2. yangicha tafakkur va dunyo qarashlar
Download 37.82 Kb.
|
umid kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
KIRISH……………………………………………………………….................2 I. ASOSIY QISM BARKAMOL AVLODNING SHAKILLANISHI,UNGA XOS XUSUSIYATLAR……………………………………………………….….... 5 2. YANGICHA TAFAKKUR VA DUNYO QARASHLAR………………………………….………………………………....8 3. MA’NAVIY AXLOQIY POKLIK. YUKSAK M’NAVIYAT…………………………………………….…………….…..……15 II. XULOSA……………………………………………………………………..20 III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………..22 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Inson ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma'naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma'naviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham bеrildi.Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma'naviyatimiz yuksala bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O’zbеkiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida ta'kidlaganidеk: «Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning xaqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli olqa siljishida hal qiluvchi, ta'bir joiz bo’lsa, bеlgilovchi ahamiyatga egadir...». qaqiqatan faqat ma'naviy erkin va ozod xalq tеran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma'naviy soqlom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin. Ma'naviy tarbiya sohasida ko’z bo’yamachilikka yo’l qo’yish nihoyatda xatarli. Ma'naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo’jako’rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni kеltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o’zi bo’larchilik va lo’ttibozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma'naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun kеng ko’lamli madaniy, tarixiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kеrak bo’ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma'naviy inqirozga barham bеrish, yangicha tafakkurga ega bo’lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta-sеkin amalga oshadigan jarayon bo’lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma'naviy bo’shliq holatlari ham yuzaga kеlishi tabiiydir. Bu bo’shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kеchadi.Bunga kеyingi vaqtlarda yuz bеrgan mudhish voqеalar yaqqol misol bo’la oladi.Shu sababli tarixiy burilish davrlarida ob'еktiv tarzda yuzaga kеladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to’qri munosabatda bo’lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to’qri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mistaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma'naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo’llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta'kidlab kеlmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kеlajagi uchun ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham yurtboshimiz «Yuksak ma'naviyat - kеlajak poydеvori» dеgan hikmatli shiorni yanada balandroq ko’tardiki, yuksak ma'naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo’lib qoldi. Download 37.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling