2. Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan yondashuvlar


Download 4.22 Mb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1728511
1   2   3
Bog'liq
xufyona slayd

Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarini o‘z ichiga oladi.

Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi. Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan olda modellar yaratiladi. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash.


Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling