.
Agar ishlab chiqarish zaxiralari hisob baholari bo‘yicha hisobga olinsa, ushbu baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farqlarni tovar-moddiy zaxiralarning turlari o‘rtasida taqsimlash ishlari audit obyekti hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish zaxiralarini baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog‘liq. Tovar-moddiy zaxiralar yil davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli,ularning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hi-soblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan o‘chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil bo‘lishlari mumkin) qo‘llanilishiga bog‘liq. No4 - «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog‘ida ishlab chiqarish zaxiralarini baholashning quyidagi usul-laridan foydalanish tavsiya qilinadi:
1. O‘rtacha tannarxi bo‘yicha (AVECO).
2. Birinchi xarid qilingan tannarx bo‘yicha (FIFO).
Auditor zaxiralarning muayyan turiga nisbatan tanlangan usulning yil davomida o‘zgartirilmasdan qo‘llanilganligiga ishonch hosil qilishi, ularni qo‘llashning to‘g‘riligi hamda asoslanganligi va boshqaruv uchun foydaliligini tekshirishi lozim.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni bahoashning FIFO (FIFO) metodi belgilangan bo‘lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo‘lgan zaxiralar qoldig‘ining tannarxini hisobga olgan holda, birinchi sotib olingan zaxiralar bahosida ishlab chiqarishga sarflanishi lozim.
Balansda esa moddiy boyliklarning qoldiqlari so‘nggi sotib olingan, ya’ni qimmatroq xarid baholari bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim.Agar zaxiralar o‘rtacha tannarx (AVECO usuli) bo‘yicha baholansa,auditor zaxiralarning qaysidir bir partiyasini baholashning to‘g‘riligini,ya’ni o‘rtacha bahoning to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligini aniqlashi uchun bir necha dastlabki kirim hujjatlarini tekshirishi zarur.
Moddiy boyliklar qiymati ishlab chiqarish sarflariga hisobdan o‘chirilishining to‘g‘riligini auditor quyidagi tovar balansi formulasi bo‘yicha tekshirishi mumkin:
Smq q Yb Q Kmb - Yo
Smq - hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati;
Yb, Yo - ishlab chiqarish zaxiralari schyotlaridagi yil boshi va oxiriga bo‘lgan moddiy boyliklar qoldig‘ining qiymati (balans va bosh daftar ma’lumotlari asosida);
Kmb - hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090 schyotlarning debet oborotlari).
Materiallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari sun’iy ravishda ko‘payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda (daromad) kamayadi. Shuningdek, foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan baza ham kamayadi, ya’ni sun’iy ravishda soliq yashiriladi.
Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar bosa yoki ular qisman o‘z sifatini yo‘qotgan yoki ma’naviy eskirgan bo‘lsa, bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo‘yicha emas, balki sotishmumkin bo‘lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo‘lsa, bahodagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini tekshirish uchun auditor texnologik jarayonlarning xususiyatlari hamda moddiy boyliklarni ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi lozim. Chunki ushbu tartib buzilganida ko‘plab kamchiliklar va hatto suyiste’mol qilishlar yuzaga keladi.Moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga berilishi, dastlabki va yig‘ma chiqim hujjatlari asosida tuziladigan, materiallar sarflanishi hisobga olinadigan yig‘ma vedomost bo‘yicha tekshiriladi. Auditor, avvalo ishlab chiqarish zaxiralarini sotishga doir muomalalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini, barcha hujjatlar shartnomalar, ishonchnomalar va tovar-transport nakladnoylari va boshqa dastlabki hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini (jumladan, ularda QQS alohida satr bilan ajratib ko‘rsatilganligini) aniqlashi lozim.
Moddiy boyliklarni sotishga doir muomalalarga materiallarni hisobga oladigan schyotlar (1010-1090) kreditlanib 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi va xaridorlardan olingan (olinadigan) daromad summasiga esa 5110-«Hisob-kitob schyoti» (4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti) debetlanib, 9220-schyot kreditlanadi.
Moddiy boyliklarni tekinga berish bo‘yicha auditor soliqqa tortish maqsadida ular qiymatini aniqlashning to‘g‘riligini tekshiradi. Ularni hisobdan o‘chirish quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtirilishi lozim: hisobdagi bahosiga 9220-schyot debetlanib, 1010-1090 va 2910 schyotlar kreditlanadi.
Foyda solig‘ini hisob-kitob qilish uchun berilgan moddiy boyliklar qiymati o‘rtacha sotish bahosi yoki oxirgi sotish bahosi bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Tovar-moddiy zaxiralar yo‘qolishining hisobdan o‘chirilishini tekshirish. Tovar-moddiy boyliklarning kamomadi, buzilishi va qayta baholanib bahosining pasaytirilishini hisobdan o‘chiradigan hujjatlar hamda ayrim turdagi materiallarni tashish chog‘idagi tabiiy kamayish me’yorining to‘g‘ri qo‘llanilishi maxsus puxta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Masalan, zich (germetik) yopiladigan idishlarda tashiladigan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tabiiy kamayish me’yorlari qo‘llanilmaydi. Shisha idishlarda tashiladigan materiallar bo‘yicha esa ruxsat etilgan sinish me’yori qo‘llaniladi. Tabiiy kamayish me’yori doirasidagi va undan oshgan yo‘qotishlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hujjatga asosan faqat korxona rahbarining ruxsati bilan taqqoslash vedomostidagi kamomaddan oshib ketmagan miqdorda hisobdan o‘chirilishi mumkin.
Belgilangan tabiiy kamayish me’yoridan oshiqcha hisobdan o‘chirish hamda buzilish va arzonlashtirishdan ko‘rilgan yo‘qotishlarga doir muomalalar auditordan maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Arzonlashtirish va buzilishdan ko‘rilgan yo‘qotishlar dalolatnomalar va inventarizatsiya ro‘yxatlari, arzonlashtirish yoki buzilish sodir bo‘lgan sanadagi bozor baholari, hamda arzonlashtiriladigan materiallarning xarid baholari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, auditor dastlabki hujjatlar asosida analitik va sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarni ham tanlab tekshiradi.

Download 81.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling