4. Xorijiy investorlar deb kimlarga aytiladi -chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
5. Real va portfel investitsiyalarning farqi?
Real investitsiylar deganda real aktivlarga (moddiy va nomoddiy aktivlar) joylashtiriladigan investitsiya vositalari nazarda tutiladi. Bunda moddiy investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yaratish, moddiy xususiyatga ega ashyolarni sotib olish orqali kiritiladi. Nomoddiy investitsiyalar inson salohiyatini rivojlantirish, kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-texnik va innovatsionlikka qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Nomoddiy investitsiyalar patentlar, litsenziyalar, nou-xaular, kadrlarni o’qitish, qayta tayyorlash, reklamalar, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun kiritiladigan kapitallardir.
2. Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteriga ko’ra: to’g’ri investitsiyalar; portfel investitsiyalar.
Portfel investitsiyalarning to’g’ri investitsiyalardan farqi shundaki, ularni sotish va boshqa usullarda qaytarib olish osondir, shiningdek mazkur investitsiyalar nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |