20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi


Download 126.79 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi126.79 Kb.
#1275209
  1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu amaliy

20-Mavzu AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI


Uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy Masalalar yechish
Aholi turmush darajasi mavzusini chuqur o’rganish uchun talaba quyidagi bilim va ko’nikmalarni bilishi hamda tahlil qila olishi kerak:
1. Aholi daromadlari va xarajatlari, ularning tarkibi;
2. Real daromad dinamikasi;
3. Tovar va xizmatlarning iste’mol darajasi;
4. Daromadlar differentsiyalashuvi ko’rsatkichlari;
5. Qashshoqlik darajasi.
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik daromad quyi-dagicha aniqlanadi:

bu yerda, – jami daromad, so’m;
– aholining o’rtacha yillik soni, kishi.
Aholi daromadi yalpi va ixtiyordagi daromadlarga bo’linadi. Ixtiyor-dagi daromad – majburiy to’lovlar va badallar to’langandan keyin qol-gan daromaddan iborat, ya’ni:
ID=YAD – (MT+B);
bu yerda,MT – majburiy to’lovlar;
B – badallar.
Aholining real daromadlari dinamikasi nominal daromadlar indek-sini baho indeksiga nisbati orqali aniqlanadi:
yoki
bu yerda: – real daromad indeksi;
– joriy yildagi nominal daromad;
– o’tgan yildagi nominal daromad;
– yillik iste’mol bahosi indeksi;
– joriy yildagi real daromad.
Tovar va xizmatlar iste’moli dinamikasi ham baho indeksini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi:
yoki
bu yerda, Iq, Iqp va Ip – mos ravishda mahsulotlarning fizik hajmi, umumiy hajmi va baho indekslari;
– joriy davrda iste’mol qilingan tovar va xizmatlarning bazis davr bahosidagi qiymati;
– bazis davrda iste’mol qilingan tovar va xizmatlarning shu davr bahosidagi qiymati.
Daromadlar o’zgarishining iste’mol hajmiga ta’sirini o’rganishda quyidagi elastiklik koeffitsiEntidan foydalaniladi:

bu yerda: – bazis davrda o’rtacha jon boshiga daromad hajmi;
– bazis davridagi iste’mol darajasi;
– daromadning o’zgarishi;
– iste’molning o’zgarishi.
Bu ko’rsatkichlar daromadning o’rtacha jon boshiga 1% o’zgar-ganida iste’mol darajasi qanchaga o’zgarganligini baholaydi.
Daromadlarning tabaqalanishi quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsif-lanadi:

  1. Modal va medinal daromad;

  2. Fond koeffitsiEnti va tabaqalanishning detsili koeffitsiEnti;

  3. Jini koeffitsinti va Lorenz egri chizig’i;

  4. Qashshoqlik ko’rsatkichlari fond koeffitsiEnti (KD) quyidagicha aniqlanadi:

yoki
Bu yerda: – past daromadli 10% aholining o’rtacha jon boshiga daromadi;
– yuqori daromadli 10% aholining o’rtacha jon boshiga daromadi;
– past va yuqori daromadli 10% aholining jami daromadi.
Detsili koeffitsiEnti: ;
bu yerda, – yuqori daromadli 10% aholining eng kichik daromadi (quyi chegarasi)
– past daromadli 10% aholining eng katta daromadi (yuqori che-garasi)
Jini koeffitsiEnti:
bu yerda: – i guruhdagi aholi salmog’i;
– i guruhdagi aholi daromadining jami daromaddagi salmog’i;
n – tabaqalanishi bo’yicha aholi guruhlarining soni.

Daromad teng taqsimlanganda bu ko’rsatkich 0 ga intiladi. Daromadlar taqsimlanishi turlicha bo’lsa, bu ko’rsatkich 1ga yaqinlashadi.
Daromadlar tabaqalanishi tengsizligini grafikda tasvirlash Lorents egri chizig’i yordamida amalga oshiriladi. Lorents egri chizig’i kvadrat dioganaliga suyangan yoydan iborat bo’ladi. YA’ni quyidagicha:


Daromad
10

Lorents egri chizig’i


Sa

Sv


10 Aholi salmog’i
Bu chiziq yordamida kvadratning pastki burchagida hosil bo’lgan yuzalar qiymati bo’yicha ham Jini koeffitsiEntini hisoblash mumkin.


Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling