20 ma’ruza Mavzu: Kriptografik algoritmlarni ishlab chiqish. Kriptotahlil. Reja
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
DESning chiziqli kriptotahlili.Chiziqli kriptotahlil usullari differensiyal
kriptotahlil usullariga o‘xshash blokli shifrlarning chiziqsiz bo‘lmagan qismini tahlil etishga qaratilgan. Chiziqli kriptotahlil usuli differensiyal kriptotahlil usuliga qaraganda keyinroq yaratilgan bo‘lsada, u tushunarli, DES uchun samarali va u faqat ma’lum ochiq matnni talab etadi. Differential kriptotahlil usulida, biz kirishning va chiqishning farqlarini olgandik. Chiziqli kriptotahlilda esa, maqsad chiziqli tenglik bilan shifrning chiziqsiz qismini taxminiy ifodalash. Matematiklar chiziqli tenglikni yecha olishlari tufayli, agar biz bu taxminni topsak, u holda biz bu tahdidni shifrlar uchun foydalanishimiz mumkin. DES ning chiziqsiz qismi S jadval bo‘lganligi tufayli, chiziqli kriptotahlilni S jadval uchun qo‘llaymiz. (12.1) tenglikdagi sodda S jadvalni qayta ko‘rib chiqamiz. Biz uch bit kirishni x 0 x 1 x 2 orqali ikki bit chiqishni esa y 0 y 1 orqali belgilagandik. U holda x 0 qatorni va x 1 x 2 ustunni bildiradi. 12.2 – jadvalda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir yaqinlik uchun qiymatlar berilgan. Bu jadvaldagi 4 ga teng bo‘lmagan qiymatlar tasodifiy bo‘lmagan chiqishni bildiradi. 12.2 – jadval S - jadvalni chiziqli tahlili 12.2 – jadvalda natijadan ko‘rinadiki, masalan, 1 kutilma bilan 𝑦 0 = 𝑥 0 ⨁𝑥 2 ⨁1va ¾ kutilma bilan 𝑦 0 ⨁𝑦 1 = 𝑥 1 ⨁𝑥 2 ga teng. Bu ma’lumotdan foydalanib, biz Sjadvalimizni chiziqli funksiya bilan almashtirishimiz mumkin. Buning bilan biz chiziqchiz qismni chiziqli tenglik bilan almashtirishni amalga oshiramiz. Bu chiziqli tengliklar blokli shifrlarni tahlil qilishda foyda keltirishi mumkin, masalan, DES, biz bu usulni kalit uchun chiziqli tenglikni aniqlash uchun harakat qilamiz. Differensial kriptotahlil kabi, biz bu natijalarni raundlar uzra bog‘lashimish kerak. Qanday qilib biz DES dagi S jadvalni chiziqli tenglik kabi ifodalashimiz kerak. DES ning har bir S jadvali kirishning chiziqsiz kombinatsiyasi yagona chiquvchi bit uchun yaxshi yaqinlashish. Biroq, bu yerda kirish bitining chiziqli kombinatsiyasi tomonidan chiqish bitining chiziqli yaqinlashishi bo‘ladi. Natijada, DES ning chiziqli tahlilida yaxshi natija bo‘ladi. Nazorat savollari 1. Kriptografik algoritmlarni tahlillash usullari. 2. Kalitlarni to‘liq tanlash usuli. 3. Differensial tahdid usuli. 4. Chiziqli kriptotahlil. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling