20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi


Download 31.82 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1475290
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-sinf. 20-dars. Kengaytirilgan bayonnoma


20-dars. 10-sinf.


6-bo`lim. FUQARO MUXOFAZASI.
1-mavzu. Favqulodda vaziyatlar tushunchasi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar.
1-mashgʻulot. Nazariy. Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga. Zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar. Yaqinlashib kelayotgan xavf belgilari.
Maqsadi.O`quvchilarga FVlar tushunchasini berish, ularni FM tadbirlarining samarasiga ishonch ruhida tarbiyalash.
Uslubi. Og`zaki bayon.
O`quv savollari. 1.Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga. 2.Zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar. 3.Yaqinlashib kelayotgan xavf belgilari.
Vaqti. 45 daqiqa.
Joyi. FM xonasi.
O`MT. CHQBT fani darsligi, O`zR VMning 455-qarori, mavzuga oid plakatlar.


Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi


Asosiy qism.


1-o`quv savoli.Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga.
Favqulodda vaziyatlar - bu aniq bir hududda falokat, halokat, tabiiy yoki ekologik ofatlar, shuningdek ommaviy yuqumli kasalliklar tufayli odamlarning normal hayot faoliyatining buzilishidir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g`risida”gi № 455-sonli qarori 1998 yil 27-oktyabrda qabul qilingan. Ushbu qarorga ko`ra favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko`ra texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga tasniflanadi. Ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko`lamiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo`linadi.
Tabiiy ofat deganda qo`qqisdan ro`y beradigan, halokatli oqibatlarga, ya`ni odamlarni, qishloq xo`jaligi hayvonlarini va o`simliklarini nobud bo`lishiga, bino va inshootlarning vayron bo`lishiga, moddiy boyliklarning nobud bo`lishiga olib keluvchi turli ko`rinishlarda tabiiy kuchlarning namoyon bo`lishi tushuniladi.

Download 31.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling