Dars kuzatish va tahlil qilish Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish Geografiya darsliklari tahlili
Download 27.08 Kb.
|
12.Geografiya darsliklari tahlili
Geografiya darsliklari tahlili Reja: Dars kuzatish va tahlil qilish Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish 3.Geografiya darsliklari tahlili Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan: dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik; interfaol metodlardan samarasiz foydalanish; dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik; o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik; o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik. o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik; o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi; mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik; mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik; sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi; O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar. Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi. Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi. Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi: ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash; o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish; ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish; o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi; o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish; dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish; ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish; darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi. Dars - o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik. 2.Darsning borishini kuzatish. 3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash. 4.Dars tahlili va takliflar berish. Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik: dars kuzatishdan ko’zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish; kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish; dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash; kerakli materiallarni tayyorlash; o’qituvchi bilan suhbatlashish. 2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: o’quv fani va mavzuning o’ziga xos tomonlari, o’quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to’g`ri va asosli qo’yilganligi; o’quvchilarning tayyorgarligi, o’rganilayotgan mavzu bo’yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o’rnini hisobga olgan holda maqsad qo’yilishining to’g`riligi va asoslanganligi; dars asosiy g`oyasining to’g`ri qo’yilishi va o’quvchilarga maqsadning yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi. 3. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda: dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;. darsning turi, strukturasining puxta o’ylanganligi; dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog`liqligi; dars bosqichlari uchun vaqtning to’g`ri taqsimlanganligi; o’qitish shakllarining to’g`ri tanlanganligi; dars rejasining mavjudligi va uning o’qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish; dars jihozlari. O’qituvchi va o’quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish. 4. Dars mazmunini tahlil qilishda. dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi; materiallarning ishonchliligi, to’liqligi, tushunarliligi; bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi; darsning tarbiyaviy yo’nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi; darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish bilan bog`lash; o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; yangi materialning asosiy g`oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko’rsatish. 5. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o’quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi; o’qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi; o’qituvchining yordami. Yangi materialning o’zlashtirilganlik darajasi; yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog`langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi). 6. Dars o’tish metodikasini tahlil qilish O’qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O’qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to’g`ri qo’llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O’qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash. 7. O’quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati. O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari. 8. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati. Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi. 9. O’quvchilar bilimini baholash O’kuvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.Ғoya va materiallarning asosiy tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallaganlik darajasi. Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi. Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri – sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov – Tyanshanskiydir (1827 – 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug`ullangan. U K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor ma`nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma`nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to`liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma`nodagi geografiya tadqiqot predmetining o`zshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi. Tor ma`nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishiniham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor ma`nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi. XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o`simlikni Yer yuzasiga bo`lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo`lgan munosabatda o`rganish lozimligini ta`kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko`ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog`lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o`rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o`ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o`zaro ta`sirda namoyon bo`ladigan turli hodisalarga e`tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Yer yuzasining har qanday qismini geografik jihatdan o`rganishni mukammal tabiiy geografik tasvirlashdan boshlash va shundan so`ng boshqa tabiiy tavsiflar va ularnig o`zaro aloqalarini tadqiq qilish lozim. Fridrih Ratzel (1844 – 1904) sotsial geografiyning tarkib topishiga asos solgan nemis olimi. U o`zining “Antropogeografiya” deb nomlangan asarida tabiiy fenomenlarning inson tarixi yo`nalishiga ta`sirini bayon qilgan. U asosiy e`tiborni tabiiy sharotlarning insonga ta`sirini emas, balki inson faoliyatiga ta`sirini o`rgangan. F. Ratzelning asarlarida “Biosfera” termini (tushunchasi) ilmiy barqarorlikka ega bo`ldi va tan olindi. F. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to`ldirdi, ya`ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o`rganishga ko`chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g`oyaning ham asoschisidir. Pol Vidal de la Blash (1845 – 1918) – geografiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimidir.Uning fikricha geografik tadqiqotlarda asosiy e`tibor uncha katta bo`lmagan bir xil hududlarni bevosita o`rganish yo`li bilan inson va uning bevosita atrof muhiti (milieu) orasidagi mujassam o`zaro aloqalarga qaratilmog`i lozim. Fransiyada bunday hududlarni “peylar (pays)” deb atash qabul qilingan. Vidal geografik tadqiqot metodri to`g`risida bir qator g`oyalarni ishlab chiqqan. U xorologiya (yun. choros joy; logos fan, ta`limot) konsepsiyasini hududning o`zaro ta`sirda bo`lgan Yer yuzasining muayyan joylarini ifodalaydigan birligi orqali bog`langan ob`yektlar va hodisalarni o`rganish metodi sifatida qo`llab – quvvatlagan. Uning fikricha “…geografiya …bilimlarning umumiy xazinasiga o`zining tabiat qo`shgan narsalarni qismlarga bo`laklamaslik, umuman butun Yer yuzasida ham, ularning joylashuvining ayrim rayonlari doirasida ham narsalarning nisbati va aloqasini tushunish qobiliyatini kiritadi” deb yozgan edi (Jeyms, Martin, 1988). Vidal de la Blash asos solgan fransuz geografiya maktabi geografiyaning tabiiy va ijtimoiy komponentlariga baravar e`tibor bergan. Shu maktabning yorqin namoyondalaridan biri E. de Martonne asosan tabiiy geografiya bilan shug`ullangan. U geografiyadagi an`anaviy bilimni geologiya, geofizika va biologik bilimlarning ishonchli asoslari bilan qo`sha bilgan. Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta'limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiyani o'qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o'quv fani yuzasidan asosiy o'quv materiali o'rganiladi, lekin dars o'qitishning boshqa shakllari bo'lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog'liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida olib borilgan o'lchov ma'lumotlari, tayyorlangan ko'rgazmali qurollar, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning geografiya o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo'llashga xizmat qiladi. Demak, geografiyani o'qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg'ulotlar, ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya'ni o'qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim. O'qituvchi ushbu mashg'ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida geografik ta'lim samaradorligiga erishish, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumgeografik va xususiy tushunchalar hamda o'quv-amaliy ko'nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o'rgatishni nazarda tutadi. Geografiyani o'qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quv yili boshida yillik reja tuzishi lozim. Mazkur reja geografiyani o'qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o'quv dasturidan o'rin olgan boblar va mavzular bo'yicha darslar tizimi, o'quv yilidagi choraklar va ta'tillar hisobga olingan holda o'tkazish muddatlari, fanlararo bog'lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi. Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: yillik va dars rejasi, darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog'liq. Mavzuli va dars 195 rejalari qanday mukammal tuzilgan bo'lsa o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarni egallashi shuncha tez va oson bo'ladi. Geografiya o'qituvchi yillik, ya'ni yillik reja tuzishi uchun: O'quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi; Mavzularni o'qitishda yil fasllari, mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o'quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'qitish metodlari, ko'rgazma vositalarini tanlashi. O'quvchilar tomonidan o'tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi; Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; Har bir darsda ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish yo'llarini belgilashi; O'quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlarni tanlashi; Amaliy mashg'ulotlar, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo'ladigan jihoz va asboblarini aniqlashi lozim. Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi yillik rejada o'qitish jarayonining yaxlitligini nazarda tutishi, o'z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o'qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta'minlagan holda ularni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida geografiya bo'yicha o'quvchilar bilan olib boriladigan o'quv ishlarining quyidagi shakllari qabul qilingan: dars va ular bilan bog'liq bo'lgan ekskursiyalar, uy vazifalari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar. Metodik jihatdan to'g'ri tashkil qilingan ta'lim jarayonida shu o'qitishning barcha shakllari - o'qitishning asosiy shakli bo'lgan dars bilan uzviy bog'liqdir, ular geografik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy ko'nikmalarni rivojlantiradi. Yillik rejalashtirishda ma'lum bir geografiya predmeti bo'limlari bo'yicha o'quv yili bo'yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o'qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o'zaro bog'liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo'llarini aniqlash va ularni shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko'zda tutiladi. Mavzuli rejalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: a) ma'lum bir kurs bo'yicha o'quv jarayonlarnini to'la ko'rishga imkon beradi; b) ma'lum bir kurs bo'yicha dars turlarini aniqlashga; v) o'qituvchi va o'quvchilarni hamkorlikda faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo'llashga. Odatda mavzuli rejalar soatlar hajmini o'zgarmagan taqdirda ayrim o'zgarishlar va qo'shimchalar kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo'jallangan bo'ladi. 196 Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu munosabat bilan har bir geografiya darsi ma'lum bir bilim va ko'nikmalarni o'quvchilar tomonidan mustaqil o'zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo'lmog'i lozim. Shuning uchun umuta'lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo'yicha, bo'limlar va mavzular bo'yicha rejasi ma'lum bir - biri bilan bog'langan tizim deb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo'limga bo'lishimiz mumkin: tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini to'ldirishi lozim. Tabiiy geografik tizimning o'zi alohida geografiya predmeti tizimidan, ular esa bo'limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning uchun har bir darsni ma'lum bir yaxlitlikni bir bo'lagi bo'lgan tizim deb qarash mumkin. Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko'zda tutilmog'i lozim. Ular turli xil didaktik maqsadlarga ega bo'lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material o'rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo'lishi mumkin ya'ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o'rganish, olingan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish. Yuqoridagi fikrlar e'tiborga olingan holda geografiyani o'qitishda foydalaniladigan yillik rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda. Boblar va mavzular Soat Sana Sinf Fanlararo bog'lanish Ekskursiya Sinfdan tashqari ishlar O'quv yili uchun tuzilgan yillik reja qat'iy emas, unga yil davomida muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o'zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o'tkazish muddatlari o'zgartirilishi mumkin. Dars rejasi. Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasidagi mavzuga tuziladi. Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo'ladi. Darsning mavzusi: darsning maqsadi; darsning jihozi; darsda qo'llaniladigan o'qitish metodi; dars mavzusining qisqacha tavsifi; dars mavzusida uchraydigan geografik nomlar tizimi; dars mavzusida uchraydigan olimlar; dars mavzusida uchraydigan atamalar; darsni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi; uyga vazifa berish. O'qituvchini darsga tayyorgarligi O'qituvchi har bir darsga chuqur va to'la tayyorlanmog'i lozim. O'qituvchini darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni maqsad va vazifalarini aniqlash; darsning mazmunini aniqlash; o'qitishni metodlarni aniqlash; o'qitish vositalarini tanlash; darsni tarkibiy tuzilishini aniqlash. Darsni maqsadi bu mazkur dars davomida o'quvchilar o'qituvchi raxbarligida o'quv tarbiya va rivojlantirish bo'yicha erishadigan oldindan rejalashtirilgan yakuniy natijadir. Darsning maqsadi mazkur mavzu bo'yicha dasturdagi va darslikdagi materiallar mazmunini ishlab 197 chiqish asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab chiqishga, o'qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Maqsad aniqlangandan so'ng ushbu maqsadga erishish uchun darsning tuzilishi ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob berishi mumkin: - darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo'lmog'i lozim; - darsning maqsadida o'quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, qanday ko'nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo'lmog'i lozim; -darsda qanday bilim va ko'nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni chuqurlashtirish ko'rsatilishi lozim. Darsning mazmunini aniqlash. Darsni mazmunini quyidagi bilim manbalar asosida aniqlash mumkin: - darslik asosida. Darslikda xar bir mavzu uchun aloxida matn ajratilgan bo'ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo'ladi. Matnni oldida o'tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushunishni yengillashtiradigan savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko'nikmalarni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi; - mazkur kur uchun nashr qilingan metodik qo'llanmalarda xar bir mavzu yoki bo'limni o'qitish metodikasi bo'yicha tavsiyalar berilgan. Demak darslik bilan birga metodik qo'llanma xam dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba bo'lishi mumkin; - qo'shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim manba bo'lib xisoblanadi. Masalan, O'zbekiston iqtisodiy rayonlari o'rganayotganda har bir viloyat bo'yicha chiqarilgan kitob va risolalardan foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o'rganayotganda har bir materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag'ishlangan kitoblardan foydalanish mumkin; - kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma'lumotlaridan ham dars mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin; - dars yana qiziqarliroq o'tishini ta'minlash uchun sayyoxlar va olimlarning esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanish ham katta natija beradi. Dastlab darsni ta'limiy va g'oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars nixoyatda murakkablashib, materiallar ko'payib ketmasligi uchun o'quv mavzusi mazmuni ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo'shimcha materiallar ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo'shimcha materiallar darsni asosiy mazmunini oydinlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda ko'zlangan materiallarni o'rganib bo'lmaydi, bunday xollarda qolgan material uyga vazifa sifatida beriladi va uni o'quvchilar mustaqil o'rganishadi. Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so'ng o'qituvchi uni bayon qilish rejasini ishlab chiqadi. O'qitish metodini tanlash. O'qitish metodlarini tanlash darsni maqsadi va o'quv materiallari mazmuniga bog'liq. O'qitish metodini tanlash o'rganiladigan mavzuni mazkur kursda tutgan o'rniga bog'liq. Ma'lum bir kursni o'rgangan sari o'quvchilarni bilimlari ortib boradi, shundan so'ng reproduktiv usulni qo'llash mumkin. Bundan tashqari ijodiy usullarni ham qo'llash mumkin. Masalan, O'zbekiston tabiiy geografiyasini ikkinchi regional qismini o'quvchilar xaritalar yordamida mustaqil o'rganishlari mumkin. Xuddi shunday ishlarni o'quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy geografiyasini aloxida davlatga bag'ishlangan qismini o'rganishda xam amalga oshirishlari mumkin. O'qitish metodlarini tanlashda o'quvchilarni yoshlari ham xisobga olinmog'i lozim. Quyi sinf o'quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita olishmaydi. Tez toliqishadi va zerikishadi. SHuning uchun quyi sinflarda o'qituvchi o'qitish metodlarini tez-tez o'zgartirib turishi zarur. Bunda o'yinlardan foydavlanish katta samara beradi, chunki bunday sharoitda o'quvchilar toliqmaydi va kerakli bilim va ko'nikmalarni tez o'zlashtiradilar. Dars uchun o'quv vositalarini tanlash ham muxim ishlardan xisoblanadi. O'quv vositalarini tanlash o'qituvchi uchun unga murakkab bo'lmagan ish xisoblanadi, chunki dasturda xar bir mavzu bo'yicha zarur bo'lgan o'quv vositalarining turlari berilgan bo'ladi. O'qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi qismida va qanday foydalanishni aniqlash xisoblanadi. O'quv vositalari bo'yicha savollar va topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarini egallashlarini osonlashtiradi. O'quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni xisobga olish zarur: - o'quv vositalari darsni mazmuniga mo bo'lishi lozim; - o'quv vositalari tanlangan o'quv metodi mazmunini to'ldirishi zarur; - o'quv vositalari o'quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi lozim; - o'quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon yaratishi lozim; - o'quv vositalari o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarini egallashlarini osonlashtirishi lozim. O'qitish metodi va vositalari to'ri tanlangan darsning samaradorligi yuqori bo'ladi. Geografiya darsi tahlili va tahlilga qo'yiladigan talablar Dars tahlili o'qituvchilar ortasida o'zaro tajriba almashish, pedagogik mahoratni tahlil qilisg va o'rganish, turli metodlardan dars jarayonida foydalanish yo'llarini o'rganish kabi bir qancha maqsadlarda amalga oshiriladi. Download 27.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling