Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
-chizma. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo‘lgan statistik yondashuv4
Download 86.96 Kb.
|
6- мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4-chizma. Xufyona iqtisodiyotning iqtisodiy faoliyat sohalari bo‘yicha tasniflanishi
6.3-chizma. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo‘lgan statistik yondashuv4
Real xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat organlaridan ongli ravishda, ataylab yashirilishi yoki milliy statistika tizimida qamrab olinmasligi mumkin. Bundan tashqari soxta iqtisodiyot ham mavjud bo‘lib, unda faoliyat faqat qog‘ozda amalga oshiriladi. Statistik hisob-kitoblardan tadbirkorlik faoliyatining turli elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yashirilishi yoki ongli ravishda ma’lumotlarni buzib ko‘rsatilishi mumkin: -korxonani yashirish (ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki litsenziya olmasdan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish); - xo‘jalik operatsiyalarini yashirish (ularni shartnoma va hisobotlarda aks yettirmaslik); - ishchi kuchini yashirin ravishda yollash (ishchi kuchini mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmasdan yollash); mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ish haqi, pensiya va sug‘urta to‘lovlari, texnika xavfsizligi, ish vaqti va b.) buzib ko‘rsatish; - daromadlarni yashirish (soliq to‘lashdan qochish). Yuqorida keltirilgan yondashuvlarni muhim yekanligini tan olgan holda, “Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva” darsligining mualliflari xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvdan foydalanish zarur, degan fikrni bildiradilar. Mana shunday yondashuv zarurligini asoslagan holda, darslik mualliflari rasmiy-huquqiy yondashuv xufyona iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib bera olmaydi va bu o‘z navbatida davlat va jamiyatning unga ta’sir ko‘rsatishda qo‘llaniladigan vositalarini chegaralanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradilar5. 6.4-chizma. Xufyona iqtisodiyotning iqtisodiy faoliyat sohalari bo‘yicha tasniflanishi Ularning fikricha, bunday yondashuv, yuqorida keltirilgan yondashuvlarga xos bo‘lgan belgilarga yega bo‘lish bilan birga, ulardan muhim xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Ushbu yondashuv quyidagi mezonlar guruhini o‘z ichiga oladi: - huquqiy; - statistik; - iqtisodiy; - ijtimoiy; - ma’naviy. Xufyona iqtisodiyotni tasniflash uchun yana bir nechta aniq mezonlar taklif yetadilar. Xufyona iqtisodiyotning sub’ektlari bo‘yicha, faoliyatning maqsad va motivlari bo‘yicha, oqibatlari va zarar miqyoslari bo‘yicha, davlatning javobgarlik darajasi bo‘yicha, aholining munosabati bo‘yicha mezonlar orqali tasniflashni taklif yetadilar. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, tadbirkorlikning tarkibidan, mulk shakllaridan, keltiradigan zarar miqyoslaridan kelib chiqqan holda xufyona iqtisodiyotni tasniflash ham ahamiyatga yega bo‘lib hisoblanadi. Ularning fikricha, xufyona iqtisodiyot agentlari (qatnashchilari) orasida eng ko‘p sonligi kichik biznes bo‘lsa, ijtimoiy va iqtisodiy zarar keltirishi bo‘yicha shubhasiz yirik kapital (oligarxlar) birinchi o‘ringa chiqadi. Demak, xufyona faoliyatni oldini olish va uni ochiq faoliyatga aylantirish mamlakat iqtisodiyotining xavfsizligini ta’minlaydi, barqaror iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi. Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling