2. Xulosa chiqarish qoidalari Maslahat va tavsiyalar ishlab chiqishda e’tibor beriladigan qoidalar
Download 23.52 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mijozga o’z dardini ayta olishga imkon yaratish usullari
Ruhiy zo’riqishni yo’qotish usullari Reja. 1. Mijozga o’z dardini ayta olishga imkon yaratish usullari 2. Xulosa chiqarish qoidalari 3. Maslahat va tavsiyalar ishlab chiqishda e’tibor beriladigan qoidalar. 4. Psixolog – maslahatchiga amaliy tavsiyalar. 1. Mijozga o’z dardini ayta olishga imkon yaratish usullari Mijozni tinchlantirish, undagi hayajonlanish, o’ziga, o’zgalarga bo’lgan ishonchsizlikni yo’qotish hamda o’ziga kelib olishi va psixologik jihatdan xavfsiz holatni vujudga keltirish uchun quyidagi usullarga e’tibor berish lozim. 1. Mijozni bir oz vaqt davomida yolg’iz bo’lishiga imkon berish. Bu vaqt davomida maslahatchi biror ish bilan shug’ullanish yoki xonadan qisqa vaqtga tashqariga chiqib kelishi mumkin. 2. Sokin va yoqimli musiqa kuyini qo’yish. 3. Mijozni qo’liga suhbat davomida birorta yoqimli predmetni berib qo’yish. Masalan, qo’g’irchoq yoki rasmni. 4. Mijozga biror bir ishni bajarishda yordam berishni iltimos qilish. Psixologik maslahat ishlarini tashkil qilish jarayonida o’z dardini ayta olish deganda avvalo mijozni maslahatchiga o’zi haqida va o’z muammosi haqida ochiq, ro’yi-rost, to’lqinlanib gapirish jarayoni tushuniladi. Mijozda o’z dardini ayta olishi uchun qulay psixologik muhit yaratish uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan holatlardan tashqari dardini aytish chog’ida quyidagi holatlarni ham e’tiborga olish lozim. Dardini aytish chog’ida mijozga verbal jihatdan dalda berish. «Oynak» usuli-mijozga sezdirmasdan uni xatti-harakatlarini yoki gaplarini qaytarish. Masalan, mimikasi, pantomimikasi, intonatsiyasi, nutqi. «Oynak» usuli ayniqsa mijoz o’z dardini aytish chog’ida maslahatchiga qaragan paytda o’z dardiga sherik odamni ko’rish uchun muhimdir. Qisqa qaytarish. Mijozni dardini aniq tushunish, uni to’g’ri anglash uchun maslahatchi tomonidan uning gaplarini aniq va lo’nda qilib qaytarish. Ushbu holatda «agar men sizni to’g’ri tushungan bo’lsam» deb boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mijozni gapirishga undovchi nimaga?, nima uchun?, qanday?, qanaqa qilib? kabi savolar berish. Mijozning o’ziga xos so’zlash usullarini egallash. YUqorida ko’rib o’tilgan holatlar o’z vaqtida hisobga olinsa maslahat ishlarining ijobiy kechishi, ijobiy natijaga erishish ehtimoli yuqori bo’ladi. Download 23.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling