20-ma`ruza: mavzu: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi, baqachanoqning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati. Ovlanadigan ikki pallalilar. Reja


Download 16.98 Kb.
bet1/6
Sana16.11.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1781035
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematik-fayllar.org


Reja: Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematikasi 2

20-MA`RUZA:

MAVZU: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi, baqachanoqning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati. Ovlanadigan ikki pallalilar.

REJA:

1. Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematikasi

2. Ikki pallali molyuskalar sinfining nerv sistemasi.
3.Ikki pallali molyuskalar sinfining tarqalishi va ahamiyati


Tayanch iboralar:Mantiya, chig’anoq, mantiya bo’shlig’i, baqachanoq, hazm qilish, qon aylanish, jabralar, nerv, ko’payish, dеngiz ikki pallalilari.
Plastinkajabralilar yumshoqtanli-larning 20000 ga yaqin turini o’z ichiga oladi. Ularning aksariyat turlari dengizlarda, ayrimlari chuchuk suvda hayot kechiradi. Plastinkajabralilarning chig’anog’i ikkita tavaqdan (palladan) iborat bo’lib, tanasini ikki yon tomondan qoplab turadi.
Plastinkajabralilarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, boshning reduksiyalanishidir. Shuningdek aksariyat turlarida bir juft ktenidiylar bo’lib, ular yirik plastinkasimon jabralarga aylangan.
Plastinkajabralilarning tanasi ko’pincha cho’ziq, ikki yon tomonlardan biroz siqilgan va bilateral simmetriyali tuzilishda. Boshi reduksiyalangan va shunga binoan tana ikki qismdan, ya’ni gavda va oyoqdan iborat. Gavdaning oldingi tomonida og’iz, keyingi tomonida esa chiqarish teshigi joylashgan. Gavdaning deyarli o’rta qismida qorin tomonda pona shaklidagi oyoq bo’rtib chiqib turadi. Ko’pgina plastinkajabralilarning oyog’ini ostki yuzasiga bissus bezlarining yo’li ochiladi. Bezlar suyuqligi suvga chiqishi bilanoq qotib, ipak tolasiga o’xshash ipcha hosil qiladi. Bu ipchalar yordamida kam harakat mollyuskalar suv ostidagi narsalarga mahkam yopishib oladi. Ayrim plastinka- jabralilarning oyog’i yassi bo’lib, sirpanib harakat qiladi.
Plastinkajabralilarning tanasi mantiya bilan qoplangan. U tananing ikki yon tomonida ikki burma shaklida osilib turadi. Mantiya bilan tana orasidagi mantiya bo’shlig’ida oyoq va jabralar joylashgan. Mantiya burma-lari ust (orqa) tomondan bir-biri bilan qo’shilib ketgan, oldingi va keyingi tomonlarining uchlari erkin bo’ladi. Lekin ko’p hollarda mantiya burmalarining chetlari birnecha joyidan tutashishi tufayli mantiya bo’shlig’i teshiklari hosil bo’ladi. Aksariyat hollarda mantiya burmalari-ning ikki joyidan tutashishi natijasida uchta mantiya teshigi, ba’zan 2 yoki 4 ta hosil bo’ladi. Bu teshiklarning ikkitasi tor va uchinchisi qorin to-monda ancha keng bo’ladi. Tor teshiklarning ostkisi kirish sifoni bo’lib, u orqali mantiya bo’shlig’iga suv bilan birga oziqa va havo kiradi. Ustki tor teshik esa chiqarish sifoni bo’lib undan suv va qoldiq oziqlar chiqib ketadi. Qorin tomondagi keng teshikdan oyog’i chiqib turadi.
Mantiya burmalari sirtidagi epiteliy hujayralari chig’anoq hosil qiladi. Ko’pgina guruhlarida chig’anoqning ikkala pallasi birxil kattalikda bo’ladi. Suv tubida yopishib harakatsiz hayot kechiruvchi guruhlarida esa ikkala palla katta-kichikliligi va shakli bilan farq qiladi. Ayrim turlarida, masalan “kema qurti” deb ataluvchi turida esa chig’anoq reduksiyalangan va u tananing faqat kichik bir qismini yopib turadi. Chig’anoqdagi halqalar uni yoshini bildiradi.
Plastinkajabralilarning chig’anog’i uch qavatdan iborat bo’ladi, ya’ni eng ustki qavat-organik modda konxiolindan, oraliq (2-nchi) qavat ohak moddadan va ichki qavat sadafdan iborat. Sadafni, chig’anoqni, shuningdek marvaridni mantiya epiteliysi ishlab chiqaradi. Agarda chig’anoq bilan mantiya epiteliysi oralig’iga biror qattiq yot narsa (qum zarrasi) tushsa, mantiya sadaf hosil qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradi va yot narsa atrofini o’rab qotadi. Sadaf ishlab chiqarish jarayoni davom etib, marvarid donasi tobora kattalashaboradi.

Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling