2-yarim yil uchun Oraliq nazorat topshiriqlari. 9- variant 1-topshiriq nazaryi savol
Download 36.12 Kb.
|
MATEMATIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- topshiriq masalani yechish metodikasini tushuntirish
Matematika o`qitish metodikasi fanida 5-yillik sirtqi 3 kurs talabalariga 2-yarim yil uchun Oraliq nazorat topshiriqlari. 9- variant 1-topshiriq nazaryi savol 4-sinf o`quvchilarini murakkab masalalar yechish usullari Boshlanğich sinflarda matematikadan masalalar yechish o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o`z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarda qo`llashga xizmat qiladi. Har bir masala berilgan (ma’lum) va izlanayotgan (noma’lum) sonlarni o`z ichiga oladi. Masaladagi sonlar, to`plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, munosabatlarni ifodalaydi yoki topilishi kerak bo`lgan noaniq sonlar bo`ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar orasidagi boğlanish ko`rsatiladi; bu boğlanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi. Yechilishi uchun bir nechta o`zaro boğliq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o`zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi. Masala yechish ketma-ketligida quyidagilarni amalga oshirish lozim. 1.Masalani tinglashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish. 2.Masalani, dastlabki tahlil qilish, ma’lumni noma’lumdan, muhimli nomuhimdan ajratish, berilgan bilan izlanayotganlar orasida boğlanish o`rnatish. 3.Masalani qisqa yozish malakasi. 4.Murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so`ngra yechish rejasini tuzish. 5. Yechimni bajarish, uni o`qituvchi talabiga mos qilib daftarga yoki doskaga yozib masala savoliga javob berish. 6. Masala yechimini tekshira olish. «Yuzlik» mavzusida masalalar yechish. «Yuzlik» mavzusi ikkinchi sinfdan boshlab o`qitiladi. Shundan boshlab sodda masalalardan sekin murakkab masalalar yechishga o`tish jarayoni boshlanadi. Bunda ham eng avvalo masala shartini tahlil qilishdan boshlamoq kerak. Masalan: 1-qutida 6 ta, 2- qutida undan 2 ta kam qalam bor, ikkala qo`tida qancha qalam bor. Masalaning shartini ko`rgazmali tahlildan boshlash kerak. 1-qutida 6 ta qalamni ko`rsatadi, 2- qutida undan 2 ta kam qalam bor, deb yoriq holda ko`rsatiladi. Ikkala qutini bir-biriga yaqinlashtirib jami qancha qalam borligini topishni aytadi. Uning chizmalarini doskada tasvirlaydi. Savol. a) Ikkinchi qutida qancha qalam bor 6-2=4 ta v) Ikkala qutida qancha qalam bor? 6+4=10 Undan keyin masalalarning umumiy yechimini ifodalalovchi ifoda tuzamiz 6+(6-2)=10 Qo`shish va ayirishga doir murakkab masalalardan tashqari yana quyidagi mazmunlarda ham masalalarni yechish tavsiya qilingan. 1.Ko`paytirish va bo`lishga doir; 2.Sonni bir necha marta orttirish va kamaytirishga doir; 3.Sonlarni karrali taqqoslashga doir M: katakli taxtachaga 3 ta kvadrat qo`yiladi va undan 2 marta ko`p uchburchak olishni taklif qiladi. Murakkab masalalarning deyarli hammasi uchun qisqacha yozuv zarur bo`ladi. Bu yozuvdan masalani takrorlashda, qayta-qayta eslashda foydalaniladi. Yozuvda asosan masala sharti va savol qismi orasidagi boğlanish ko`rsatilish kerak. Masalaga doir qisqacha yozuvda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak. 1) qisqacha yozuv masala mazmuni bilan tanishtirilgandan keyin tuziladi va yechish yo`llarini izlashning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Shu asosda masalani tahlil qilish mumkin. 2). qisqacha yozuv ixcham, aniq bo`lishi va miqdorlar orasidagi boğlanishlarni har xil shaklda (jadval, chizma, rasm sxema) tasvirlash mumkin. 3). Qisqa yozuvning har bir bosqichini bajarishda o`qituvchi rahbarlik qiladi. 4. Darsning maqsadlari va masalaning qiyinchilik darajasiga qarab, o`quvchi yoki o`qituvchi doskaga yozishi mumkin. Masalan: bolalar boğchasida ikki bidonda sut keltirishdi. Bir bidonda 32 l, ikkinchi bidonda esa 30 l sut bor. Tushlik uchun 40 l sut ishlatildi. Necha l sut qoldi? Masalaning qisqacha yozuvi quyidagicha bo`ladi: Keltirishdi-32l va 30 l Ishlatishdi-40l Qoldi-? Echish: 32+30-40=22 l Javob: 22 l sut qoldi Masala6 o`quvchilar 80 kg uzum uzishdi. S’Hundan 20 kgni maktab uchun qoldirib, qolgan uzumlarni yashiklarga joylab boğchaga jo`natildi. Har bir yashikka 10 kg dan uzum ketsa, boğchaga necha yashik uzum jo`natishgan? Bu masalada ikkita har xil kattaliklar bor: uzum massasi va yashiklar soni. Buni quyidagi jadval bilan yozuv qilib yechamiz.
Echish: 80 kg-20 kg=60 kg 60 kg:10=6 Javob: 6 yashik uzum jo`natildi. Bir necha birlik orttirish va yig`indini topishga doir masalalar yechish o`rgatish metodikasi 1 - sinf programmasi bundan keyingi ta'lim asoslanadigan muhim bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1-sinfda son, sanoq, qo'shish va ayirish amallari haqidagi tasavvurlar tarkib topishi, sonlar qatori ongli o'zlashtirilishi kerak (bolalar qatordagi har bir son qanday hosil bo'lishini o'zlashtirishlari, sonlarni taq- qoslashni o'rganib olishlari kerak). qo'shish va ayirish usullarini ongli o'zlashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Nihoyat, 1-sinfda o'qitishning natijasi 10 ichida sonlarni qo'shish jadvalini, shu sonlar tarkibining tegishli hollarini ayirishni ongli va puxta o'zlashtirishni hamda bu o'zlashtirishni avtomatizmgacha etkazishdan iborat bo'lishi kerak. Bolalar 3+6=9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9-6=3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini og'zaki bilishlari kerak. Bundan tashqari, bolalar 20 ichida predmetlarni sanay oladigan, 0 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni o'qiy oladigan va yoza oladigan, ularning o'nliklar va birliklardan iborat tarkiblarini bilishlari (12- bu 1 o'nlik va 2 birlikdan iborat ekanini, 1 o'nlik va 7 birlik bu 17 ekanini bilishlari) kerak, 20 ichida qo'shish va ayirishga doir misollarni (10 + 6, 13 - 3, 16 - 10) yecha oladigan bo'lishlari kerak. Bundan tashqari, bolalar yig'indini, qoldiqni topishga doir, berilgan sonni bir necha birlik orttirish yoki kamayti- rishga doir masalalarni yechishni o'rganib olishlari kerak. Butun yil davomida bolalarning fazoviy tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishga doir, ularning «ortiq», «kam», «o'shancha» munosabatlarini tushunishlarini aniqlash va kengaytirishga doir, predmetlar uzunliklarini (oldin istal- gan uzunlikdagi o'lchov poloskasi, so'ngra uzunligi 1 san- timetr bo'lgan poloska yordamida) o'lchash bilan bog'liq bo'lgan, kesma uzunligini (butun santimetrlarda) chizg'ich bilan o'lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish bilan bog'liq bo'lgan amaliy malakalarni shakllantirish bo'yicha sistematik ish olib boriladi. O'qituvchi har doim shuni esda tutishi kerakki, bolalarning hayotiy tajribalariga doimo asoslanilgandagina, sistemali ravishda uni boyitil- gandagina o'quv vazifalari hal qilinishi mumkin, shu sababli bolalarda nutq, xotira va tafakkurning rivojlanishi haqida g'amxo'rlik qilish kerak. Bolalarning umumiy rivojlanishi uchun har bir darsda, imkoniyatga qarab, predmetlar grup- pasini, ayrim predmetlarni kuzatish, ularning klassifikat- siyasi, bolalar xotiralarining mashqi bilan bog'liq bo'lgan ish o'tkazilishi kerak. Bunda bolalarga eslab qolishni osonlashtiruvchi usullarni o'rgatish muhimdir. Masalan, qo'shish jadvalini o'rganishda bir xil sonlarni qo'shish (4 + 4, 5 + 5 va hokazo), natijalarini eslab qolish 4+5, 5+6 va boshqa qo'shish hollarini eslab qolishga yordam beradi. Shu vaqtning o'zida programmaning ko'pgina masala- larini o'zlashtirish bolaning u yoki bu amalni ongli bajari- shini talab qiladi. Masalan, bir gruppadagi predmetlarni bolalar oldin bir tartibda, keyin boshqa tartibda sanab, sanoq natijasi sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog'liq emas ekan, degan xulosaga keladilar. Shuningdek, amaliy kuzatishlar natijasida bolalar predmetning tartib nomeri har doim sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog'liq ekaniga ishonch hosil qiladilar va hokazo. Ko'pgina kuzatishlar natijasida hisoblashlarni oson- lashtirishga yordam beradigan materialdan o'qituvchi o'quvchilarning kuchlari yetadigan umumlashtirishlar qi- lishda foydalanishi kerak. Masalan, bolalar 4 + 5, 5 + 4 ko'rinishdagi misollar juftlarini kuzatib va taqqoslab, yig'indi sonlarning qo'shilish tartibiga bog'liq emas, degan xulosa chiqaradilar va yig'indining bu xossasidan kichik songa katta sonni qo'shish hollarida foydalanadilar (2 + 7, 1+9 va hokazo). Olti yoshli bolalar bilan ishlovchi o'qituvchi har doim o'z oldida turgan umumiy tarbiyaviy maqsadlarni unutmasligi kerak. Bolalarning bilish qobiliyatlarini (birinchi navbatda ularning tafakkur va nutqini) rivojlantirish muhim masala bo'lib, bolalar bilan bajariladigan o'quv va tarbiya ish- larining mazmuni ham, metodlari ham bu masalaga bo'ysundirilgan bo'lsagina muvaffaqiyatli hal qilinadi. Matematika mashg'ulotlari uchun bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlar bolalardan mustaqil kuzatishlar o'tkazishni, qaralayotgan hodisalarni, predmetlarni, o'z harakatlarini va shu singarilarni taqqoslash, tavsiflashlarni talab qiladi. Bolalarning nutqi o'qituvchining savollariga javob berishdangina iborat bo'lmasdan, unda kerakli so'z va ifodalarni o'z ichiga olgan hikoyani ravon tasvirlashi muhimdir (masalan, predmetlarning xossalarini o'rganishda, xususan, ularning ranglarini farq qilishga o'rgatishda, rangning nomini, atrof tevarakdagi predmetlarning ranglarini aytishdan tashqari o'quvchilarga o'zlari biladigan mevalar va sabzavotlar haqida gapirib berishni, bunda ularning ranglarini aytishni taklif qilish mumkin va hokazo). Matematika darslarida beriladigan topshiriq va mashqlarning mazmunida bolalarga tanish kitob, ertak va multfilmlarning qahramonlari qat- nashsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Butun mashg'ulotni ona tili va boshqa predmetlar mashg'ulotlarida olingan bilimlar, malakalarni hisobga olgan va ularga asoslangan holda olib borish kerak. Muhim tarbiyaviy masalalardan biri bolalarda kol- lektivda yashash va o'qish uchun zarur elementar bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu jihatdan har xil tashkil qilinadigan o'quv va o'yin faoliyatlari orqali tajriba katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, ta'lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari bir butun kompleks tarzda hal qilinadi. Bunda har xil ta'lim metodlaridan va darsda ish tashkil qilishning mos formalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. 2- topshiriq masalani yechish metodikasini tushuntirish JaVOB: 36*9=324 756-324=432 432:8=54 3-topshiriq. Masalalar yechishga doir dars ishlanma tayyorlash Izoh: Yozma shaklda topshirasiz. Hamma individual ishlaydi. Bir hil material topshirilsa ikkala ish ham qabul qilinmaydi. Download 36.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling