2. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar
Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi
Download 24.13 Kb.
|
Yuridik va jismoniy 11111111111111111111111 (1)
4. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi
yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‘yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi: Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lmagan yerlar uchun. Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun. Bo‘shatib olinayotgan mablag‘lardan muayyan maqsadlar uchun foydalanish sharti bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar uchun belgilangan shakl bo‘yicha va muddatlarda yer solig‘i hisob-kitobini taqdim etadilar. Yuridik shaxs hisoblangan dehqon xo‘jaliklari hisoblab yozilgan yer solig‘i umumiy summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘laydilar. Hisob-kitoblarda Jamg‘armaga to‘lanadigan summa alohida satrda aks ettiriladi. yer solig‘ini hisoblash yer uchastkasi haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib amalga oshiriladi. yer uchastkalarining umumiy maydonlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yoki yerlarni inventarizatsiyalash dalolatnomalari bo‘yicha qabul qilinadi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga molik yer mulklari maydonlari va ularning sifat holati yer kadastri hujjatlariga ko‘ra qabul qilinadi va yerlardan haqiqatda foydalanishga muvofiq kelishi kerak. Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‘lgan) taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan (kamaygan) yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari to‘xtatib qo‘yilgan (paydo bo‘lgan) hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki imtiyozlar to‘xtatilgan (paydo bo‘lgan) kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay davlat soliq organlariga yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. Hisobot yili davomida yer mulklari tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar davlat soliq organlariga yer solig‘i to‘lanadigan hisobot yilining 1 noyabriga qadar yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar. Foydalanilishi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yerlar, shu jumladan ochiq usulda qazib olinadigan, bo‘sh va balansdan tashqari jinslar uyumlari band etgan yoki ular uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni hisoblab chiqarish ularning joylashgan yerini hisobga olgan holda kon va karerlar uchun stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Foydalanilishi foydali qazilmalarni qayta ishlash yoki ulardan ishlab chiqarishda foydalanish bilan bog‘liq yer uchastkalari uchun, shu jumladan oxirgi omborlar va tindirgichlar, shuningdek ma'muriy, yordamchi binolar va inshootlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Alohida binolar yoki xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilganida yer solig‘ini balansida ushbu bino bo‘lgan yuridik shaxs to‘laydi. Agar alohida bino bir necha yuridik shaxsning balansida bo‘lsa, yer solig‘ini har bir yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga mutanosib ravishda to‘laydi. Ko‘p qavatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar yer solig‘ini turar joy egallagan umumiy maydondan va mazkur yuridik shaxs tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib chiqib hisoblab chiqaradilar. Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egali qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari to‘xtatib qo‘yilgan hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar to‘xtatilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay soliq organlariga yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e'tiboran to‘lanadi. yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan oydan e'tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi). Yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilanganda ular bunday huquq paydo bo‘lgan oydan e'tiboran soliq to‘lamaydilar. yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lish huquqi to‘xtatilgan taqdirda ular bunday huquq to‘xtatilganidan keyingi oydan e'tiboran yer solig‘i to‘lay boshlaydilar. Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jalik korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida, teng ulushlarda chorakdagi ikkinchi oyning 15-kunigacha to‘lanadi. Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‘lash muddati tugaganidan keyin olgan bo‘lsa, ushbu davr uchun soliqni to‘lash muddati bo‘lib keyingi chorak uchun soliq to‘lash muddati hisoblanadi. Yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘ini yilda bir marotaba, hisobot yilining 15 dekabrigacha to‘laydi. Qishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘ini bir yilda bir marta - hisobot yilining 15 dekabrigacha to‘laydilar. Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. (Masalan, vakolatli hokimiyat organining 15 avgustdagi qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‘ini 1 sentyabrdan boshlab to‘laydi). yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan oydan boshlab to‘xtatiladi (kamaytiriladi). (Masalan, korxonadan yer uchastkasining bir qismi vakolatli hokimiyat organining 25 avgustdagi qaroriga ko‘ra olib qo‘yilsa, u yer solig‘ini to‘lashni 1 avgustdan boshlab to‘xtatadi). Yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz belgilansa, ular ushbu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab soliq to‘lashni to‘xtatadilar. yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi to‘xtatilgan taqdirda ular yer solig‘ini ushbu huquq to‘xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydilar. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan taqdirda, agar boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar soliq to‘lovchiga o‘ttiz kun ichida uning yozma arizasi bo‘yicha qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi. yer solig‘i, soliq to‘lovchining joylashgan yeridan qat'i nazar, hududida yer uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi. Agar yer uchastkasi ham tuman, ham shahar hududida joylashgan bo‘lsa, soliq xuddi shu tartibda to‘lanadi. Agar Toshkent shahrining ma'muriy chegarasi korxona yerlarining o‘rtasidan o‘tsa va uning yerlari bir qismi Toshkent shahri Uch tepa tumanining hududida, boshqa qismi esa Toshkent viloyati Zangiota tumanining hududida bo‘lib qolsa, korxona shahar hududida joylashgan yer qismi uchun yer solig‘ini shahar uchun stavkalar bo‘yicha hisob-kitob qiladi va hisob-kitobni Uch tepa tumani Davlat soliq inspeksiyasiga topshiradi hamda soliqni shahar byudjetiga to‘laydi. Zangiota tumani hududida joylashgan yer qismi uchun hisob-kitob Toshkent viloyatining qishloq joylari uchun stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi, hisob-kitob tuman Davlat soliq inspeksiyasiga topshiriladi va ushbu tuman byudjetiga soliq to‘lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi. 1. Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti; byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti. 2. Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti; pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti. yer solig‘i to‘lovchilari davlat soliq xizmati organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. yer solig‘i to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Davlat soliq xizmati organlari soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar. Download 24.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling