2. Tovar moddiy zahiralar auditini tashkil etish tartibi. Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish


a) buxgalteriya hisobotining buzilishi


Download 81.85 Kb.
bet4/11
Sana14.10.2023
Hajmi81.85 Kb.
#1702355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
audit

a) buxgalteriya hisobotining buzilishi:
oldingi davrlarda hisobdan o‘chirilgan hamda foydalilik xususiyatlarini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi; yo‘ldagi tovarlarni yoki sotilib bo‘lingan tovarlarni ikki marta hisobga olish;
uchinchi shaxslar omborida saqlanayotgan ishlab chiqarish zaxiralari qoldig‘ining oshirib ko‘rsatilishi; komissiyaga qabul qilingan ya’ni balansdan tashqari schyotlarda hisobda turgan tovar-moddiy zaxiralar ham inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi va shunga o‘xshash;
b) suiste’mol qilishlar:
korxonaning bir necha xodimlari xatti-harakati yoki saqlash ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmaganligi oqibatida qiymatliklarning o‘g‘irlanishi;
olingan tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilganidan kam yoki sifatsiz bo‘lsa,ularni qabul qilish uchun mas’ul shaxslarning mol yetkazib beruvchilardan pora (pul yoki sovg‘a ko‘rinishidagi buyum) olish hollari;
haqiqatda yo‘q xaridorlarning rekvizitlarini ko‘rsatish yo‘li bilan jo‘natish hujjatlarini qalbakilashtirish.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, hisobot davri davomida to‘liq yoki to‘g‘ri aks ettirilmaganligi sababli yil oxirida zaxiralar oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.
Xaridlar quyidagi ikkita holning bittasi sababli pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.
1) muomalalarni hisobda aks ettirmaslik. Bunday muomalalar kreditor qarzlarni tekshirish chog‘ida aniqlanishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan, olingan moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langanlikni isbotlovchi schyotlar, shartnomalar, isbotlovchi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtirib, auditor ayrim schyotlarning buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilmay qolganligini aniqlashi mumkin.
2) muomalalar noto‘g‘ri turkumlangan.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralarning sotib olish qiymati ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin bunday sarflarning bir qismi yoki ayrim turlari (masalan, sotib olinayotgan xomashyoning sifatini aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati) tovarmoddiy zaxiralar qiymatiga qo‘shilmasdan, birdaniga sarflarga olib borilgan bo‘lishi mumkin.
Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni aks ettirish kabi xarajatlar noto‘g‘ri turkumlangan hollarda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.

Download 81.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling