20-71A-guruh talabasi Tursunaliyeva Muhtaramxonning Genetika va genomika asoslari fanidan
Download 24.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqEukariotlarda translyatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Eukariotlarda translyatsiya " mavzusidagi Mustaqil ishi Tekshirdi: Sheraliyev B. Bajaradi: Tursunaliyeva M. Fargʻona 2023
- Eukariotlarda oqsil biosintezining manbalari
- Eukariotlarda translyatsiya bosqichlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM,FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI Fargʻona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (turlari boʻyicha ) yoʻnalishi 20-71A-guruh talabasi Tursunaliyeva Muhtaramxonning Genetika va genomika asoslari fanidan "Eukariotlarda translyatsiya " mavzusidagi Mustaqil ishi Tekshirdi: Sheraliyev B. Bajaradi: Tursunaliyeva M. Fargʻona 2023 Mavzu: Eukariotlarda translyatsiya Reja: 1. Eukariotlarda oqsil biosintezining manbalari. 2. Eukariotlarda translyatsiya bosqichlari. 3. Prokariot va eukariotlardagi oqsil sintezining umumiyligi va ular o’rtasidagi farqlar. Eukariotlarda oqsil biosintezining manbalari Organizmning tiriklik belgisi muayyan oqsil yoki oqsillar kompleksi orqali namoyon bo’ladi. Jonzotlarning biologik belgilari quyidagi generatsiya asosida amalga oshadi: DNK — RNK — OQSIL — BELGI Hujayrada oqsillarning sintezi xuddi nuklein kislotalardek, matritsa (qolip) asosida amalga oshadi. Mazkur jarayon murakkab va bir necha bosqichlardan iborat. Eukariotlarda oqsil biosintezi oqsil sintezlovchi muayyan tizim bo’lib, uning tarkibiga quyidagi strukturalar kiradi: ribosomalar-nukleoprotein zarralari bo’lib, tarkibida 60% ribosom RNK va 40% oqsil mavjud. Uzunligi 160Å, diametri 250Å, molekulyar massasi 4 mln. Bir qancha ribosomlar to’plami poliribosoma yoki polisomalar deb ataladi; matritsa RNK; transport RNK; oqsil sintezidagi bosqichlar bo’lmish initsiatsiya, elongatsiya, terminatsiya va translyatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi oqsillar va fermentlar; proteinogenli aminokislotalar; aminoatsil-t-RNKlarni hosil qiluvchi aminoatsil-t-RNK-sintetaza fermentlari; makroergli nukleozidtrifosfatlar ATF va GTF; Mg2+, Ca2+, K+, NH4+ ionlari. Oqsil biosintezida 200 dan ortiq makromolekulalar ishtirok etadi. Bular oqsillar va nuklein kislotalari bo’lib, faqat aminokislotalarni faollashtirish va tashilishi uchun 100 ta makromolekulalar zarurligi aniqlangan. Ribosoma 60 xil makromolekuladan tashkil topib, translyatsiyada 10 dan ortiq oqsil turlari ishtirok etadi. 1- rasim. Aminokislotaning oqsil tarkibiga kirguncha bosib oʻtishi. Eukariotlarda translyatsiya bosqichlari Hujayra sitoplazmasida aminokislotalar puli erkin holatda bo’lmay, balki aminoatsil-t-RNK ko’rinishida bo’ladi. Aminokislotalarning bu holati ularni metabolitik jarayonlardan saqlanishini va oqsil sintezini boshlab berishga qaratilgan. Aminokislota-t-RNK kompleksi aminokislotani faollantirishga va uni maxsus t-RNK ni topib, birlashishini (rekognitsiya) ta’minlaydi. Mazkur jarayon aminoatsil-t-RNK-sintetaza (ARS-aza) fermenti ishtirokida sodir bo’ladi. Bu fermentlarda ikkita faol markaz bo’lib, biri maxsus t-RNK uchun bo’lsa, ikkinchisi esa muayyan aminokislotaga mo’ljallangan bo’ladi. Shunday qilib, hujayrada 20 dan kam bo’lmagan ARS-azalar borligi aniqlangan. Aminokislotalar ribosomaga borib, peptidlar hosil qilguncha bir necha bosqichlardan o’tishi zarur: Eukariot hujayralarda initsirlovchi aminokislota metionin bo’lib, u t-RNK bilan bog’langan bo’ladi. Prokariotlarda bunday vazifani formilmetionin bajarib, u fMet-t-RNKfMet kompleks holatida bo’ladi. Shuningdek, i-RNK molekulasida maxsus initsirlovchi kodonlar borligi aniqlangan.Eukariotlardagi oqsillarning translyatsiyasi bakteriyalarnikiga o’xshasa ham, asosiy farq ularning initsiatsiya jarayonida ko’zga tashlanadi. Eukariotlarning informatsiya RNKlari maxsus fermentlar bilan bog’langan kompleks holda ribosomalar bilan birlashadilar. Ayrim i-RNK ribosoma bilan 3'- yoki 5'- oxiridagi tomonlari bilan bog’lanadilar. Download 24.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling