Kasb-hunar kolleji — tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradigan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini hisobga olgan holda ulardagi bilim va ko‘nikmalar chuqur rivojlantiriladigan, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradigan o‘rta maxsus o‘quv yurti.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo‘nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
2-mаshq. I-guruh “Bakalavr” guruhi, II-guruh esa “Magistr” guruhi sifatida o’z imkoniyatlaringiz haqida so’zlab bering.
2. Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar
Ma’lumki, ayrim so’zlar xoslangan so’zlar bo’ladi.Ular leksik ma’no bilan birga, ma’nosi anglashilayotgan narsa, belgi yoki harakat-holatga so‘zlovchining turlicha munosabatlarini ham ifodalovchi so‘zlar hissiy-ta’siriy jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi. Masalan: chehra, jamol, bashar, tabassum, noshud, naynov, bashara, do‘mboq, xomxayol, gazanda, ko‘rkam, ustuvor kabi.
Bo‘yoqdor so‘zlar hurmat, erkalash, xushmuomalalik, ko‘tarinki ruhiyat kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalasa ijobiy bo‘yoqdor so‘z sanaladi: ukajon, kenjatoy, dilbar, dono, fusunkor, orombaxsh, jilmaymoq kabi.
Hissiy-ta’siriy munosabat nafratlanish, mensimaslik, kinoya, qarg‘ash, hurmatsizlik ma’-nolariga ega bo‘lgan surbet, baloxo‘r, nonko‘r, ahmoq, imonsiz, mijg‘ov, tirjaymoq kabi so‘zlar orqali ifodalansa, bunday so‘zlar salbiy bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |