2. Xulosa chiqarish qoidalari Maslahat va tavsiyalar ishlab chiqishda e’tibor beriladigan qoidalar


Inson mimikasida ham bir qator belgilar borki, ana shu belgilarga e’tibor bergan holda uning ruhiy-asabiy holati ma’lum bir xulosalarga kelish mumkin


Download 23.52 Kb.
bet3/3
Sana20.11.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1787940
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu

Inson mimikasida ham bir qator belgilar borki, ana shu belgilarga e’tibor bergan holda uning ruhiy-asabiy holati ma’lum bir xulosalarga kelish mumkin:

  • ko’p hollarda doimo kulib yuradigan insonlarning tashqi holati ichki holatiga mos tushmaydi.

  • tashqi jihatdan o’z hayotini yorqin bo’yoqlarda ko’rsatishga harakat qilayotgan insonlar ko’p hollarda ichki ruhiy zo’riqish va bezovtalanishni yashirishga harakat qilayotgan insonlardir.

  • asabiy kishilarning og’iz burchaklari pastga tushgan bo’lib, yuzlarida g’amginlik va insonlarga nisbatan qiziqish yo’qolgan bo’ladi.

  • asabiy kishilar zo’riqish holatini namoyon qilib, ko’zlari odatdagiga qaraganda kattaroq bo’ladi.

- asabiy kishining yuzlarida qo’rquv hamda kasalvandlik va yuzi
oqargan holatda bo’ladi.
- asabiy kishi yurakdan kula olmaydi. Kulgan paytda yuzlarida xuddi
istehzo yoki birovni mazax qilayotgandek ifoda paydo bo’ladi.


Bundan tashqari maslahatchi psixolog mijoz shaxsini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • agar mijoz uchrashuvga kech kelsa yoki umuman uchrashuvni esidan chiqarib qo’ysa, demak u bu uchrashuvdan anglab yoki o’zi ham anglamasdan qochishga harakat qilyapti.

  • agar inson doimo insonlarni ismini unutib qo’ysa, demak unda insonlarga, ayniqsa ismini unutib qo’yayotgan insonlarga nisbatan qiziqish yo’qolgan.

  • agar inson arzimagan yoki shundog’ ham aniq bo’lgan masala bo’yicha to’xtamasdan gapiraversa, aniq bir fikrni aytmasa bunday insonni gaplariga ishonish qiyin.

  • aniq va lo’nda gapirgan insonlar odatda ochiq va to’g’riso’z bo’lishadi.

- agar inson o’zicha ming’irlab aniq bir so’z aytmasa unda
gaplashayotgan insoni bilan yaqinlashish istagi yo’q.

  • agar inson sekin, shoshmasdan, har bir so’zini taroziga solib gapirsa, bunday insonda ichki zo’riqish mavjud.

  • maslahatchi psixologga kuchli qarshi fikr bildirishga harakat qilgan kishilarda o’ziga bo’lgan yoki gapirayotgan gapiga nisbatan ichki ishonchsizlik mavjud.

Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling