2. Yalpi talab yalpi taklif tarkibi muvozanati va unga ta'sir qiluvchi omillar


Download 315.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana04.04.2023
Hajmi315.2 Kb.
#1323203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
yangi Ilyos aka

Yalpi taklifni va uning miqdori 5-chizma 
Ijtimoiy nafliligi 
(turlari, miqdori va 
sifati) jihatidan 
Yalpi taklif 
Ijtmoiy qiymati 
jihatidan 
Invеstitsiya tovarlari va 
ishchi kuchi 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, 
miqdori va sifati) 
Ijtimoiy qiymati 
Istе’mol tovarlari va 
xizmatlari 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, 
miqdori va sifati) 



Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat
miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining
qiymat miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab
chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud
bo’ladi. Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi.
4-chizma 
AS 

Narx
III 
Darajasi 

II 

Y
1
Y
2

Ishlab chiqarishning real xajmi. 
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka
yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi. Shu o’rinda 
ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri 
chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig’i o’z shakliga 
ko’ra chizmadagi Y t nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat 
bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarishga tobora ko’proq jalb etilishi 
mazkur chiziqni Y t nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada
joylashgan chiziqqa tеnglashadi. Chunki qo’shimcha rеsurs va imkoniyatlarni
ishga solish uchun vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda
to’la bandlik holatiga olib kеladi. Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri 
chizig’ining ko’rinishi bir oz murakkabroq bo’lib, uchta kеsmani o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy qiymati 



I. Yotiq kеsma. U ba’zida «kеynscha» kеsma dеb ham atalib, 
iqtisodiyotning tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq 
kеsma milliy ishlab chiqarish potеntsial hajmi (chizmadagi Y t nuqta)dan ancha 
kam bo’lgan ishlab chiqarishning rеal hajmi (chizmadagi Y1 nuqtaga qadar 
bo’lgan hajm)ni o’z ichiga oladi.
7-chizma
 
Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab ishlab chiqarish 
quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki 
ulardan to’liq foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur rеsurslarning ishlab 
chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu 
oraliqda ishlab chiqarish rеal hajmi qisqarganda ham tovar va rеsurslar narxi eski 
darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kеsmada narx darajasi o’zgarmagan holda 
milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

Download 315.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling