2. Umumiy tushunchalar


Download 114.89 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi114.89 Kb.
#1328615
Bog'liq
8 lab


AVTOMATIKA TIZIMLARIDA QO’LLANUVCHI IJROCHI MEXANIZMLAR.

1.Ishning maqsadi:
Ijrochi mexanizmlarning ish prinsipi va xarakteristikalarini o’rganish.
2. Umumiy tushunchalar
Ijrochi qurilmalar xar qanday avtomatik rostlash sistemasining tarkibiy qismi shisoblanib, ish principi va konstruktsiyalari bo’yicha turlichadir. Ijrochi qurilmalar ikki qismdan ijrochi mexa­nizm (IM, ya’ni uzatma) va rostlash organlaridan iborat.
Foydalanilgan energiya turlariga qarab IM quydagilarga bo’linadi: elektrik, pnevmatik, gidravlik. Elektrik IM o’z navbatida elektromagnit, elektromagnit mufta, bir aylanishli (MEO), ko’p aylanishli (MEM), to’gri harakatlanuvchi (MEP) ko’rinishlarda bo’ladi.
IM-larining asosiy parametrlari bo’lib aylantiruvchi moment, valning bir marta aylanishi uchun ketgan vaqt hisoblanadi. IM-larining shartli belgilanishi, masalan, quyidagicha MEO-250-100-73 va u shunday ta’riflanadi: bir aylanishli elektrik mexanizm, valdagi nominal moment-250 n.m., valning bir aylanishi uchun ketadigan vaqt-100s.
3. Laboratoriya qurilmasining qisqacha tavsifi
Stend ikkita yuzadan iborat bo’lib, ularda ijrochi mexanizmlar PR-IM va MEO-4-100 joylashgan. PR-IM ijrochi mexanizmi 00 va 1800 oraliqdagi har qanday holatda valning buralishini to’xta­tish imkoniyatiga ega. Buning uchun reoxorda ko’rinishidagi 180-190 Om qarshilikka ega bo’lgan teskari aloqa prinsipida ishlaydigan qarshilik cho’lgami va u bo’ylab harakatlanadigan, hamda valga qotirilgan jildirgichdan iborat.
Ijrochi mexanizmning elektrik sxemasi 20-rasmda va stendning yuza tomonida esa kommutatsiya kontaktlari ko’rsatilgan.
PR-IM ijrochi mexanizm gorizontal holatda o’rnatib ishlatishga mo’ljallangan.
Stendning ikkinchi yuza tomonida MEO 21-100 tipidagi ijrochi mexanizm o’rnatilgan va uning elektrik sxemasi 21-rasmda keltirilgan. Bu tipdagi IM muhitning harorati-30° S dan 60° S gacha oraliqda o’zgarishiga mo’ljallangan. Ish rejimining davomiyligi cheklanmagan, ya’ni qisqa davriyli yoki uzoq muddatli rejimlarda ishlashi mumkin.
4.Sxemaning ish tartibi
Stendning yuzasida o’rnatilgan kontaktlar va ularning bel­gilanishidan hamda berilgan sxemalardan foydalanib IM ni ishga tushirib ko’ring. IM ning vali har xil burchaklarga buralganda uning ishdan to’xtashi uchun ketgan vaqtni hisoblang.
5.Ishni bajarilish tartibi
5.1. Stenddagi raqamlar bilan belgilangan kontaktlardan foydalanib IM larning principial elektr sxemasini yig’ilsin.
5.2. S1 tumbleri ulansin.
5.3. S2 va S2 tumblerlarni navbat bilan ulab, PR-IM ijrochi mexanizm va uning buralishi uchun ketgan vaqt hisoblansin.


1-rasm. IM PR-IM prinsipial sxemasi.





S1

C

SQ1

SQ2

O’nga



M



chapga

~ 220 B

2-rasm. IM MEO 4\ 100 prinsipial elektr sxemasi.


Nazorat savollari
1.Ijrо mеxаnizmlаrining ish prinsipi?
2. Qаndаy turdаgi ijrоchi mеxаnizmlаrni bilаsiz?
3. Ijrоchi mеxаnizmlаrning аsоsiy pаrаmеtrlаri?
Download 114.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling