2. Yalpi talab yalpi taklif tarkibi muvozanati va unga ta'sir qiluvchi omillar


Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat va milliy


Download 315.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana04.04.2023
Hajmi315.2 Kb.
#1323203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi Ilyos aka

3.Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat va milliy 
iqtisodiyotimizdagi ro’li 
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma 
bo'limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib 
olishga mo'ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab 
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo'lishini 
aytib o'tgan edik. 
Endi shuni ta'kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, 
ya'ni iste'molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha 
yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o'tishi lozim. Boshqacha aytganda 
tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o'rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil 
qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo'lgan tovar va xizmatlar 
tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo'yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar 
turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning 
qanchalik ta'minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu 
moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat va uning o'zgarishi 
orqali aniqlanadi. 
Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali 
ifodalash mumkin. Buni turli chizmalarimiz orqali tushuntirib o’tilganini ham 
ko’ryapmiz. Albatta, real hayotda bunday to'liq muvozanatlik sodir bo'lishi juda 
qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va 
sifati bo'yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning 
bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.


19 
Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat. 1-jadval 
Yalpi talab egri chizig'i va yalpi taklif egri chizig'i kesishgan nuqta 
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va 
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi. 
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi 
va ma'lum darajada bu tenglik ta'minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 

Download 315.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling