2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


BEMORLIKNI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIY


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

BEMORLIKNI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIY 
JIHATLARI 
G.B Baxriddinova, A.M. Obitqoriyev, S.S Amanboyeva
Andijon Davlat Universiteti 
Hozirgi kunda eng havfli kasalliklar qatoridan joy olayotgan 
ayollardagi ko’krak bezi saraton hastaligi butun dunyodagi ko’plab 
ayollarning hayotiga zomin bo’layotganligi achinarli hol. Hususan, bizning 
respublikamizda ham ushbu kasallik bilan og’riyotgan ayollar uchrab turadi. 
Biz ushbu kasallikni tarqalish holati va uning nafaqat inson salomatligiga, 
davlat iqtisodiyotiga ko’rsatadigan zarari xususida bir muncha izlanishlar olib 
bordik. Biz bu ishni birgina Andijon viloyati misolida oldik. Keltirilgan 
ko’rsatkichlar butun respublikamiz miqqiyosida o’rganilganda anchagina 
katta ko’rsatkichlarni berishi mumkin. Andijon viloyati xotin – qizlarining 
umumiy soni 1,470,751 nafarni tashkil etadi. Ulardan 9,480 nafari voyaga 
yetmaganlar hisoblanadi. Andijon viloyatida 2016 – yil yakuni bo’yicha 
onkologik dispanserning statistik taxliliga ko’ra ushbu kasallik bilan og’rigan 
ayollarning umumiy soni 235 tani tashkil etgan. Kasallikka chalingan ayollar 
holatiga ko’ra bir qancha stadiyalarga ya’ni bosqichlarga bo’linadi; 
1- 
stadiya. Qoniqarli ahvoldagi ayollar soni – 5ta
2- 
stadiya. O’rtacha ahvoldagi ayollar soni – 117 – 120 ta 
3- 
stadiya. O’rta og’ir ahvoldagi ayollar soni – 83 – 85 ta


160 
4- 
stadiya. O’ta og’ir ahvoldagi ayollar soni – 24 – 25 tani tashkil 
etadi. 
Bu ayollarning 2,3,4 – stadiyalardagilari mehnatga layoqatsiz yoki 
qisman layoqatsiz bo’ladi. Ularni mana shu xususiyatidan kelib chiqib 1-, 2- 
,3- guruh nogironligiga chiqariladi. Ularga nogironlik pensiyasini tayinlashda 
asosan ish stajiga qaraladi. Agar ish stajiga ega bo’lmasa eng kam oylik ish 
haqqiga qarab ma’lum miqdorda nafaqa puli hisoblab chiqiladi.
1-, 2- guruh nogironlari mehnatga layoqatsizligi yuqori bo’lganligi 
uchun ularga nogironlik pensiyasi eng kam oylik ish haqqining 7 barobaridan 
kam bo’lmagan miqdorda, ya’ni o’rtacha oylik ish haqqining 55% ini, 3 – 
guruh nogironlari uchun esa o’rtacha oylik ish haqqining 30% ini yoki eng 
kam oylik ish haqqining 50 % dan kam bo’lmagan miqdorida belgilanadi. 
O’zbekistonda eng kam oylik ish haqqi 2016 – yil 1 – oktabrdagi prezident 
farmoniga ko’ra 149,775 so’m, eng kam nafaqa puli 179,755 so’mni tashkil 
etadi. Viloyatdagi xotin – qizlarning voyaga yetmaganlaridan tashqari soni 
1,460,971 nafar bo’lsa, ulardan 50 – 60 % ini o’rta yoshli ayollar tashkil 
etadi. Aynana mana shu o’rta yoshli ayollar jamiyatning asosiy ishchi kuchi 
xisoblanadi. 
Ko’krak bezi saraton kasalligini uchrashi esa 23 yoshdan 55 
yoshgacha bo’lgan ayollarda kuzatiladi. Ular iqtisodiyotni rivojlanishida juda 
katta ro’l o’ynovchi ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi ekanligini yuqorida 
aytib o’tdik. Ularni ish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotishi natijasida 
ularga nafaqalar to’lash hisobiga davlat budjeti holatiga quyidagicha ta’sir 
ko’rsatiladi. Kasallangan 235 ta ayolning 60% i guruh nogironligiga ega. 
Ularga to’lanadigan nafaqa summasini 2016 – yilgi eng kam oylik ish haqqi 
bilan hisoblaydigan bo’lsak davlat budjetiga quyidagicha zarar yetadi. 
Guruhlar
Eng kam oylik 
ish haqqi
Necha 
barobar 
ekanligi
Bemorlar 
soni
Ularning % 
darajasi 
Nafaqa summasi 

149,775so’m 

29 
20,57% 
34,747,800so’m 

149,775so’m 

42 
29,79% 
44,033,850so’m 

149,775so’m 

70 
49,64% 
20,968,500so’m 
Jami
141 
100% 
99,750,150so’m 
1 – stadiya ya’ni qoniqarli holatda bo’lgan ayollar ish joylarida 
ishlashlari mumkin. Lekin 6 ish kunining 1 kuni albatta davolanish uchun 
sarflanadi. Ularga ish vaqti ham 8 soat emas 5 soatni tashkil etadi. Shunday 
ekan bir haftada 23 soat ish vaqti yo’ q bo’ladi degani. Bu esa yalpi ichki 
mahsulotning hajmining kamayishiga va davlat budjetidan ortiqcha sarfni 
kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Eng kam oylik ish haqqidan hisoblaganimizda 
1 soatlik ish haqqi 936.094 so’mni tashkil etadi. Buni yo’qotilgan vaqtdagi 
bir oylik summasini hisoblasak 86,120.648 so’mni tashkil etadi, bir yillik 


161 
miqdori esa 4,047,670.456 so’m hisoblanadi. Bu ko’rsatkich faqat bir turdagi 
kasallikni Andijon viloyatidagi budjetga zarari miqdori soni xisoblansa, 
respublika miqqiyosida bu qanchalik katta ko’rsatkichga aylanishini taxmin 
qilish qiyin emas. Boshqa kasalliklarni ham qo’shganda budjetga zararning 
miqdori yana ham oshadi va yalpi ichki mahsulotning hajmi yanada pasayadi. 
Shunday ekan bunday kasalliklarni davolashgina emas, balki oldini olishimiz 
va samarali davolash yo’llarini topib turmush darajasini oshirishimiz
kundalik hayotda aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakillantirishimiz 
zarur. Buning uchun barcha jamoat tashkilotlari birgalikda profilaktika 
tadbirlarini muntazam olib borishlari kerak bo’ladi. Maqolada keltirilgan 
ma’lumotlardan statistik manbaa sifatida foydalanish mumkin. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling