Reja: To`qish tsexi ishlab chiqarishda Pardozlash potok liniyasidagi Titish, savash, xolst tayyorlash agregatidagi To`qish tsexi ishlab chiqarishda
Download 33.44 Kb.
|
SHISHA
Reja: 1. To`qish tsexi ishlab chiqarishda 2. Pardozlash potok liniyasidagi 3. Titish, savash, xolst tayyorlash agregatidagi To`qish tsexi ishlab chiqarishda To`qish tsexi yoki uning uchastkalaridagi ishlab chiqarish TPBASi informatsion va boshqaruvchi yordamchi sistemalaridan iborat bo`ladi. TPBASning informatsion yordamchi sistemasi hamma ma`lumotlarni datchiklardan oladi. Bular: 1) tanda mashinasining har biridan keladigan ipning uziluvchanligi, tanda valigidagi ip o`ramining zichligi, ipning nuqsonliligi, ishlangan (tayyorlangan) mahsulotning miqdori, mashinaning ishlamay turgan umumiy vaqti, ipning uzilish sababli mashinaning ishlamagan vaqti va boshqalar to`g’risidagi; 2) oxorlash mashinasining har biridan olinadigan tanda ipining tarangligi, namligi, g’altakka o`ralish zichligi, yopishqoqligi, tayyorlangan mahsulot, mashinaning ishlamagan vaqti to`g’risidagi; 3) har bir to`quv stanogidan olinadigan – tanda ipining uziluvchanligi, arqoq ipining uziluvchanligi, arqoq bo`yicha to`qimaning zichligi, mahsulot, umumiy to`xtash vaqti, tanda ipining va arqoq ipining uzilishi bilan bog’liq bo`lgan to`xtash va boshqalar to`g’risidagi informatsiyalar. TPBAS ning boshqaruvchi yordamchi sistemasi ishlab chiqarish uchastkalarining ishlash vaqtlarini o`zaro bog’lash (programmalash) hamda optimal koordinatsiyalash uchun jadval tuzish va resurslarni optimal taqsimlash bo`yicha operativ boshqarish ishlarini bajaradi. Xo mashyo hamda chala ishlangan mahsulotlarni qayta ishlash texnologik protseslarini boshqaradi. Masalan, P-125A to`qish stanoklari bilan jihozlangan Moskva ipak kombinatidagi eksperimental to`qish uchastkasining kontrol hamda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi arqoq hamda tanda iplari uzilsa, stanokni avtomatik to`xtatib qo`yadi; to`quvchi va master yordamchisiga stanok yomon ishlay boshlagani haqida yorug’lik signali beradi; smena davomida tayyorlangan mahsulot va stanoklarning ishlamay turgan vaqti to`g’risidagi ma`lumotlarni avtomatik yig’adi va saqlab turadi; smena davomida to`qish stanoklarining mahsuloti va ishlamay turgan vaqtidan ishlab chiqarish xodimlarini xabardor qiladi; ishlab chiqarish uchastkasining texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini, brigadalar mahsulotini va ishlamay turgan vaqtini hisobga olish masalalarini hal qiladi; uchastkada olinishi lozim bo`lgan tanda ipi miqlorini oldindan aytib beradi; tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini (chiqindilarni) hisobga oladi. Ana shu vazifalarni bajarish uchun TPBAS tanda ipi va arqoq iplarining uzilganligini bildiruvchi datchiklar, stanoklarning to`xtab qolganligi (buzilganligi) to`g’risida to`quvchiga yoki master yordamchisiga signal beradigan lokal va eHM M – 7000 asosida ishlaydigan keng kompleksli qurilmalar bilan jihozlangan. Informatsiyalarni yig’uvchi texnik vosita quyidagi datchiklar komplektidan iborat. Avtomatik datchiklar: tanda ipining uzilganligini bildiradigan datchik kontaktli lineykalardan tuzilib, bu lineykalar ustida tanda ipiga osilib turuvchi lamellar o`rnatilgan bo`ladi. Agar tanda ipi uzilsa yoki cho`zilib qolsa, lamel’ pastga – lineyka ustiga tushadi va elektromagnit rele zanjirini ulaydi. elektromagnit rele kontaktlaridan chiqadigan signallardan biri stanokni to`xtatadi, ikkinchisi esa informatsiya yig’uvchi sistemaga boradi. Arqoq ipining uzilganligini bildiruvchi datchik esa mikrouzgich bo`lib, uning dastasi (richagning bir tomoni) ilmoqli bo`ladi va arqoq ipiga osilib turadi. Arqoq ipi uzilsa, richag pastga tushib, mikrouzgich kontaktlarini ulaydi. SHunda elektromagnit rele ishga tushadi. Rele kontaktlaridan chiqqan signallardan biri stanokni to`xtatadi, ikkinchisi esa informatsiya yig’uvchi sistemaga beriladi. Ishlangan mahsulotni hisoblash datchigi arqoq ipi tanda ipining orasidan 100 marta o`tishini kontrol qiladigan mexanik schyotchikdan tuzilgan. Schyotchik valining bir marta to`la aylanishi arqoq ipining tanda ipiorasidan 100 marta o`tishiga teng. Schyotchik valining bir marta aylanishi KEM – 2A tipidagi rele (gerkon) kontaktini ulaydi va avtomatik registratorga signal berib turadi. To`qish stanogining ishlamay turishini bildiradigan datchik, elektromagnit reledan iborat bo`lib, stanok har qanday sababga ko`ra to`xtashi bilan rele ishlaydi va kontaktlari orqali dispecher pultiga signal beradi, uchastkadagi stanoklarning ishlamay turish vaqti hisobga olinadi. Stanokning sababsiz to`xtab qolishini bildiradigan datchik stanok plandan tashqari to`xtab qolsa, 40 s davomida arqoq yoki o`rish iplari uzilgani yoki boshqa sabablar to`g’risida signal bo`lmasa, bunday to`xtab qolish to`g’risidagi ma`lumot eHM ning (xotira) qurilmasida yig’ilib turadi. Qo`l bilan ishga tushiriladigan datchiklar (bunday datchiklar har bir to`qish stanogi yonidagi boshqarish pultiga o`rnatiladi). Planli to`xtab turishni hisobga olish datchiklari o`rnida neytral turish holatiga ega bo`lgan tumblerdan foydalaniladi. Stanok reglamentli sabablarga (kapital remont,tanda ipi yoki arqoq iplarini ulash) binoan to`xtatilgan bo`lsa, datchik komposterni ulaydi. SHunda eHM ning xotira qurilmasida stanokning ishlamay turgan vaqti (minutlarda) hisobga olinib turiladi. Master yordamchisini chaqirish datchigi tumblerga o`xshash bo`lib, to`quvchi tomonidan ulanadi. Stanokdagi mato parchalarini yig’ib oluvchini chaqirish datchigi ham tumbler bo`lib, lozim bo`lganda, uni master yordamchisi ulaydi. Datchiklarning bir qismidan chiqadigan signal mnemotabloda yorug’lik signali hosil qiladi. Mnemotablo yorug’lik signali orqali stanoklarning ishlamaslik sabablari to`g’risida ma`lumot berib turadi. Sariq rangli yorug’lik tanda ipi uzilganligini ma`lum qiladi. Qizil rangli yorug’lik stanokdan parcha qoldiqlarni oluvchi stanokni tozalovchini chaqiradi. SHunga o`xshash bir qancha datchiklarning tuzilishi va ishlashini ko`rib o`tish mumkin. O`tkazilgan hisoblashlarga ko`ra TPBAS to`qish ishlab chiqarishda qo`llanganda stanoklarning to`xtab qolishi 4,5 % ga kamayishi, to`qima ishlab chiqarish esa 8% ga oshishi aniqlangan. Avtomatik kontrol va boshqarish sistemalari to`qish stanoklarining ish rejimlari to`g’risidagi informatsiyalarga ishlov berish imkonini vujudga keltiradi. Xizmat qilish zonasi kengayib borayotgan hozirgi sharoitda mehnatni to`g’ri tashkil qilish va texnologiya masalalarini ishlab chiqish imkonini yaratadi. Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling