20. 1-seminar mashg‘ulot: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish. (2 soat) Reja


Download 16.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1558098
Bog'liq
IV semestr. OO\'M.seminar 8


20.1-seminar mashg‘ulot:Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish.
(2 soat)
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish, ma’ruzada oʻrganilgan nazariy bilimlarning amalda qoʻllanish jarayonini kuzatish.
2. Kuzatilgan dars tahlili
3. Samarali metodlar va koʻrgazmali vositalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar
O‘RTMT: Ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash.

1.3-4-sinfda o‘rganiladigan sifat yasovchi qo‘shimchalarni aniqlab yozing, ularning tanlab olinishiga munosabatingizni bildiring.


2.Sifat yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganishning amaliy ahamiyatini yoriting.
3.O‘rganiladigan xar bir sifat yasovchi qo‘shimchaning ma’nosi ustida ishlash buyicha mashqlar ishlab chiking.
4.Sifat yasovchi qo‘shimchalar mavzusini o‘rganishda o‘qish darslari bilan boglab kanday mashqlar tashkil etish mumkin?
5.Sifat yasovchi qo‘shimchalarni mustahkamlash uchun tarkatma materiallar tayyorlang.
6. Sifat yasovchi qo‘shimchalar yuzasidan test topshiriklari tuzing.
7. Sifat yasovchi qo‘shimchali suzlarni tarkibiy kismlarga ajratish buyicha savol - topshiriklar tuzing.
“Sifat yasovchi qo‘shimchalar” mavzusini o‘tish darsini kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Darsning yangi mavzu o‘rganiladigan qismi bo‘yicha:
1.Sifat yasovchi qo‘shimchali o‘quv materialining ta’limiy - tarbiyaviy xolati
2.Tanlangan matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriklarning aniqligi va izchilligi, mavzuning muhim tomonlarini kamrab olishi
3.Sifat yasovchi qo‘shimchalarning suzning leksik ma’nosini uzgartirishini o‘quvchilar tushunchasiga yetkazilishi
4. Sifatni tartibga kura tahlili
5. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan ot yasovchi qo‘shimchalarni farklashga
o‘rgatish buyicha kilingan ishlar.
Darsni mustahkamlash qismi buyicha:
1. O‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitish;
2.Sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini ustirish ustidagi ishlar;
3. Sifatlarning imloviy shakli ustida ishlash;
4. Yozma, mustaqil va ijodiy ishlarning tashkil etilishi;
“Sifatlarning ma’no turlari (4-sinf)” mavzusini o‘tish bo‘yicha topshiriqlar.
1. Metodik adabiyotlarda sifatlarning ma’no turlarini o‘rgatish buyicha berilgan tavsiyalarni o‘rganing.
2. 4-sinfda sifatning qaysi ma’no turlari o‘rganilishini aniqlang. Ularni o‘rganilishi tartibga munosabatingizni bildiring.
3. Sifatning ma’no turlari buyicha 4-sinf «Ona tili» darsligida berilgan amaliy mashq turlarini o‘rganing va unga munosabat bildiring.
4. Sifatlarning ma’no turlari buyicha lugaviy mashqlar ishlab chiking.
5. “O‘qish kitobi”dagi matnlar asosida xususiyat bildiruvchi sifatlar buyicha tarkatma materiallar tayyorlang.
6. “Matndagi sifatlarga asoslanib rasm chizing” shartiga doir matn tanlang.
7. Uy hayvonlari va yovvoyi xayvonlarning xususiyatini ochib berish buyicha o‘quvchilarga ko‘rsatmalar tayyorlang.
“Sifatning ma’no turlari” mavzusini utish darsini kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmlar.
Darsning yangi mavzu o‘rganiladigan qismi bo‘yicha:
1. Sifatni ma’no turlarini tushuntirishda o‘qituvchining foydalangan o‘quv materiali.
2. Sifatning ma’no turlarini tushuntirishda o‘quv materiali ustida ishlash metodi va usullari.
3.Sifatlarning shaxs va narsalarning qanday belgilarni bildirishi bo‘yicha xulosalarning chiqarilishi.
4. Rang bildiruvchi sifatlar buyicha suhbatda o‘quvchilar faolligini oshirilishi.
5. Xil-xususiyat so‘zi ma’nosini yoritilishi.
6. Sifatlarning ma’no turlarini o‘rgatishda jadvallardan foydalanish.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. O‘zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi Qonuni. Toshkеnt, O‘zbеkiston, 1997 yil.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshеva Sh., Sariyеv Sh., “Ona tili o‘qitish mеtodikasi”, T., 2009.
3.Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 1-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-104 b.
4. Azimova I., Mavlonova K., va boshqalar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” 2-sinf uchun darslik. T.: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling