Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Korrupsiya va jinoiy xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash
Download 86.96 Kb.
|
6- мавзу
6.4. Korrupsiya va jinoiy xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash
O‘tish iqtisodiyoti sharoitida jinoiy xufyona iqtisodiyot vujudga kelishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: totalitar, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan unga raqobatchi sifatida vujudga kelgan jinoiy xufyona iqtisodning meros bo‘lib qolganligi; iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda mulkni qayta taqsimlash jarayonida aholining asosiy ko‘pchiligi bozor sharoitida yashashni endigina o‘rganayotganligi, hali bu borada tajribasi yo‘qligidan foydalanib qolishga intilish; yangi xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etish; bozor infrastrukturasi, bank-moliya, soliqqa tortish tizimining endigina qaror topayotganligi, unda jinoiy hatti-xarakatlarga qarshi mexanizmning yetarli darajada rivojlanmaganligi; nazorat organlari, ju jumladan, boshxona, moliyaviy nazorat organlari tizimining endigina rivojlanayotganligi; iqtisodiy noqonuniy hatti-xarakatlardan himoyalanish huquqiy mexanizmining shakllanish va qaror topish bosqichida ekanligi; biznes va xususiy tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, qo‘llash tizimining yetarli darajada takomillashmaganligi; biznes va xususiy tadbirkorlik, xo‘jalik faoliyatiga turli davlat va nazorat organlari tomonidan noo‘rin aralashuvining saqlanib qolganligi, ularning rivojlanishiga ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi va h.k. O‘zbekistonda jinoiy xufyona iqtisodiyotga, korrupsiyaga qarshi kurashning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bu strategiya doirasidagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish yo‘lidan yanada izchil borish. Halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta’minlash. O‘zekistonda huquq va sud tizimini takomillashtirish hamda isloh qilish. Fuqarolarning turli, shu jumladan, iqtisodiy huquqbuzarlikka qarshi ichki imkoniyatlari va yuksak darajadagi ahloqi jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga olib kiradigan yemirilishdan eng yaxshi himoya hisoblanadi. Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini vujudga keltirish. Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling