4. Eruvchan anodlar ishtirokida suvli eritmalarning elektrolizi
Ishning bajarilishi: Elektrolizyorga 0,5n mis sulfat eritmasidan soling, grafit elektrodlarini tushirib. elektr toki o‘tkazing. Bir necha daqiqadan so‘ng elektrolizni to‘xtating va katodda qizil mis qatlamini kuzating. Katod va anod jarayonlari tenglamasini yozing. Anodda kam miqdorda qanday gaz ajralib chiqadi?
Elektrolizyorni tok manbaidan uzmasdan turib, katod va anodlarning o‘rnini almashtiring, natijada mis bilan qoplangan elektrod anod vazifasini bajaradi. Yana elektr tokini o‘tkazing. Anoddagi misga nima bo‘ldi? Katodda qanday modda ajraladi? Misli anod ishtirokidagi mis sulfat elektrolizidagi katod va anod jarayonlari tenglamalarini yozing.
Yuqoridagi tajribani 0,5n nikel (II) sulfat eritmasi bilan qaytaring. Katodda nima ajraladi? Nikelni katodda qaytarilish tenglamasini yozing. Ko‘mir anodli nikel sulfat elektrolizida anodda qanday modda oksidlanadi? Nikelli anodda-chi? Mos holdagi anod jarayonlari tenglamalarini yozing.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. SnCl2 eritmasidan 2,5 A tok 30 min davomida o`tkazilganda 2,77 g qalay ajralgan. Qalayning ekvivalentini molyar massasini toping. J: 59,4
2. Xrom (III) nitrat Cr(NO3)3 eritmasi elektroliz qilinganda 10 min. katodda 0,25 gr xrom ajralgan. Tok kuchini toping.
3. Agar anod kumush bo‘lsa AgNO3 eritmasi elektroliz qilinganda qanday jarayon sodir bo‘ladi? Agar anod grafitli bo‘lsa-chi? Bularning elektron tenglamalarini yozing.
4. AgNO3 eritmasidan 6 A tok 30 minut davomida o‘tkazilgan. Bunda qancha kumush ajralib chiqadi. J: 12 g.
5. NaOH, NaCl suyuqlamalarining erimaydigan anodda elektroliz sxemalarini yozing.
6. 20 g mis oksidini qaytarish uchun kerakli vodorodni qancha suvni elektroliz qilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |