20-bob. Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


-savol. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi Yalpi talabi va Yalpi taklifi nisbati


Download 101.59 Kb.
bet20/22
Sana27.01.2023
Hajmi101.59 Kb.
#1132256
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
iqtisod kursavoyga malumot asosiy.doc

2-savol. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi Yalpi talabi va Yalpi taklifi nisbati
Ishchi kuchi bozori - bu xo’jalik faoliyati arayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste‘molchilari-davlat va tadbirkorlar o’rtaisda mehnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va masuliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiy –iqtisodiy munosabatlarining murakkab tizimi. Ishchi qiymati va iste‘mol qiymati (nafligi) bor.
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarni yetarli darajada ta‘minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy ne‘matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchi qiymati o’zgaruvchan ko’rsatigich bo’lib, u turli omillar ta‘sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruchi omillar qatoriga quyidagilarni keritish mumkin:
ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlarning ob‘ektiv ravishda o’sishi;
mehnat intensivligining oshishi;
o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko’payishi va h.k.
Ishchi kuchini qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo’lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorliginig o’sishi hisoblanadi. Bu esa ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi. Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo’jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga egadir.
Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub‘ekt-kapital egasi va ishchi kuchi egasi magfaatlarinng o’zaro to’qnashish munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o’zaro qarama – qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi.
Ikkinchidan, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o’rtasida bo’sh ishchi o’rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifning unga bo’lgan yalpi talabdan doimiy ravishda to’proq bo’lishi tendentsiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo’lmagan qismi (ishsizlar) ning paydo bo’lishiga olib keladi.
To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotining tsiklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Ya‘ni ishchilar hayot darajasining pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to’lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo’ladi.
Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo’lsa narxlarning inflyatsiya ta‘siri ostida o’sish sur‘atlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Ingliz iqtisodchisi A. Fillij ishsizlik va inflyatsiyaning o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib berib, bu bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig’i deb nom oli. Unga ko’ra, inflyatsiya darajasini 1% ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2% ga o’stirish lozim bo’ladi.


Download 101.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling