Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari


Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari


Download 86.96 Kb.
bet9/10
Sana28.01.2023
Hajmi86.96 Kb.
#1135006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6- мавзу

6.5. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari

Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari hamda vositalarini belgilash uchun, avvalombor, uning ko‘lami va dinamikasini aniqlash lozim bo‘ladi.


Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha monetar uslublarni o‘z ichiga oladi.
Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
Strukturaviy tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan, ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.
Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash uslubi.
Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini, turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyot va uning alohida elementlarini baholash9.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • radikal-liberal, ya’ni dastlabki jamg‘arilgan kapital eng yuqori sur’atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‘li;

  • repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-tartibot, xavfsizlik organlari faoliyatini kengaytirish va kuchaytirishni taqozo etadi;

  • biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bilan huquqiy chora-tadbirlar majmui.


Download 86.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling