Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Download 86.96 Kb.
|
6- мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Korrupsiya va jinoiy xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash 5. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari
- Xufyona iqtisodiyot
- Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat
- Birinchidan
6-MAVZU. XUFYoNA IQTISODIYoT VA KORRUPSIYaGA QARShI KURASh Reja: 1. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari. 2. Xufyona iqtisodiyot turlari va ularga qarshi kurashish. 3. Korrupsiyaning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri va unga qarshi kurash. 4. Korrupsiya va jinoiy xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash 5. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari 6.1. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari. Xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli xil ta’riflar berilgan: Xufyona iqtisodiyot – qonun asosida man qilingan faoliyat turlari. Xufyona iqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi. Xufyona iqtisodiyot - rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi. Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning qaysi sektorga, ya’ni norasmiy, kiriminal, faktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli ekanligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: davlatning fiskal (soliq) manfaatlari; YaIMning real hajmi; huquqiy parametrlar; ho‘jalik sub’ektlari o‘zaro harakati tavsifi. Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat: turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini amalga oshirish; trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish; “ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan yashirish; korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali soliq to‘lashdan korxona ro‘yxatga olingan joyda va faoliyat yuritgan joyida ham qochadi, ya’ni bo‘yin tovlaydi; hisobga olinmagan xarajatlar hisobiga sotilayotgan mahsulot (xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish; rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda ko‘rsatiladi, uning qolgan qismi naqd pul shaklida o‘zaro taqsimlab olinadi. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi. Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi. Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida tashkil etilgan, qonunchilikda qat’iyan man qilingan faoliyat turlari kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish va sotish; narkobiznes; kontrabanda; qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish; odim savdosi; fohishabozlik va h.k. Xufyona iqtisodiyotga bo‘lgan kompleks yondashuv uni quyidagicha ta’riflash imkonini beradi. Xufyona iqtisodiyot bozor xo‘jaligining ob’ektiv va doimo mavjud bo‘luvchi tizimi bo‘lib, uning doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nohalol raqobat usullari orqali iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya’ni, o‘z tashabbuslari yoki tashqi shart-sharoitlar ta’sirida qonunga, ish yuritish yetikasiga, biznes bilan hokimiyat o‘rtasidagi o‘yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy – ahloqiy me’yorlariga zid bo‘lgan xatti – harakatlarni amalga oshiradilar1. Bundan kelib chiqadiki, xufyona va norasmiy faoliyat olib borishdan oxir-oqibat tadbirkor o‘ziga ham, davlatga ham zarar keltiradi. Birinchidan, «xufyona iqtisodiyotda» faoliyat ko‘rsatayotgan korxona (firma) bozorni qo‘llab- quvvatlovchi institutlardan foydalana olmaydi. Ikkinchidan, korxona o‘z faoliyatini fosh bo‘lib qolish va jazo olishning doimiy xavfi ostida olib boradi va bu uning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z resurslarini yashirib korxona ulardan samarali foydalana olmaydi. Uchinchidan, norasmiy tarzda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona ishlab chiqarishga katta kapital sarflay olmaydi, ya’ni fosh bo‘lib qolishdan cho‘chib faoliyatni kengaytira olmaydi va nihoyat, to‘rtinchidan, davlat olishi mumkin bo‘lgan soliq tushumlarini ololmaydi. «Xufyona» iqtisodiyotning sobiq Ittifoqda shakllanish shart-sharoitlarini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, u 80-yillarning o‘rtalariga kelib, keng ko‘lam yozdi (yashirin xizmat sohasi, tovarlarni davlat chakana tarmoqini chetlab sotib olish, davlat moddiy texnik ta’minoti tizimini chetlab, korxonalarni ta’minlash) xufyona sektor ishlab chiqarishda ham shakllana boshladi. Xuddi shunga o‘xshash xufyona iqtisodiyot Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham mavjud yedi. Lekin ularda ochiq mayda tadbirkorlik (cheklangan darajada bo‘lsa ham) kanallari mavjudligi tufayli, «xufyona» iqtisodiyotning ko‘lami juda ham katta emas yedi. Aksariyat hollarda insonga kam kuch sarflab, ko‘proq manfaat olishga intilish xosdir. Yu.N.Popov, M.Ye Tarasovlarning fikricha, bunday ratsionalizm ichki to‘siqlarning yetarli yemasligi va ba’zida ularning umuman yo‘qligi sharoitida insonni xufyona faoliyat olib borishga undaydi. Inson tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin insonning xulq-atvorini u yashayotgan muhit, tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyati belgilaydi. Inson tabiatidagi yezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyat mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimiga, ya’ni tarixiy an’analar, qonunchilik, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy me’yorlariga bog‘liq ravishda hal yetiladi. Umuman, xufyona faoliyat insonning xo‘jalik faoliyati davomida u yoki bu darajada doimo mavjud bo‘ladi. Institutsionalizm tarafdorlarining qarashlaricha, xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatlari qonun doirasida olib borilgan taqdirda transaksion xarajatlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga undaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: - qonun doirasida faoliyat olib borish uchun qilinadigan xarajatlar (yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya olish, yuridik adres olish va boshqa rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar); - qonun doirasida faoliyatni davom yettirish (soliqlar to‘lash, mehnat munosabatlari sohasida qonuniy talablarni bajarish, zarur bo‘lganda nizolarni sud orqali hal yetish uchun sarflanadigan xarajatlar). Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling