2. “Uz-Koram ko” mchJning rivojlanish tarixi


Korxona boshqaruv faoliyati tahlili kadrlarni oʻqitish


Download 91.5 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1128756
1   2   3
Bog'liq
2-savol

Korxona boshqaruv faoliyati tahlili kadrlarni oʻqitish.
"Uz-Koram Ko" mas'uliyati cheklangan jamiyati boshqaruviga oʻziga xos tashkil etilgan. Eng oliy boshqaruv organi aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Korxona kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi orqali boshqaruvni olib boradilar. Kuzatuv kengashi 3 kishidan iborat.
Korxona boshqaruvida ijro etuvchi organ tuzilgan boʻlib, asosiy javobgar bosh birektor hisoblanadi.
Korxonada 2021 yilda jami roʻyxatdan oʻtgan xodimlar soni 511 nafarni tashkil etgan boʻlsa, shundan injener texnik xodimlar 45 nafar, ishchi xodimlar soni 466 nafar. Shundan 58 nafari kasanachilardir.
Korxona ma'muriy departamentiga ma'muriy departament direktori boshchilik qiladi. Bu departamentda kasanachilik ishlari boʻyicha muhandis, kasanachilar, tarjimonlar, xoʻjalik boʻlimi xodimlari hamda oshxona xodimlari mehnat qiladilar. Sotuv va mahsulotni nazorat qilish departamentida boshqaruvda 5 nafar xodim mavjud. Ushbu departamentda tayyor mahsulot omborida 14 nafar, atoxhjalikda 29 nafar, yig‘uv uchastkasida 19 nafar ishchi-xodimlar mehnat qiladilar.
Korxonada moliya departamentida bitta iqtisodchi menejer hamda buxgalteri hisob-kitob ishlarini olib boruvchi 10 nafar buxgalterlar shtatlari mavjud.
Korxonada texnik direktorga boʻysundirilgan departament va sexlar ham borki, ushbularning korxona ishlab chiqarish jarayonidagi oʻrni muhim. Ularga texnik departament, ishlab chiqarish departamenti, boʻyoqlash departamenti, qurilish, bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻlimi, energetika, aloqa va ta'mirlash departamenti, yig‘uv sexi, “EPP” ishlab chiqarish sexi, ta'minot va materiallarni nazorat qilish boʻlimi boʻysundirilgan. Boshqaruvning bunday shakllantirilganiga sabab texnik direktorning butun jarayonni nazorat qila olishini yoʻlga qoʻyishdir. Ishlab chiqarish sexida 4ta termoplast avtomat mavjud boʻlib, ish 3 smenada tashkil etilgan.
Boʻyoqlash sexida tayyor mahsulot boʻyoqdan chiqariladi, lak sepiladi, sifat nazoratidan oʻtkaziladi. Bu boʻlimda ham ish 3 smenada tashkil etilgan boʻlib, avtomatlashtirilgan dastgohlar Janubiy Koreyadan keltirilgan. Ushbu sexlarda malaka oshirib kelgan ishchilar mehnat qiladi.
Energetika, remont va qurilish departamentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- elektr energiya bilan betoʻxtov ta'minlash;
- barcha dastgohlarni rejalashtirilgan tadbir asosida profilaktika va ta'mirlash ishlarini olib borish;
- korxona binolarini joriy ta'mirlash.
Tayyor mahsulot ombor orqali yuk avtomobillariga ortib joʻnatiladi.
"Uz-Koram Ko" mas'uliyati cheklangan jamiyatida sifat nazorat va kafolati departamenti ham shakllantirilgan. Bu departamentda 11 nafar mutaxassislar mavjud. Bu departamentlardan tashqari bevosita ijrochi direktorga boʻysunuvchi smena boshliqlari, sifat tizimi boshqaruvi, yurist va qoʻriqlash xizmati bor. Shuningdek, boshqaruv strukturasida Toshkent Vakolatxonasi boʻyicha 5 nafar xodim muntazam ish olib boradi.
Korxonada har bir yangi kelgan xodim yoki korxona ichida ishlab chiqarish boʻyicha oʻz mutaxassisligini oʻzgartirgan ishchilar texnik tayyorgarlikdan oʻtishlari shart. Bunda sinov nazoratchi belgilab bergan rejaga muvofiq hajmlarda hamda muddatlarda olib boriladi.
Yangi ishchi yoki stajyor esa nazoratchi mutaxassis rahbarligida alohida maxsus oʻqish jarayonini bosib oʻtadi. Sinov muddati yakunlangandan keyin stajyor mutaxassislik sinovi topshiradi, hamda uning tayyorgarlik darajasi aniqlanadi.
Maxsus absob-uskunalar, yuk koʻtarish mexanizmlarida ishlovchi ishchilarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, qayta attestatsiyadan oʻtkazish maxsus kurslarda hamda texnika maktablarida olib boriladi. Ishchilarning ishlab chiqarish malakasini oshirish, ularning zamonaviy texnika-texnologiyalarni egallab olishlari uchun korxonada guruhlarni kasb mahorati boʻyicha oʻqitish tashkil qilingan, Bunda ishchilar ishlab chiqarishdan ajratilmagan holda ikkinchi yoki qoʻshimcha kasb mahoratlariga oʻrgatishdek ishlab chiqarish texnologik masalalar koʻrib chiqiladi.
Guruhlarni kasbga tayyorlashdan soʻng attestatsiyadan yuqori koʻrsatkichlar bilan oʻtgan ishchilarning oylik ish haqlari oshiriladi.
Injener-texnik xodimlarning attestatsiyasi "Uz-Koram Ko" mas'uliyati cheklangan jamiyatida “Rahbarlar hamda mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish toʻg‘risida”gi Nizomga muvofiq har uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi hamda mehnat muhofazasini ta'minlash maqsadida korxona ichida birlamchi oʻrganishlar tashkil etiladi. Tashqi oʻquv mashg‘ulotlari esa maxsus ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan korxona rejasi asosida olib boriladi.
Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling