2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


Download 66.68 Kb.
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1789521
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-ma`ruza

Shamol eroziyasini oldini olish chora tadbirlari:
Qum va changlar yuzasiga yupqa yelimlar hosil qilib shamolga bardosh berish uchun ekologik toza nerozin polimerlardan K-3, K-4, K-5, K-6 kabi lateks vositalardan foydalanib yupqa qum ustki qatlamlari hosil qilish va hokazolar maqsadga muvofiqdir.
Alohida ta’kidlash kerakki, shamol eroziyasini oldini olishda eng mukammal usul shamollar kuchini pasaytirish uchun uning yo‘liga ayni iqlim sharoitiga mos va xos bo‘lgan o‘rmonzorlar barpo etishdir.
Shamol va suv eroziyasini qaydarajada oldini olishga erishilsa, bilingki u iqtisodiyotga shu darajada samara beradi. Shundan to‘g‘ri xulosa chiqarib har bir sayyoramiz fuqorolari bu kabi xayrli ishga o‘z imkoniyatlari darajasida yondashsalar bilingki, qadrdon ona zaminimiz zavolga yuz tutmaydi.
Yerning degradatsiyasi esa ‒ yerlardan foydalanish yoki tuproqlarning shamol va suv eroziyasi, fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarining yomonlashuvi kabi jarayonlarga va tabiiy o‘simlik uzoq muddatga yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan hatti - harakatlar tufayli sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan yerlarning, yoki yaylovlar va o‘rmonlarning biologik va iqtisodiy mahsuldorligini kamayishiga yoki to‘liq yo‘qolishini bildiradi. Cho‘llashuv quyidagi belgilarga ega: tuproqning o‘simlik bilan qoplanish darajasining qisqarishi, tuproq yuzasi albedosi (aks ettirish qobiliyati)ning ko‘payishi, ko‘pyillik o‘simliklarning, ayniqsa daraxtlar va butalarning ancha yo‘qolishi, tuproqlar degradatsiyasi va erosiyasi, ayrim joylarda qumlarning bosishi va tuproqlarning sho‘rlanishi. Bu barcha jarayonlar arid landshaftlar uchun xos va tabiiy holda ular tartibga solinadi. Ammo, bu jarayon inson faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lsa, ko‘pgina ozgarishlar qaytmaydigan (takrorlanmas) bo‘lib qoladi.
Cho‘llashuvga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro Konvensiyaga muvofiq iqlim nuqtai nazaridan cho‘llashuv xavfi P|PET = 0,05-0,65 bo‘ladigan zonada bo‘ladi (P – yillik yog‘in miqdori, PET – potensial evaporatsiya). Bu toifaga qurg‘oqchi-likning turli darajasidagi arid yerlar to‘g‘ri keladi. Umuman, cho‘llashuv – bu arid hududlarda tabiiy muhit degradasiyasining majmuali jarayonlaridir.
Cho‘llashuvga tabiiy o‘simliklarning y‘qotilishi, tuproqlarning suv va shamol eroziyasi, sho‘rlanishi va chirindisizlashuvi va boshqa jarayonlar kiradi. Bu jarayonlar natijasida landshaftlarning tabiiy biologik mahsuldorligi ham pasayadi, aholining yashash sharoitlari yomonlashadi. Cho‘llashuv rayonlarining tuproqlari past hosildorlikka ega va shu tufayli yo‘gin miqdori kam va o‘zgaruvchan sharoitlarda ancha cho‘llashgan rayonlarda biologik mahsuldorlik (quruq massa hisobida) yiliga 400 kg/ga ni tashkil etadi. Iqlim sharoitlariga ko‘ra cho‘llar jahonda (muzlik qoplamalari, ya‘ni muzlik sahrolari bilan birgalikda) qariyb 48 mln km2 maydonni band etishi lozim. Ammo, tuproq – o‘simlik ma‘lumotlariga ko‘ra cho‘llarning maydoni 57 mln km2 ga yetadi. Bu ko‘rsatkichlar orasidagi tavovut 9 mln km2 ni tashkil etadi. Demak, ular antropogen cho‘llardir. Afrika va Shimoliy Amerika arid hududlarining ¾ ga yaqini degradasiya (cho‘llashuv)ga duchor bo‘lgan. Jahon aholisininmg 1/6 qismi cho‘llashuv xavfi bo‘lgan zonada yashaydi. Qoidaga binoan cho‘llashuv tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarning noxush birikishi tufayli rivojlanadi.Cho‘llanish jarayoni tabiiy va antropogen omillar ta‘siri ostida sodir bo‘lmoqda.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling