20- ma’ruza optik kuchaytirgichlar reja


Download 386.74 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi386.74 Kb.
#1606326
  1   2   3   4   5   6

20- MA’RUZA


OPTIK KUChAYTIRGIChLAR


Reja:
10.1. Optik kuchaytirgichlarning klassifikatsiyasi va asosiy parametrlari.
10.2. Optik kuchaytirgichlarning ish prinsipi
10.3. Yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar.
10.4. Raman optik kuchaytirgichlari.
10.5. Tolali optik EDFA kuchaytirgichlari, ularning tuzilishi, ish prinsipi, xarakteristika va parametrlari.


10.1. Optik kuchaytirgichlarning klassifikatsiyasi va asosiy parametrlari

Ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish optik kuchaytirgichlarni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo‘lmagan sijigan dispersiyali bir modali NZDSF tolalarining afzalliklari tufayli qimmat regeneratsiyalash tizimlarini qo‘llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo‘ylab uzatiladigan axborot xajmini keskin oshiradi.


Regeneratorlardan farqli ravishda optik kuchaytirgichlar optik signallarni elektrik signallarga aylantirib o‘tirmay, kuchaytiradi. Kuchaytirgichlar optik signallarni shaklini tiklamaydi, faqatgina kuchaytiradi, buning ustiga signal tarkibiga qo‘shimcha shovqinlar qo‘shadi. Ko‘p kanalli optik tizimlarda har bir punktda har bir optik kanal uchun alohida talab qilinsa, bir necha optik kanallar uchun bitta optik kuchaytirgich kerak bo‘ladi. Oddiyligi va ishonchliligini yuqoriligi bu optik kuchaytirgichlarni afzalligidir. Shuningdek, optik kuchaytirgichlarni ishi uzatish tezligiga bog‘liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Optik kuchaytirgichlarni quyidagi asoslarda ishlab chiqarish mumkin:
- aralashma optik tolalar asosidagi kuchaytirgichlar,
- yorug‘likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichlar,
- yarim o‘tkazgichli p-n o‘tish asosidagi kuchaytirgichlar.

Optik kuchaytirgichlar quyidagicha belgilanadi:



10.2-rasm. Optik kuchaytirgichlarning belgilanishi.

Optik kuchaytirgichlar quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi:



  1. To‘yinish quvvati Rt.chiq-maksimal chiqish quvvatini aniqlaydi.

Maksimal quvvat 36dBq (4 Vt)dan oshishi mumkin.

  1. Kuchayish koeffitsienti:

g=10lg Ps. chiq/Ps. kir, (10.3)


bu yerda, Pc.chiq- chiqish signalining quvvati;


Pc. kir- kirish signalining quvvati
Kuchayish »40dB gacha yetishi mumkin.

  1. Shovqin-faktor NF kuchaytirgich kirishidagi signal/shovqin nisbatini chiqishdagi signal/shovqin nisbati orqali aniqlanadi:

NF=(Pc.kir/Pshov.kir)/(Pc.chiq/Pshov.chiq). (10.4)


NF=5-6 dB.





Download 386.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling