20-ma`ruza: mavzu: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi, baqachanoqning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati. Ovlanadigan ikki pallalilar. Reja


Download 16.98 Kb.
bet3/6
Sana16.11.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1781035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematik-fayllar.org

Ajratish organlari ikkita yirik bo’yraklardan iborat bo’lib, ta-naning ikki yonida joylashgan. Buyraklar keng naysimon xaltachalardan iborat bo’lib, bir uchi perikardial bo’shliqning oldingi qismida voronka bo’lib boshlanadi. Buyrakning chiqarish teshigi mantiya bo’shlig’iga ochiladi. Ajratish jarayonida buyraklardan tashqari, maxsus perikardial bezlar yoki keberov organlari deb ataluvchi bezlar ham ishtirok etadi. Bezlar ishlab chiqargan moddalar dastlab perikardiyga, undan buyrak orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Nerv sistemasi. Plastinkajabralilarning nerv sistemasi qorin-oyoqlilarning nerv sistemasiga qaraganda ancha sodda tuzilgan. Buning sababi, ushbu mollyuskalarning passiv usulda ovqatlanishi va kam harakat qilishidir. Ko’p hollarda gangliyalarning bir qismi qo’shilib ketgan bo’ladi. Plastinkajabralilarda hammasi bo’lib uch juft nerv gangliyasi qolgan. Serebral va plevral gangliyalar qo’shilib, serebroplevral gangliyalarni hosil qiladi. Bu ganliyalar qizilo’ngach bilan chig’anoqning oldingi tutashtiruvchi muskuli orasida yotadi. Oyoqda bir-biriga yaqin turgan bir juft pedal gangliya bo’ladi. Ular komissuralar orqali serebroplevral gangliyalarga qo’shiladi. Pariyetal va visseral gangliyalar ham qo’shilib, visseropariyetal gangliyalarni hosil qilgan. Bu gangliyalar tananing (chig’anoqlarning) keyingi tomonidagi tutashtiruvchi muskul ostida yotadi va uzun konnektivalar yordamida serebroplevral gangliyalar bilan birlashadi.

Sezuv organlari passiv hayot kechirishga moslashganligi tufayli yaxshi rivojlanmagan. Sezuv organlari eng avvalo tuyg’u organlaridan iborat. Ular mantiyaning cheti bilan og’iz kurakchalarida tuyg’u hujayralari shaklida bo’ladi. Jabralar asosida kimyoviy sezish organi osfradiylar bo’ladi. Oyoqning yon tomonlarida, pedal gangliyalar yonida joylashgan statosistlar bo’ladi. Plastinkajabralilarda ko’zlar va paypaslagichlar rivojlanmagan. Lekin ba’zi turlarida, masalan dengiz taroqchalarida mantiyaning chetida ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan ko’zlar bo’ladi. Bunday ko’zlar ba’zi turlarida ancha (yuz va undan ortiq) ko’p bo’lishi mumkin.


Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling