MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Xatoliklari aniqlash usullari. Xatoliklari korreksiyalash bilan kodlash. Takror uzatish avtomatik so‘raladigan protokollar.
Bajardi:Fayzullayev B
Qabul qildi:Jumaboyev T
SAMARQAND 2023
Reja:
1.Kirish
2. Xatoliklari aniqlash usullari. 3. Xatoliklari korreksiyalash bilan kodlash
4. Takror uzatish avtomatik so‘raladigan protokollar.
Kirish
Radioto‘lqinlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan qurilma antenna deyiladi.O‘garuvchan tokni o‘tkazadigan har qanday jism elektromagnit to‘lqinlarni nurlantira oladi. Bu nurlanish sezilarli bo‘lishi va va amaliy maqsadlarga xizmat qila olishi uchun jismning o‘lchamlari nurlantiriladigan tebranishlarning to‘lqin uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak.
Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan, uzunligi to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari, kondensatorlar hisoblanadi, ular bo‘ylab tebranishlarning tarqalishini hisobga olmasa ham bo‘ladi (juda qisqa to‘lqinlardan tashqari). Agar bunda energiyaning issiqlik yo‘qotishlari hisobga olinmasa, u holda bunday tizimlarda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi 90°ni tashkil etadi va bu tizimlar aktiv quvvatni yutmaydi, natijada nurlantirmaydi ham. Agar u yoki bu tizim bo‘ylab tebranishlarning tarqalishi qandaydir vaqt oralig‘iga kechiksa, u holda tizimning uchlarida 900ga qo‘shimcha tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi (sos j ) paydo bo‘ladi. sos j noldan farqli bo‘lib qolishi bilan tizim tok manbaidan energiyani iste’mol qiladi va uni nurlantirishga sarflaydi.
Uzunligini to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan o‘tkazadigan jism nurlantirish tizimi sifatida qo‘llanilishi eng qulay bo‘ladi. Bu holda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi.
Uzatuvchi antenna generator hosil qiladigan yuqori chastotalar toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiriladi.
Qabul qiluvchi antenna teskari vazifani bajaradi, qabullagichning chiqishida yuqori chastotalar kuchlanishini hosil qiladi.
O‘zarolik prinsipiga asosan istalgan uzatuvchi antenna u qabul qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi mumkin bo‘lsada, o‘z asosiy xarakteristikalarini saqlaydi.
O‘zarolik prinsipi qabullash va uzatish antennalari qaytar xossasiga egaligidan iborat.
Har qanday antenna ham qabullash, ham uzatish antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini qanchalik yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi.
Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabullash antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik prinsipiga asosan olingan natijalarni qabullash rejimi uchun qo‘llash mumkin.
Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi. Antennalarning konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Vazifasi bo‘yicha antennalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
radiouzatish tizimlarining antennalari;
radioaloqa stansiyalari (shu jumladan RRL) antennalari;
radiolokatsion antennalar;
televizion antennalar;
radioastronomik antennalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |