Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar
Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar 1. Britaniya Imperiyasi — 1920 yilga yaqin
Balkim bu sizni hayratlantirar, balki yo’q, ammo dunyoni egallash bo’yicha Britaniya imperiyasidan ustun turadigan boshqa imperiya topilmadi. 35,5 mln km² ni egallagan Britaniya imperiyasi osongina insoniyat tarixidagi eng yirik imperiyaga aylandi (Mo’g’ul imperiyasidan 30% ko’proq). Bir asrdan ortiq Britaniya dunyodagi asosiy hukmdori bo’lgan va dunyo aholisining 23% ni nazorat qilgan. Keng ekspansiya natijasida ularning madaniy va til merosini Yer sharidagi deyarli har bir rivojlangan jamiyatda toppish mumkin. Ko’pchilik 1997 yildagi Gonkongning Xitoyga berilishini Britaniya imperiyasining rasmiy tugatilishi deb biladi. Ammo jahon arenasiga nazar solsak, Buyuk Britaniya haligacha dunyoning yirik qismini nazorat qilib kelmoqda… shunchaki ular buni aqlli yo’l bilan va progressiv holda amalga oshirmoqdalar. Balkim, Dunyo hukmdorligi shu bo’lsa kerak… shunchaki to’g’ri tashkil qilingan.
2. Ikkinchi Fransuz Kolonial Imperiyasi — 1920 yilga yaqin
Ispaniya, Portugaliya, Qo’shma qishloqlar va (keyinroq) Britaniya bilan raqobatlashib kelgan Fransuz colonial imperiyasi 1830 yilda, Aljirni zabt etishdan boshlangan. Ular Afrika maydonining katta foizini koloniya aylantirishdi va Yaqin Sharqda, Janubi-Sharqiy Osiyoda, Yangi Kaledoniya va Janubiy Amerikaning kichik qismiga egalik qilib olishdi. Bu imperiyani gullash davrida tarixdagi 6-yirik imperiyaga aylantirdi, uning aholisi butun yer sharining 5%ni egallagan, va u Yerning 7,7% maydonida yashab kelgan.
3. Rossiya Imperiyasi — 1895 yilga yaqin
Rossiya imperiyasi kuchli davlat bo’lgan, va 1721 yildan (rasman) 1917 yilda inqilob natijasida qulashigacha davom etgan. Imperiya rivojlanishni eng boshidan bohlagan, va Rossiyani asosan, qishloq xo’jaligi davlatidan ancha zamonaviy davlatga aylantirgan. O’zining gullagan davrida 1895 yilda Rossiya imperiyasi 15,5 mln dan 170 mln kishigacha kattalashgan, va bu odamlar 23,3 mln km² maydonda yashab kelgan. Unga qo’shilgan Pribaltika, Polsha, Finlyandiya va boshqa kichik aziya maydonlari bilan birgalikda, Rossiya imperiyasi butun insoniyat tarixidagi 3-eng yirik imperiyaga aylangan.
4. Brazil Imperiyasi — 1889 yilga yaqin
Boshida Portugal imperiyasining bir qismi bo’lgan, Brazil imperiyasi o’zining mustaqilligini 1822 yilda e’lon qilgan. Bir necha yillik notinchlikdan so’ng, 1843 yilda tinchlik davri hukm surishni boshladi, va bu Braziliyaga Buyuk Britaniya va Urugvay bilan mojarolar paydo bo’lishiga qadar tinchlikka erishishiga yo’l ochib bergan. Mojarolarni muvaffaqiyatli tinchlantirgandan so’ng, Brazil imperiyasida “Oltin asr” boshlandi, va u progressive va zamonaviy millat sifatida butun dunyo bo’ylab tez tanilib ketdi. 1880-yillarga kelib, imperiya o’zidan Janubiy Amerikaning katta qismini tashkil qilgan, egallagan maydoni 8,5 mln km², va bu uni insoniyat tarixidagi 11-eng yirik imperiyaga aylantirgan.
5. Portugal Kolonial Imperiyasi — 1820 yilga yaqin Portugal Kolonial imperiyasi tarixdagi birinchi global imperiyadir. U hech qachon Ispaniya Imperiyasi singari yirik qo’mondonlikka erishmagan. O’z nazorati ostida 3,69% Yer maydoniga ega bo’lgan holda, u tarixdagi 19-eng yirik imperiya hisoblanadi. Shunga qaramasdan, u eng uzoq umr ko’rgan zamonaviy yevropalik colonial imperiyasi bo’lib, olti yuz yillik yashab, yangi yuz yillikga ozgina qolganida barbod bo’lgan (1999 yilning 20 dekabrida Portugal imperiyasi mavjudligi rasman tugagagan).
6. Ispan Imperiyasi — 1810 yilga yaqin
Oxirgi Xitoy sulolasidan ortda qolmaslik uchun Ispan imperiyasi 1492 yilda tashkil topgan va jahon tarixida ikkinchi global imperiyaga aylandi. O’z nazorati ostida 15,3 mln km² yerga ega bo’lib turib, u tarixdagi 5-eng yirik imperiyaga aylandi. Ko’pgina suvusti zabt etishlar natijasida ular Shimoliy va Janubiy Amerika maydonlarining katta foizini nazorat ostiga olishgandi, shuningdek, Karib basseynining deyarli barcha mamlakatlarida, Afrika, Yevropa, Tinch okeanining janubiy qismi va hatto Yaqin Sharq qirg’og’idagi ba’zi shaharlarni nazorat qilishgan.
7. Sin Sulolasi — 1790 yilga yaqin
Sin Sulolasi Xitoyning oxirgi imperatorlik sulolasi bo’ldi. Bu ulkan imperiya hamji bo’yicha butun insoniyat tarixidagi 4-eng yirik imperiya bo’ldi va yer sharining 10%ga yaqinini egallar edi, shu bilan birga, 400 million kishilik aholisi bor Korey ava Tayvan maydonini ham bunga kirar edi. Mahalliy qo’zg’olonlar oxirgi imperatorni taxtdan voz kechishiga majbur qilganidan qariyb uch yuzyillik o’tdi, va 1912 yilda Xitoy Respeublikasi shakllandi.
8. USMON Imperiyasi — 1683 yilga yaqin
Istambul Konstantinopol bo’lgan vaqtlarida, u Osman imperiyasi (Turk imperiyasi deb ham nomlanadi) poytaxti bo’lgan. Ammo tarixda u unchalik katta bo’lmagan (5,2 mln km²,va bu uni mavjud bo’lgan imperiyalardan 22-eng yirigiga aylantirdi), lekin boshqa jihatlardan – muvaffaqiyatli va uzoq umrli. 1300 yildan sal oldinroq, Osman imperiyasi olti asr davomida sharqiy va g’arbiy dunyo orasida o’zi uchun yaxshigina joy ajratib olgan. Birinchi jahon urushida zabt etilganida, imperiya buzilgan, va natijada 1922 yilda Turk respublikasi barpo etilgan.
9. Min Sulolasi (Buyuk Min imperiyasi) — 1450 yilga yaqin
Min Sulolasi Yuan Sulolasi tugashidan keyin tashkil topgan. Kuchli mo’g’ullar borligi tufayli shimolga keygayish imkoniga ega bo’lmagan Min Sulolasi baribir dunyo yerining 4,36%ni egallagan va tarixdagi 13-eng yirik imperiyaga aylangan. Balkim, u Xitoydagi birinchi harbiy suvosti flotining qurilishi bilan tanilgan, va bu unga suv ekspeditsiyalarini jo’natishga va muvaffaqiyatili mahalliy suv savdosini takomillashtirishga imkon bergan.
10. Yuan Sulolasi — 1310 yilga yaqin
Avvaliga Mo’g’ul imperiyasi tomonidan nazorat qilingan shimoliy xitoy maydonlaridan, Chingizxon nevarasi Xitoyning qolgan qismini egallash va Yuan sulolasiga asos solish uchun o’z askarlarini keltirgan. 1310 yilga kelib u ilgarigi Mo’gul imperiyasining katta qismiga va insoniyat tarixidagi 9- eng yirik imperiyaga aylangan, bunda 11 mln km² yerga egalik qilgan. Afsuski, XIV asr o’rtalaridagi qo’zg’olon Yuanlarning 1368 yilda tamoman yiqilishiga olib keldi, va sulolani xitoy tarixidagi eng kam davom etgan sulolaga aylantirgan.
11. Oltin O’rda — 1310 yilga yaqin
Chingizxon aqlsiz bo’lmagan, va uning hukmisiz imperiya o’z hajmlarini saqlay ololmasligini bilgan. Shu tariqa, u imperiyani tumanlarga bo’lib tashlagan, va o’z merosini qoldirish uchun har birini boshqarishni o’z o’gillari orasida taqsimlagan. Boshlang’ich imperiyaning ulkan hajmlari va kuchiga qarab, hatto uning alohida egaliklari ham ta’sirli kuchga ega bo’lgan. Mo’g’ul imperiyasi o’z gullashiga erishganidan keying avlodda, Oltin O’rda mustaqil tuzilmaga aylangan. Hatto o’zidan-o’zi 1310 yilga kelib, u tarixdagi 16-eng yirik imperiya bo’la turib, haligacha dunyoning hayratlanarli 4,03% (Mo’g’ul imperiyasi yerining chorak qismi) ni nazorat qilib kelgan.
12. Mo’g’ul Imperiyasi — 1270 yilga yaqin Bu imperiya haqida ko’p kishi bilsada, Chingizxon imperiyasining aslida qanchalik yirikligini kamdan- kam odam tushunadi. O’zining eng gullagan davrlarida Mo’g’ul imperiyasi kattakon 24 mln km² maydonni nazorat ostiga olgan. Taqqoslash uchun, bu Rim imperiy asi hajmidan 4 barobar katta va zamonaviy Qo’shma Shtatlarning 3 barobaridan ozgina kichikroqdir, va bu Mo’g’ul imperiyasini butun insoniyat tarixidagi 2-eng yirik imperiyaga aylantiradi. 13. Tan Sulolasi — m.a. 820 yillarga yaqin
Tan Sulolasi xitoy sivilizatsiyasida millatchilik madaniyatidagi oltin asr hisoblanganligini ochib bergan. Ushbu davrga Xitoyning eng taniqli shoirlari Li Bo (Li Bai) va Du Fu (Du Fu) mansub, ksilografiya kashfiyoti esa o’sib borayotgan Xitoy va butun Osiy o san’ati madaniyati rivojlanishiga ta’sir qilgan. Tarixiy jihatdan boshqa xitoy sulolalaridan ko’ra, unchalik muhim bo’lmagan Tan sulolasi qariyb uch yuzyillik (m.a. 618 yildan 907yilgacha) davom etgan, dunyo bo'yicha 3,6% ni egallagan va insoniyat tarixidagi yirik imperiyalar ichida 20-o'rinni egallagan.
14. Tibet imperiyasi — m.a. 800 yillarga yaqin
Tibet imperiyasi 800 yilga kelib butun dunyo maydonidan 3%ni egallab kelgan. Shu vaqtning o’zidayoq G’arbdan bundanda ulkan va gullayotgan Arab imperiyasi rivojlanib kelgan. Boshqa tomondan Tan Sulolasi, arablar bilan yaxshi diplomatic aloqalarni o’rnatgan mustahkam va birlashgan kuchga aylangan, va ikki kuchli davlat orasida joylashgan Tibet imperiyasini tarixdagi birinchi imperiyalardan biriga aylantirgan. Diplomatiya va kuchli harbiy yordamga ega bo’lganligi uchun Tibet imperiyasi 200 yildan ortiq yashab kelgan. Hayratlanarliki, o’sib borayotgan budda ta’limlari oxir oqibatda imperiyani yakson qilgan fuqarolar urushini keltirib chiqargan 15. Abbosiylar xalifaligi — m.a. 750 yillarga yaqin
Omeyad xalifaligi rivojlanishidan 30 yil o’tib, Muxammadning eng yosh amakisi avlodlarining Omeyadlarga qaram bo’lmasligi va qo’zg’olon ko’tarilishi natijasida, taxtga Abbosiylar xalifaligi keldi. Ular ta’kidlashlaricha, ularning ajdodlari Muhammad payg’ambarga yaqin bo’lgan, shuning uchun ular haqiqiy taxt vorislari deb o’zlarini hisoblashgan. M.a. 750 yilda hukumatning omadli zabt etilishidan keyin, ular deyarli 400 yil davom etgan va o’z ichiga Xitoy bilan yaqin aloqalarni olgan “oltin davr” ni boshlashgan. Ularning imperiyasi Omeyadlar xalifaligidan katta bo’lmasada, u uzoq vaqt davom etgan va 11,1 mln km² maydonni yaxshi nazoratga olishgan, va bu uni 1206 yilgi Chingizxon zabt etishigacha bo’lgan davrgacha insoniyat tarixidagi kattaligi bo’yicha 7-eng yirik imperiya hisoblangan.
16. Omeyad xalifaligi — m.a. 720 yillarga yaqin
Muhammad payg’ambar vafot etgandan keyin qolgan to’rtta asosiy xalifalikdan ikkinchisi – Omeyad xalifaligi birinchi Musulmonlar fuqarolik urushidan keyin m.a. 661 yilda yaratilgan. Butun Yaqin Sharqdagi ustunlikka qo’shimcha tariqasida, Omeyad xalifalihi Shimol iy Afrika va Janubiy Yevropaning ba’zi qismlariga qarab kengayishda davom etgan. Butun yer sharining 29% aholisi (62 mln kishi) dan va butun dunyo yerlarining 7,45% dan tashkil topgan, kompleks ijtimoiy tuzilmaga ega bo’lgan Omeyad xalifaligi zamonaviy tarixda 8-eng yirik imperiya va dunyodagi eng yirik imperiya unvoniga erishgan, va m.a. 720 yilgacha davom etgan. . 17. Taqvodor xalifalik — m.a. 655 yillarga yaqin Taqvodor xalifalik islom davrining eng ilgari davrlarida birinchi islom xalifaligi edi. Xalifalik islom jamiyatining ishlarini olib boorish uchun, milodiy 632 yilda, Muhammad payg’ambarning o’limidan so’ngra darhol barpo etilgan. Turli xil arab qabilalarin i o’ziga bo’ysundirib va ular bir birlashib, xalifalik zabt etishga kirishdi, va bu Misr, Siriya va butun Fors imperiyasini boshqarishga olib kelgan. O’zining eng yaxshi davrlarida, m.a. 655 yillarda Taqvodor xalifalik 14-eng yirik imperiya hisoblangan, Ya qin Sharqning 6,4 mln km² maydonni egallagan.
18. Turk xoqonligi — m.a. 557 yillarga yaqin T urk xoqonligi hozirgi davrdagi Xitoy markaziy qismining shimolidan iborat bo’lgan. Xoqonlik hukmdorlari Ichki Osiyoning Shimoliy qismidan kelib chiqqan noaniq ko’chmanchi qabila Ashin urug’larigan kelib chiqqan. Olti asrlar oldin Xunnaga o’xshab, ular Ipak yo’lidagi foyda keltiradigan savdosini qo’shib, Markaziy Osiyoninh yirik maydonlarini boshqarish uchun keygayishgan. M.a. 557 yilga kelib, ular tarixdagi 15-eng yirik imperiyaga aylangan, va dunyoning 4,03% ni nazorat ostiga olgan (3,36% egallagan Rim imperiyasidan ancha kattaroq).
19. Rim Imperiyasi — m.a. 117 yillarga yaqin Rim imperiyasi haqidagi ko’p sonli eslatmalar uchun, xohishiy o’rtastatistik odam uni tarixdagi eng yirik imperiya deb hisoblaydi. Haqiqatdan, o’z rivojlanishining eng gullagan vaqtlarida, m.a. 117 yillarda u g’arb sivilizatsiyasidagi eng yirik va ijtimoiy tuzilma hisoblangan, ammo o’shanda ham rimliklar umumiy hisobda faqatgina 5 mln km² yerlarni egallagan, va bu uni tarixdagi 24-eng yirik imperiyaga aylantiradi. Mazkur holatda gap sonda emas, sifatda, chunki Rim imperiyasining ta’siri g’arb sivilizatsiyasining deyarli barcha jihatlarini tegib o’tgan. 20. Sharqiy Xan sulolasi — m.a. 100 yillar
O’zining qariyb 200-yillik hayoti davomida Sharqiy Xan sulolasi turli xil hukumdorlar, isyonlar, notinchlik va iqtisodiy inqirozlarni boshdan kechirgan. Ushbu omillarga qaramasdan, Sharqiy Xan sulolasi tarixdagi kattaligi bo’yicha 12- sulola bo’lgan. U, uning xristianlik davridagi sherigidan ko’ra, maydoni jihatidan kattaroq bo’lgan, deyarli 500 km² ga kattaroq maydonni – umumiy hisobga, dunyo bo’yicha 4,36% maydonni egallagan.
21. G’arbiy Xan sulolasi — m.a. 50 yilga yaqin
Xan sulolalari haqida gapiradigan bo’lsak, G’arbiy Xan sulolasi o’z rivojlanishinig eng baland cho’qqisiga taxminan yuz yillardan keyin erishgan. Ular hech qachon Xunnu imperiyasi rivojlanish darajasiga erishmagan bo’lsada, ammo ular 57 million odam istiho mat qilgan 6 mln km² maydonni egallay olishdi, va insoniyat tarixidagi kattalik bo’yicha 17-imperiyaga aylanishgan. Bunga erishish uchun ular xunnani shimolga talqin qilishgan, hamda hozirgi Vyetnam va Koreya yarim oroliga agressiv holda kengayishgan. G’arbiy Xan sulolasi, G’arbdan Rim imperiyasigacha mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatgan va mashhur savdo Ipak yo’liga asos solgan Chjan Tsanyaning asosiy diplomatik yutuqlarini o’z ichiga olgan.
22. Xunna Imperiyasi — m.a. 209 yillarga yaqin M.a. IV-III yillar davrida, natijada Xitoyg aylangan davlat – bir nechta dushmanlik davlatlaridan iborat bo’lgan. Natija sifatida, Xunna ko’chmanchi harbiylari shimoliy maydonlarga yurishlar qilishgan. O’zining rivojlanish davrida Xunna imperiyasi butun du nyoning 6% dan ko’proq maydonni egallab kelgan, va insoniyat tarixidagi 10-eng yirik imperiya unvoniga sazovor bo’lgan. Ularga erishish shunchalik qiyin ediki, o’z zabt etgan maydonlarini saqlab qolish uchun yillar davomida muzokaralar, shartnomali turmush qurishlar va Xan sulolasi tomonidan voz kechishlar talab qilindi.
23. Mauriylar Imperiyasi — m.a. 250 yillarga yaqin
Aleksandr Makedonsiy o’limidan so’ng butun Hindiston va unga qaraydigan maydonning katta qismi Mauriylar imperiyasi tomonidan zabt etilgan, buning natijasida birinchi (va eng yirik) Hind imperiyasi tashkil topgan. O’zining eng rivoj topgan davrlarida, bag’ri keng va diplomatik hukumdor, Ashok Buyuk boshqargan paytlarda Mauriylar imperiyasi qariyb 5 mln km² maydonni egallagan, va bu uni tarixdagi kattaligi bo’yicha 23-imperiyaga aylantiradi.
24. Makedoniya imperiyasi — m.a. 323 yillarga yaqin Aleksandr Makedonskiy davrida Makedoniya imperiyasi Axamoniylar davlatini yakson qilgan va qadimgi yunon sivilizatsiyani, Aristotelning faylasufiy hissasiga, va balkim, orgiyalarga birinchi qadam qo’ygan yakuniy ellinistik davlatni barpo qilgan. O’z rivojlanishining eng baland cho’qqilarida Makedoniya imperiyasi butun dunyoning deyarli 3,5% ni egallagan, va bu uni tarixdagi yirikligi bo’yicha 21-o’rinni egallagan imperiyaga aylantirdi (va forslarni zabt etishdan keyingi k attaligi bo’yicha ikkinchi imperiya). 25. Axamoniylar davlati — m.a. 500 yillarga yaqin
Butun tarixdagi hajmi bo’yicha eng katta imperiya sifatida, Axamoniylar davlati (shuningdek, birinchi Fors imperiyasi deb nomlangan) ham ta’sirlantiradi. O’z rivojlanish bosqichining eng baland cho’qqisida, m.a. 550 yillarda ular 31,6 mln km² maydonni egallagan, va buning ichiga Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari va Rossiya tumanlari kirgan. Yana hayratlantiradigani shu-ki, Buyuk Kir II davrida imperiya butun ijtimoiy infratuzilmaga ega bo’lgan va yo’llar, pochta xizmati kabilarni o’z ichiga olgan. Va bu infratuzilmani keyinchalik boshqa imperiyalar ortda qoldirishga harakat qilishgan. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling