2. “Uz-Koram ko” mchJning rivojlanish tarixi
«Uz-Koram Ko» MChJ boshqaruv strukturasining tavsifi
Download 91.5 Kb.
|
2-savol
«Uz-Koram Ko» MChJ boshqaruv strukturasining tavsifi
«Uz-Koram Ko” MCHJ sining boshqaruv strukturasiga nazar tashlasak, (1 - struktura) uning boshqaruv boʻg‘inida jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi turadi. Ular korxona aktsiyalarining haqiqiy egalari hisoblanadilar va oʻziga tegishli mulkka egalik qiladi. Ular quyi ikki boʻg‘in orqali boshqaruvni olib boradilar. Ular jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasidir. Bu ikki tomon bir-birining ishini toʻldirib boradi. Jamiyat kuzatuv kengashi uzluksiz ravishda xoʻjalikning faoliyatini tahlil qilib boradi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni esa taftish komissiyasi aniqlaydi. Taftish komissiyasi hech qaysi boʻg‘inni boshqarmaydi, oʻzi holi ravishda taftish natijalari pirovardida aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga hisob beradi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonaning ijro organi jamiyat kuzatuv kengashining quyi boʻg‘ini boʻlib, u jamiyatda qabul qilingan qarorlar va normativlar hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi. U oʻz navbatida bu ishlarni bosh direktori orqali amalga oshiradi. Korxona bosh direktori jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va u bilan bog‘liq boʻlimlar nazoratini barcha departament boshliqlari orqali amalga oshiradi. Korxonaning kuzatuv va boshqaruv hamda ishlab chiqarish boʻg‘inlari, shuningdek boʻlimlari juda ham aniq rejalashtirilgan. "Uz-Koram Ko" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona boshqaruvi oʻziga xos tashkil etilgan. Eng oliy boshqaruv organi aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Korxona kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi orqali boshqaruvni olib boradilar. Kuzatuv kengashi 3 kishidan iborat. Qoʻshma korxonaning joriy faoliyatiga rahbarlikni ijroiya organ amalga oshiradigan boʻlib, asosiy javobgar bosh direktor hisoblanadi. Korxonada 2018 yilda jami roʻyxatdan oʻtgan xodimlar soni 824 nafarni tashkil etgan boʻlsa, shundan boshqaruv xodimlari soni 42 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni 46 nafar, texnik xodimlar soni 22 nafar, asosiy ishlab chiqarish xodimlari 714 nafarni tashkil etadi. . Korxona ma'muriy departamentiga ma'muriy departament direktori boshchilik qiladi. Bu departamentda kasanachilik ishlari boʻyicha muhandis, kasanachilar, tarjimonlar, xoʻjalik boʻlimi xodimlari hamda oshxona xodimlari mehnat qiladilar. Sotuv va mahsulotni nazorat qilish departamentida boshqaruvda 5 nafar xodim mavjud. Ushbu departamentda tayyor mahsulot omborida 14 nafar, avtoxoʻjalikda 29 nafar, yig‘uv uchastkasida 19 nafar ishchi-xodimlar mehnat qiladilar. Korxonada moliya departamentida bitta iqtisodchi menejer hamda buxgalteri hisob-kitob ishlarini olib boruvchi 10 nafar buxgalterlar shtatlari mavjud. Korxonada texnik direktorga boʻysundirilgan departament va sexlar ham borki, ushbularning korxona ishlab chiqarish jarayonidagi oʻrni muhim. Ularga texnik departament, ishlab chiqarish departamenti, boʻyoqlash departamenti, qurilish, bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻlimi, energetika, aloqa va ta'mirlash departamenti, yig‘uv sexi, “EPP” ishlab chiqarish tsexi, ta'minot va materiallarni nazorat qilish boʻlimi boʻysundirilgan. Boshqaruvning bunday shakllantirilganiga sabab texnik direktorning butun jarayonni nazorat qila olishini yoʻlga qoʻyishdir. Ishlab chiqarish sexida 4ta termoplast avtomat mavjud boʻlib, ish 3 smenada tashkil etilgan. Boʻyoqlash sexida tayyor mahsulot boʻyoqdan chiqariladi, lak sepiladi, sifat nazoratidan oʻtkaziladi. Bu boʻlimda ham ish 3 smenada tashkil etilgan boʻlib, avtomatlashtirilgan dastgohlar Janubiy Koreyadan keltirilgan. Ushbu sexlarda malaka oshirib kelgan ishchilar mehnat qiladi. Energetika, remont va qurilish departamentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - elektr energiya bilan betoʻxtov ta'minlash; - barcha dastgohlarni rejalashtirilgan tadbir asosida profilaktika va ta'mirlash ishlarini olib borish; - korxona binolarini joriy ta'mirlash. Tayyor mahsulot ombor orqali yuk avtomobillariga ortib joʻnatiladi. "Uz-Koram Ko" MCHJ korxonasida sifat nazorat va kafolati departamenti ham shakllantirilgan. Bu departamentda 11 nafar mutaxassislar mavjud. Bu departamentlardan tashqari bevosita ijrochi direktorga boʻysunuvchi smena boshliqlari, sifat tizimi boshqaruvi, yurist va qoʻriqlash xizmati bor. Shuningdek, boshqaruv strukturasida Toshkent Vakolatxonasi boʻyicha 5 nafar xodim muntazam ish olib boradi. Oʻrganib chiqilgan boshqaruv strukturasi funktsional-chiziqli printsip boʻyicha tuzilgan boʻlib, korxona faoliyatining asosiy maqsadlari va vazifalariga mos keladi hamda ishlab chiqarishni natijaviy boshqarishga imkon yaratadi. Qoʻshma korxonada mehnatni tashkil etish darajasi, ishlovchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari va xavfsizligini ta'minlash xolatini oʻrganish uchun, avvalo, korxonaning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga iqtisodiy baho berib, unga mehnatni tashkil etish darajasi ta'sirini oʻrganib chiqish zarur. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling