Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan omil va sharoitlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun va qonunosti me’yoriy xujjatlarining bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga joriy qilish mexanizmining ishlamasligi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvida byurokratiya, ma’muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning haddan tashqari ko‘payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalari takrorining ko‘pligi;
biznes va tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, ruxsat berish, ularni tugatish jarayonining haddan tashqari chigalligi, ko‘p bosqichli ekanligi, murakkabligi;
ishbilarmon va tadbirkorlarning huquqiy bilim, huquqiy madaniyatining yo‘qligi yoki sayozligi;
davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, ishbilarmon, tadbirkorlarning axloqi, ma’naviyatining sayozligi va boshqalar.
Xufyona iqtisodiyot tovar-pul munosabatlari paydo bo‘lgan davrdan boshlab shakllanib va rivojlanib, ochiq iqtisodiyot bilan parallel faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ayni paytda uning miqyoslari turlicha bo‘lgan. Shundan kelib chiqib uni o‘rganishga bo‘lgan yondashuvlar ham xilma-xildir.
6.2. Xufyona iqtisodiyot turlari va ularga qarshi kurashish
Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufyona faoliyat va xufyona iqtisodiyotni o‘rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar (11.2-chizma). Ushbu yondashuv tarafdorlari xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib oladilar. Xufyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal («qora») va nokriminal («kul rang»). Bunda biror bir faoliyatni davlatdan yashirish faktini ikki turdagi motiv bilan bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib nokriminal («kul rang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning o‘zi yashiriladi. O‘z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes ko‘rinishida tashkil yetilgan, qonun yo‘li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qurol ishlab chiqarish va sotish;
- narkobiznes;
-qimor o‘yinlari;
-kontrabanda;
-fohishabozlik va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |