2. Xulosa chiqarish qoidalari Maslahat va tavsiyalar ishlab chiqishda e’tibor beriladigan qoidalar


Mijoz dardini aytgandan so’ng xulosa chiqarish qoidalari


Download 23.52 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1787940
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu

2. Mijoz dardini aytgandan so’ng xulosa chiqarish qoidalari

Mijoz dardini aytgandan so’ng uning muammosini mohiyatini anglash, xato qilmaslik va to’g’ri xulosalar chiqarish hamda ushbu xulosalarning to’g’riligiga mijozni ishontirish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:


1. Xulosa chiqarishga shoshilmaslik. Mijoz dardini aytib bo’lgandan so’ng 10-15 minut sukut saqlash lozim. Bu vaqt davomida biror narsa bilan shug’ullanish (masalan, mijozni choy ichishga taklif qilish) maqsadga muvofiq. Bu narsa maslahatchi psixologni chuqur fikrlab olishi uchun zarur bo’lsa, mijoz uchun tinchlanishga, o’z dardini biroz unutishga va maslahatchi fikrini eshitishga tayyorlanishi uchun zarur bo’ladi.
2. Maslahatchi uchun eng muhim holatlardan biri mijoz dardini aytgandan so’ng bir-biriga zid keluvchi holatlar mohiyatini chuqurroq anglash, muammoning mayda-chuyda qismlarigacha e’tibor berish zarurligidir.
3. CHiqarilgan xulosa bir tomonlama bo’lib qolmasligi kerak.
4. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday aytilgan dard hech qachon bitta xulosa chiqarish bilan kifoyalanmaydi. Albatta, mijozning muammosi uchun qandaydir aniq bir xulosa taklif qilinsada, bu muammo uchun bir nechta xulosalar mavjudligini unutmaslik lozim.
YUqorida ko’rib o’tilgan holatlarni yaxshi bilish va anglash uchun maslahatchi psixolog juda kuchli nazariy bilimga ega bo’lishi, shaxs to’g’risidagi har xil nazariyalarni mukammal bilishi hamda nazariyani amaliyotga qo’llash ko’nikmasi va malakasiga ega bo’lishi lozim.


3. Maslahat va tavsiyalar ishlab chiqishda e’tibor beriladigan qoidalar.
Maslahatchi psixolog tomonidan mijozga berilgan maslahat va tavsiyalari tushunarli bo’lishi, mijoz undan muvaffaqiyatli foydalanishi va ijobiy natijaga erishishi uchun, maslahat va tavsiyalarni shakllantirish chog’ida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
1 -QOIDA. Mijozga muammosini hal qilish uchun amaliy xarakterga ega bo’lgan maslahat va tavsiyalar berilar ekan, muammoni hal qilishning bir nechta yo’lini taklif qilish lozim. Bunga sabab, muammoni hal qilish uchun taklif qilingan tavsiyalar mijozdan har xil darajadagi tayyorgarlikni talab qiladi. Agar mijoz ana shu talablarga tayyor bo’lmasa, berilgan tavsiyalarning natijasi ijobiy bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun ham berilayotgan maslahat va tavsiyalar mijozning shart-sharoitini, uning imkoniyatlarini hamda individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi lozim.
2-QOIDA. Maslahatchi psixolog mijozga nafaqat maslahat berish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu maslahatni amalga oshirishning oson va qiyin tomonlari haqida ham o’z bahosini aytib o’tishi lozim.
CHunki mijoz berilgan maslahatni amalga oshirishning yo’llari to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish bilan birga tanlagan yo’lini olib kelishi mumkin bo’lgan oxirgi natijasini ham oldindan aniq his qilishi lozim.
3-QOIDA. Mijozga iloji boricha muammoni hal qilish uchun tavsiya qilingan yo’llardan birini mustaqil tanlashiga imkoniyat berish lozim. CHunki tavsiya qilingan maslahatni amalga oshirishning eng maqbul yo’llarini, mavjud shart-sharoitlarni mijozchalik hech kim yaxshi bilmaydi.


4-QOIDA. Maslahat ishlarining oxirida mijozni muammosini hal qilish uchun amalga oshirayotgan xatti-harakatini o’zi nazorat qilib borishi uchun amaliy xarakterdagi tavsiyalar berish zarur. Masalan, qanday belgilarga qarab uning amalga oshirayotgan xatti-harakatlari ijobiy yo’nalishda ketayotganligini bilish mumkinligi to’g’risida.
5-QOIDA. Amaliy xatti-harakatlarni olib borish chog’ida mijozning maslahatchi psixologdan qo’shimcha maslahatlar olib turishi. Buning uchun u doimo qachon va qaerdan maslahatchi psixologni topishi mumkinligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
6-QOIDA. Maslahatchi psixolog mijoz bilan ishni yakunlashdan oldin yana bir marta mijozni berilgan tavsiyani to’liq tushunganligiga va mustaqil harakatni ikkilanmasdan boshlab olishiga ishonch hosil qilishi lozim.

Buning uchun u mijozga quyidagicha savollar bilan murojaat qilishi mumkin:



  1. Siz berilgan maslahatni to’la tushundingizmi? To’g’riligiga to’la ishondingizmi?

  2. Bundan keyin qanday yo’l tutmoqchisiz? Nimalarni amalga oshirmoqchisiz? SHu haqida gapirib bersangiz.

Olingan javobga qarab mijozning olgan maslahatlari bo’yicha qanchalik to’g’ri tushunganligi to’g’risida bir xulosaga kelish mumkin.


4 . P s i x o l o g – m a s l a h a t ch i g a a m a l i y t a v s i ya l a r.

Psixolog - maslahatchi mijozga maslahat berishdan oldin avvalo uning shaxs sifatida o’ziga xos jihatlarini yaxshi o’rgangan bo’lishi lozim. Buning uchun psixolog - maslahatchiga mashhur psixolog A.Pizning «Gavda harakatlari tili» kitobiga asoslangan holda quyidagi qo’shimcha amaliy tavsiyalarni berishimiz mumkin:



  • «qo’li belida bo’lgan» insonlar ko’p hollarda qat’iyatli, irodali insonlardir.

  • «gavdasi bir oz oldinga intilgan» holatdagi insonlar suhbat tugashi bilan harakat qilishga tayyor insonlar.

  • «oyoqni oyoqqa chalishtirib, oyoqni quchoqlab o’tirgan» insonlar tez xatti-harakat qiladigan va baxsda biror narsaga ishontirish qiyin bo’lgan insonlar.

  • «kiyimidan ko’zga ko’rinmas narsalarni qoqib tashlayotgan» inson holati hozirgi paytda gapirilayotgan gapga to’la qo’shilmayotganligini bildiradi.

suhbat davomida kallani tik holatda tutib o’tirilishi gapirilayotgan gapga befarqlikni bildiradi.
- gapirilayotgan paytda kallani biroz yonga egilishi unda suhbatga qiziqish uyg’onganligini bildiradi.

  • agar suhbat davomida kalla oldinga bir oz egilgan bo’lsa bu suhbatga nisbatan salbiy holatni belgilaydi.

- qo’llarni ko’krak ustida qovushtirilishi suhbatga nisbatan tanqidiy munosabat va himoyaviy xatti-harakatni bildiradi.

  • ba’zan qo’llarni qovushtirilishi qo’rquv vujudga kelishi bilan ham bog’liq bo’ladi.

  • oyoqlarning chalishtirilishi salbiy holat vujudga kelganligini anglatadi.

  • «jag’lar atrofini silash» holatida inson hozirgina aytilgan fikr bo’yicha biror qaror qabul qilishga harakat qilyapti.

  • stul yoki kresloda orqaga tashlab o’tirish salbiy kayfiyatni bildiradi.

  • agar suhbatdoshdan qabul qilgan qarori to’g’risida so’ralganda qo’liga biror narsani olib aylantira boshlasa u qabul qilgan qarorini to’g’ri ekanligini va buning uchun unga vaqt zarurligini anglatadi.

  • agar insonning kallasi qo’lga tayangan bo’lsa, unda hozir aytilishi kerak bo’lgan gapga qiziqish yo’qolganini bildiradi.

  • agar inson gardanini silay boshlasa yoki ko’zini olib qochsa u yolg’on gapirayotgan bo’ladi.

  • tez-tez gardanini silashga intilayotgan insonlarda ko’p hollarda atrofdagilarga salbiy munosabat mavjud.

- peshonasini tez-tez silaydigan insonlar ochiq tabiatli va
bo’ysunuvchan holatni ko’p namoyon qilishadi.
-«qo’lni orqaga qilib olish» holati xafaxonlikni bildiradi.

  • gapirayotgan paytda yuz qismlariga yoki kallasiga tez-tez qo’lni tekkizish yolg’on gapirayotganlik belgisidir.

  • barmoqlarni og’iz atrofiga qo’yish bu o’zini ma’qullashlariga yoki dalda berishlariga muhtojlik belgisi.

  • biror kishini eshitayotgan paytda stolni yoki boshqa buyumni taqillatish sabrsizlik belgisi.

  • qo’l kaftining suhbat davomida ochiq namoyon bo’lishi ishonch va to’g’riso’zlikni anglatadi.

- suhbat davomida qo’l kaftining yopiq holati ko’proq ishonchsizlikni
bildiradi.
- so’rashgan paytda qo’l kaftini yuqorida tutishga intilgan kishilarda hukmronlik qilishga intilish kuchli.
- so’rashgan paytda qo’l kaftini pastda tutgan kishilarda bo’ysunishga
moyillik kuchli.

  • pozitsiyalarini baravar bo’lishiga intilgan kishilar so’rashgan paytda qo’lni vertikal ravishda bir xil darajada ushlashga harakat qilishadi.

  • o’ziga ishonmagan kishilar so’rashgan paytda o’zga kishini qo’lini o’ziga tortib so’rashadi.

- suhbat davomida barmoqlarni chirmashtirish suhbatdan ko’ngli to’lmaganligini anglatadi.



Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling