Sizga qaysi kasb to’g’ri keladi?
Download 67 Kb.
|
Sizga qaysi kasb to’g’ri keladi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar Ha Yo’q 1
- Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin
- Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin
Sizga qaysi kasb to’g’ri keladi? Sinf:________________O’quvchi:________________________________________ II-variant Qanday mashg’ulot sizni ko’proq qiziqtiradi? Arzimas ko’ringan kichik “hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg’ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug’ullanib o’tishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan o’qing. Ma’qul kelganini “+” bilan belgilang.
Sizga manzur bo’lgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. So’ng qaysi ustundagi sonlar ko’proq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shug’ullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin. H – didingiz nozikligi hammaga ma’lum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli ko’rilmagan g’oyalar g’ij-g’ij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib o’tirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz. Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, san’atkor, vizajist L – siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda bo’lishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb ta’rif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. O’shandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim o’rin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun. Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, o’qituvchi, jurnalist. P – biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida o’lchab ko’rmaguncha ko’nglingiz joyiga tushmaydi. Yo’lingizda nimaiki uchrasa, uni san’at asariga aylantirishga intilasiz. Qo’lingizga tushgan har qanday narsa g’aroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qo’ynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan soha – toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qo’llaringizni istagancha ishga soling. Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, inter’er bo’yicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener. A - har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. To’g’ri-da, necha marta qo’lingizga tushgan buyumlarni ochib ko’rib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech hijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va noma’lum narsalar o’ziga ohanraboday tortadi. Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi. K - sizda yetakchi bo’lishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki o’quv komitetining raisi bo’lgandirsiz. Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli ko’rilmagan cho’qqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yo’l – rahbarlik. Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling