2. Xayol turlari. Xayol jarayonlari. Reja


Download 460.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi460.26 Kb.
#1775003
1   2
Bog'liq
hayol turlari

XAYOL JARAYONLAR 
Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi? Xayol jarayonlari ham 
idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz 
idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va 
saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini 
beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil 
qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar 
va hodisalar o`rganiladi. 
Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga 
ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, 
tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi 
izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi 
turlicha amalga oshiriladi. 


AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda 
birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va 
qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. 
Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi 
(suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu 
kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi 
(tank amfibiya, gidrosamolyot). 


GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni 
kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining 
sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi 
obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning 
obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek 
kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya 
yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin. 


URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana 
bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu 
berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu 
usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul 
bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi


SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan 
andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan 
rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida nashlar 
yaratadilar. Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, 
TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda 
keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar 
toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar 
ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi. 

Document Outline

  • Slide 1: Mavzu:
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11

Download 460.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling