2. Yalpi ichki maxsulot tushunchasi. Yaimni ishlab chikarish usulida aniklash


Download 19.22 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2023
Hajmi19.22 Kb.
#1650827
  1   2
Bog'liq
IQTISOD MUSTAQIL ISH 4


4.Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari
Reja:
1,Milliy iqtisodiyotni taxlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar.
2.Yalpi ichki maxsulot tushunchasi.
3.YAIMni ishlab chikarish usulida aniklash.
Milliy iqtisodiyotni taxlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar. Mamlakat iktisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy iktisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko`llaniladigan ko`rsatkichlardan farkli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiktisodiy taxlil o`tkazish, mamlakat iktisodiyotining jaxon xo`jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi. Bu ko`rsatkichlarga kuyidagilar kiradi: YAlpi ichki maxsulot (YAIM), Sof ichki maxsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste`mol(S), Jamgarish (S) ko`rsatkichlarining xajmi va o`sish sur`atlari;. iktisodiyotning tarkibiy tuzilishi;. mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o`sish suratlari;. resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi);· davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste`mol baxolari indeksi, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari; ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi; axolining moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar.Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiktisodiy vaziyatga baxo berishda ko`llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi.Bu ko`rsatkichlar iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni xisoblashning asosini Milliy xisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani xolda uning standartlaridan kelib chikkan xolda makroiktisodiy ko`rsatkichlarni xisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.Mamlakat iktisodiyotining xakikiy xolatini o`rganish, unga tizimli baxo berish uchun yukorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks xolda bir tomonlama yondoshuvga yo`l ko`yilishi mumkin.
2Yalpi ichki maxsulot tushunchasi. Makroiktisodiy statistika va taxlilda uzok davr mobaynida yalpi milliy maxsulot va yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Xar ikkala agregat ko`rsatkich xam mamlakatdagi iktisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o`zaro fark kilishadi.Bugungi kunga kelib Milliy xisobchilik tizimini ko`llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichi asosiy makroiktisodiy ko`rsatkich sifatida tan olindi.Ko`pgina iktisodiy adabiyotlarda [YAIMga ishlab chikarilishida ko`llanilgan resurslar kaysi davlatga tegishliligidan kat`iy nazar, mamlakatning jugrofiy xududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baxolari yigindisi]  deb ta`rif berib kelingan.1993 yilda kabul kilingan BMT MXTning yangi talkiniga ko`ra YAlpi ichki maxsulot (YAIM) tushunchasiga anikliklar kiritildi.YAngicha talkiniga ko`ra: YAIM -  mamlakat rezidentlari tomonidan ma`lum muddat davomida ishlab chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baxolarininng umumiy yigindisidan iborat. YAIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda fakatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. CHunki mamlakat yuridik shaxsi boshka mamlakat xududida bir yildan ortik faoliyat yuritsa o`sha mamlakat rezidenti deb karaladi. «Milliy tegishliligi va fukaroliligidan kat`iy nazar, mazkur mamlakatning iktisodiy xududida iktisodiy manfaat markaziga ega bo`lgan (ishlab chikarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat xududida bir yildan ortik yashayotgan) barcha iktisodiy birliklar( korxonalar, uy xo`jaliklari) rezident xisoblanishadi» Elchixonalar va xarbiy bazalar o`zlari tegishli bo`lgan mamlakatlarning iktisodiy makoni bo`lib kolaveradilar. Aynan shu jixat YAIMni xisoblashda iktisodiy va jugrofiy xudud o`rtasidagi fark deb karaladi.YAIM uch xil usul bilan xioblanadi:1) ishlab chikarish usuli;2) xarajatlar usuli;3) daromadlar usuli.Xar uchala usul bilan xisoblangan YAIM ko`rsatkichi xajmi statistik xatolar istisno etilganda o`zaro teng bo`lishi lozim. SHu bilan birga xar uchala usul bilan YAIM ko`rsatkichni xisoblashda o`ziga xos talablarga amal kilinishi talab etiladi.

Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling