2. Yevrosiyo materigida tabiat zonalarining tarqalishi


Download 19.89 Kb.
bet2/4
Sana08.04.2023
Hajmi19.89 Kb.
#1341566
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi davomi

Aralash o’rmonlar.Bu zonaning asosiy qismi sharqiy yevropa tekidsligida joylashgan, Osiyoda katta maydonni egallamaydi. Taygadan janubda aralash o’rmonlar zanachasi joylashgan bo’lib, ular materikning g’arbiy va sharqiy chekka qismlarida, okeanyoni sektorlarida, namlik yetarli bo’lgan mo’tadil iqlim sharoitida vujudga kelgan. Aralash o’rmonlar igna bargli, mayda bargli va keng bargli daraxtlardan tashkil topgan.
Keng bargli o’rmonlar. G’arbiy Yevropa mo’tadil mintaqasining janubiy qismi. Aralash o’rmonlar janubga va g’arbga tomon keng bargli o’rmonlar bilan almashinadi. Ular o’simlik turlarining tarkibiga ko’ra emanqayinzorli, emanzorli, bukzorli va buk - qayinzorli tiplarga bo’linadi. Keng bargli o’rmonlar G’arbiy Yevropada hukmronlik qiluvchi tabiiy o’simlik tipi hisoblanadi. Sharqiy Yevropa tekisligida keng bargli daraxtlarning geografik tarqalishi birmuncha chegaralangan.
O’rmon-dasht.Sharqiy Yevropaning Dunay bo’yi tekisliklarini o’z ichiga oladi. O’rmon-dasht o’simlik tipi materikning kontinental iqlimli ichki rayonlari uchun xarakterli bo’lib, g’arbda Karpat tog’laridan sharqda Oltoygacha uzluksiz davom etadi. Oltoy tog’laridan sharqda o’rmon-dasht o’simliklari orolchalar hosil qilib Lena-Vilyuy pastekisligigacha kirib boradi. O’rmon-dasht zonasining o’rmon o’simliklari eman, jo’qa, qayrag’och, tog’terak, qayin, shumtollardan iborat.
Dasht.Bu zona 41*-42* shimoliy kengliklardan shimolroqda tarkib topgan. O’rmon-dashtlar janubga tomon dasht o’simlik tipi bilan almashinadi. Dashtlarda iqlimning quruqligi, yog’in miqdorining mumkin bo’lgan bug’lanish miqdoriga nisbatan kamligi kserofit o’simliklarning o’sishiga sabab bo’lgan. Bu yerda o’rmon-dasht uchun xarakterli bo’lgan turli xil o’t o’simliklar o’rnida boshoqli o’simliklar keng tarqalgan.
Chala cho’l va cho’l zonalari. Chala cho’l o’simliklari Kaspiybo’yi pastekisligidan Oltoygacha va Mongoliya Oltoyidan Katta Xingan tog’larigacha bo’lgan polosada iqlimi yanada kontinental va quruq bo’lgan joylarda rivojlangan. Chala cho’llarda asosan boshoqli o’simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. Chalovlarga nisbatan betaga ko’proq uchraydi. Chala cho’lning Shimoliy qismida boshoqli o’simliklar, janubiy qismida esa shuvoq va sho’ra o’tlar keng tarqalgan. O’rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog’ tizmalarining past yon bag’irlarini cho’l o’simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala cho’l va dashtlarga nisbatan o’simliklar nihoyatda siyrak o’sadi. O’simlik bilan qoplangan yerlarga qaraganda ochiq yerlar ko’pchilikni tashkil etadi.

Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling