2. Yerning eng soda tuzilish darajasi nima deb ataladi ?
Download 90 Kb.
|
1 2 3 4 чорак 10-sinf
10-sinf uchun 3-CHORAK
1. Quyidagi qaysi komponentlar tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirishda o’ziga xos ahamiyatga ega? 1) relyef 2) tog’ jinslari 3) havo 4) suvlar 5) tuproqlar 6) o’simliklar A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 4, 6 D) 2, 4, 5 2. Qaysi hududda inson faoliyati ta’sirida kelajakda tuproq va o’simlik 10- 20 % kamayishi mumkinligi prognoz qilinganligini toping. A) Qizilqumning janubi-g’arbi B) Markaziy Ustyurt C) Markaziy Farg’ona D) Mirzacho’l 3. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi qaysi shaharda bo’lib o’tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag’ishlangan konferensiya arafasida vujudga kelgan? A) Xelsinki B) Rio de-Janeyro C) London D) Stokgolm 4. Nazorat qilinayotgan yoki nazorat qilinishi rejalashtirilayotgan hudud nima deyiladi? A) geosiyosiy maydon B) siyosiy makon C) geosiyosiy qiziqish D) bufer zona 5. Geosiyosat fanining rivojlanishida qaysi fanlarning ahamiyati katta? a) geografiya b) siyosatshunoslik c) tarix d) din geografiyasi e) entogeografiya f) sotsiologiya A) a, b, c, f B) a, b, d, e, f C) b, c, d, e D) a, b, c, e, f 6.Angliyaning dengizdagi qudratli imperiyaga aylanish jarayoni qaysi yildan boshlangan geosiyosiy davrda sodir bo'lgan? A) 1648- yil B) 1814- 1815- yillar C) 1919- yil D) 1945- yil 7.2004- 2013- yillar oralig'ida Sharqiy Yevropadagi nechta davlat "Yevropa Ittifoqi" ga a'zo bo'lgan? A) 11 ta B) 9 ta C) 13 ta D) 4 ta 8. Xitoyda qachon monarxiya boshqaruvi ag'darildi? A) 1949- yil B) 1910- yil C) 1903- yil D) 1945- yil 9.Tabiiy sharoiti noqulay hududlardagi foydali qazilma konlarida yoki obyektlarida mehnat qilish bilan bog'liq holda ko'chib yurish jarayoni nima deb ataladi? A) vaxtali migratsiya B) mayatniksimon migratsiya C) texnomigratsiya D) ekoturistik migratsiya 10. Jahon aholisi 6 mlrd kishiga yetishidan 9 yil avval dunyo bo'yicha urbanizatsiya darajasi qancha bo'lgan? A) 29 % B) 45 % C) 47 % D) 50 % 11. Quyidagi mamlakatlardan qaysi biri demografik o’tishning IV bosqichidagi davlat hisoblanmaydi? A) Yaponiya B) Yangi Zelandiya C) Myanma D) Singapur 12. Mamlakat aholisi tabiiy o’sishini kamaytirishga qaratilgan demografik siyosat qaysi davlat(lar)da olib borilayotganligini aniqlang. 1) Pokiston 2) Xitoy 3) Bangladesh 4) Eron 5) Hindiston 6) Tailand A) 2 B) 1, 3, 6 C) 2, 3,5 D) 1, 2, 3, 4, 5 13. Qayerda 2016- yil ma’lumotlari bo’yicha, aholining tabiiy ko’payishi 0 % ga teng bo’lgan? A) Shimoliy Amerika B) Yevropa C) Avstraliya va Okeaniya D) Lotin Amerikasi 14. Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning nechta bosqichi ajratilgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta 15. O’zbekistonda yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlnishi qaysi tashkilot tomonidan kuzatib, nazorat qilib turiladi? A) O’zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi B) Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi C) O’zbekgidrogeologiya korxonasi D) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi 16. Qadimgi davrlarda ilk shaharlar nimalar negizida vujudga kelgan? 1) hunarmandchilik; 2) savdo- sotiq; 3) ziyoratgoh; 4) diniy ibodatxona; 5) ma'muriy boshqaruv; 6) mudofaa ishlari A) 1, 2 B) 1, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 17. Lokal migratsion oqimlarning yo'nalishi qaysi bandda noto'g'ri joylashtirilgan? A) Suriyadan Turkiyaga B) Afg'onistondan Eronga C) Ugandadan Keniyaga D) Isroildan BAAga 18. Konfessional holatni nima bilan bog'lash mumkin? A) urush B) din C) etnik ahvol D) siyosiy jarayon 19.Qaysi yondashuv tarafdorlari "Insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy- diniy jamoalar, ya'ni sivilizatsiyalar rivojlantiradi" degan g'oyani ilgari surishgan? A) harbiy- strategik B) geografik determinizm C) sivilizatsion D) sotsiologik 20. Urbanizatsiya ko'rsatkichi 25 % dan kam bo'lgan davlatlar qatoriga kirmaydigan davlatni toping. A) Burundi B) Liviya C) Afg'oniston D) Butan
Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling