2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


Download 66.68 Kb.
bet1/6
Sana20.11.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1789521
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-ma`ruza


11.MAVZU. LITOSFERA.TUPROQ DEGRADATSIYASI.

  1. Tuproq uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli.

2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


3. Tabiiy va sun’iy eroziya, suv va shamol eroziyasi va unga qarshi kurashish yo‘llari. Yer usti ekosistemalarning degradatsiyasi

4. Sanoatda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar va ularni qayta ishlash, utilizasiya qilish yo‘llari


Tayanch so‘z va iboralar – biosfera, suv eroziyasi, gumus, arid, agrotuproq, mikroelement, shamol eroziyasi, geologik eroziya, mikroelementlar, bakterioflaglar, emirilish, tabiiy, tuproq donadorligi, defolyasiya, ixotazorlar, degradasiya, destruksiya, dezertifikatsiya, chiqindisiz texnologiya, resurs, polufabrikant, utilizatsiya, pererabotka, resikling, ikkilamchi resurs, maydalash, granulalash, briketlash.


1. Tuproq uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli.


Tuproq biogen tuzilishga ega bo‘lgan yerning ustki g‘ovak qatlami bo‘lib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta’sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan o‘simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanadi ya’ni chiriydi. Hosil bo‘lgan bu chirindilar esa tuproqdagi mineral birikmalar bilan birga o‘simlik tanasiga o‘tadi va unda o‘zaro reaktsiyaga kirishib, yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular o‘simlik, odam va hayvon qoldiqlari bilan yana tuproqqa qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda organik va mineral moddalar “tuproq-o‘simlik-hayvon-tuproq” tizimidagi yopiq zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining saqlanib turishiga asos soladi.
Tuproq - yerning ustki, o‘simliklarning ildiz sistemasi joylashgan g‘ovaklik va o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan unumdor, (donador) mustaqil jismdir. U yer po‘stining yuza va unumdor qatlami. Tirik organizmlar, metobolizm mahsulotlari va shu mahsulotlarning atmosfera havosi, suv va boshqa tashqi tabiiy omillar ta’siri ostida hosil bo‘lgan mahsulotidir.
Tuproq hosil qiluvchi omillarning o‘zaro ta’siri natijasida rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotni V.V.Dokuchaev (1846-1903) yaratdi. U tuproq haqidagi tushunchani ilmiy asosda o‘rganib, tuproqning paydo bo‘lishi bir qator tabiiy tashqi omillarga - joyning relefiga, iqlimiga, tuproq hosil qiluvchi ona jinsga, o‘simliklarga va hayvonot olamiga bog‘liq ekanligini tajribalar asosida isbotlab berdi. Tuproqning tarkibi va xossalari
Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
a. qattiq qism mineral moddalarga juda boy bo‘lib, uning unumdorligi mineral moddalarning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Uning asosini, asosan chirindi (gumus) tashkil etadi.
b. suyuq qism yoki tuproq eritmasi tuproqning faol tarkibiy qismi bo‘lib, turli xil kimyoviy element va moddalarni tuproq ichiga olib kiradi yoki tuproq ichidan olib chiqadi. Asosan tuproqni ozuqa bilan ta’minlaydi. N.G.Visosskiy tuproq eritmasining o‘simliklar oziqlanishidagi ahamiyatini hayvon organizmi uchun eng muhim bo‘lgan qon bilan tenglashtirgan edi.
v. gaz holatidagi qismi yoki tuproq havosi-suv bilan to‘lmagan kovaklarni band qiladi. Tuproq havosining tarkibi va miqdori barqaror emas, bu ko‘rsatkichlar tuproqda yuz beradigan kimyoviy, biologik va biokimyoviy jarayonlar bilan belgilanadi.
g. tirik tarkibiy qismi: mikroorganizmlar, eng sodda jonivorlar, chuvalchanglar, molyuskalar, hashoratlar hamda ularning lichinkalari (qurtlari) va boshqalardan iborat.
Tuproqshunoslikning tarixi va buguni. Tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar milloddan avvalgi 4-3 ming yillar ilgari yunonlar, osurtlar, xitoylar va rimliklar tomonidan yozib qoldirilgan manbalarda uchraydi. Mil. avv. yashab o‘tgan Aristotel va Teofrast (372-287) asarlarida, shuningdek, kamida 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan Avestoda ham tuproq xossalari va o‘simliklarning oziqlanishi haqidagi ma’lumotlar uchraydi.
Bizning mamlakatimizda ilmiy asoslangan tuproqshunoslikka XX asr boshlaridan asos solindi. 1934 yildan boshlab O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligidagi muhim yutuqlaridan biri yangi tashkil etilgan kolxoz va sovxozlarning tuprog‘ini tekshirish agrotuproq kartalarining tuzila boshlaganligidadir. Shundan boshlab O‘zbekiston hududidagi sug‘oriladigan ekinlar, ayniqsa, paxtachilik rayonlaridagi qadimiy va yangidan o‘zlashtirilgan bo‘z yer tuproqlarini to‘liq o‘rganish va ularning unumdorligini oshirish uchun zarur agrokompleks tadbirlarni - yerni chuqur haydash, sug‘orish, mineral va mahalliy o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, sho‘rlangan va botqoqlangan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirishda yirik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent qishloq xo‘jaligi agrar universiteti va mamlakatimizdagi deyarli barcha universitetlarda qishloq xo‘jaligi, Agrokimyo, Agronomiya kabi sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda va kafedra olimlari tomonidan: Tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli kartalar tuzish va bonitirovka; yangi yerlarni o‘zlashtirish; sho‘rlangan tuproqlar; tuproq fizikasi va texnologiyasi; tuproq eroziyasi; tuproq kimyosi; agrokimyo; tuproq fizik kimyosi va mineralogiyasi; tuproq gidrologiyasi; tuproq mikrobiologiyasi va biokimyosi, tuproq mikroelementlari va boshqa bir qator yirik-yirik mavzularda, aynan, tuproq xossalarini yaxshilash, unumdorligini oshirish, ekologik muammolarini hal qilish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan ozuqani o‘simlik va hayvonlar yordamida tuproqdan oladi. Shuning bilan birgalikda u har bir mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Mamlakatimiz qomusining 55 moddasiga asosan yer umumxalq boyligi bo‘lib, ular davlat muhofazasida bo‘ladi. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda, qishloq-xo‘jaligi keyingi taraqqiyotini ro‘yobga chiqarishda, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan zaruratini yanada yaxshiroq qondirishda, yer boyliklaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligiga fan texnika yutuqlarini to‘g‘ri tashkil etish uning muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o‘rganishga bog‘liq. Tuproq unumdorligini oshirish, uning sifati, bonitirovkasi, iqtisodiy bahosi, muhofazasini bilish, turli xil o‘simliklarni tuproq holatiga ko‘ra ilmiy asoslangan ketma-ketligi, tuproqqa ekologik toza ishlov berish agrotexnik usullari, o‘g‘itlash, eroziya, sho‘rlanish, zichlanish va boshqalarga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish tuproqni turli xil buzilishlardan asraydi. O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, “Yer kadastri to‘g‘risidagi” qonun va boshqa agrar sohadagi islohatlarni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar va me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 2000-2010 yillarda-tuproqdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligini ilmiy jihatdan ta’minlashning huquqiy asosini yaratadi.
Tuproqning g‘ovakligi, havo va suv o‘tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va boshqa bir qator xususiyatlari tuproq zarrachalarining katta-kichikligiga va kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, biokimyoviy jarayonlarning amalga oshishida muhim hisoblanadi. Tuproq turli xil mineral va organik zarrachalardan iborat bo‘lib, zarrachalar orasidagi bo‘shliqlar havo, suv va millionlab turli xil organizmlardan tashkil topgan. Tuproqning o‘z g‘ovakchalari orqali suv, havo va harorat (issiqlik)ni qabul qilishi yoki o‘rin almashinishi undagi mikroorganizmlarning yashashi o‘simliklarning o‘sishi va unumdorlik darajasining yaxshilashiga imkon yaratadi. Tuproq hosil bo‘lishida, unumdorlik darajasining oshishida, o‘simliklarni zarur oziq moddalar (suv, havo, o‘g‘it) bilan ta’minlanishida tirik organizmlarning roli kattadir. Tuproq yerdagi organik hayotning manbaidir; shuningdek o‘zi organik hayotning hosilasidir, shu sababli ham ularning biri-ikkinchisini doimo to‘ldirib turadi.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling