20-Mavzu: Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Download 0.79 Mb.
bet5/5
Sana22.10.2020
Hajmi0.79 Mb.
#135843
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-mavzudan boshlab


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

  1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalgaoshiriladi?

  2. Image obyekti obyektlar panelining qayeridajoylashgan?

  3. RGB funksiyasi qanday vazifabajaradi?

  4. Ekranga qizil yashil va qora rangli uchta to‘g‘ri to‘rtburchak chizadigan ilovayarating.

  5. Ekranda ko‘k, kumushrang va sariq rangli uchta ellips chizadigan ilovayarating.

23-Mavzu: Chiziqli jadval elementlari yig‘indisini hisoblash loyixasi: StringGrid komponenti.

O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

O’quv mashg’uloti shakli va turi

Amaliy

O’quv mashg’uloti rejasi

1. StringGrid komponentini qo’shish.

2. StringGrid komponentining xususiyatlari .

3. TringGrid komponentini qo’llash.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Delphi dasturlash tilida amal bajarishda timer obyektining xossalari to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish
natijasida o‘quvchida shakllanadigan
asosiy bilim, ko‘nikma yoki
kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar:

1. Delphining grafik imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi.

2. Image va Shape obyektlari va ularning xossalari haqida ma’lumot beradi.

3. Pixels xossasini vazifasi haqida tushuncha beradi.

4. Mavzuni amaliy tarzda misollar orqali ochib berish.

O’quv faoliyat natijalari:

1. Delphining grafik obyektlarini aytib beradilar.

2. Image va Shape obyektlarining vazifasini amaliy ko’rsatadilar.

3. Pixels xossasini vazifasini amaliy ko’rsatib beradilar.

4. O’quvchilar mavzuni amaliy tartibda izohlab beradilar.

O’qitish metodlari

Ko’rsatish, tushuntirish, blits-so’rov

O’qitish vositalari

Kompyuter, slaydlar, namunalar

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Guruhli

O’qitish sharoiti

Kompyuter bilan jihozlangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor – so’rov, mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq)



Tashkiliy qism:

1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorligini va davomatini tekshiradi.



Mashg’ulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy qism

(65 daq.)


Tayanch bilimlarni faollashtirish:

2. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tlgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.



Maqsad va vazifalarni belgilanishi:

3. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi.

4. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtirish.

5. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova).



Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

6. O’quvchilarni jonlantirish maqsadida “Blis-so’rov” texnikasidan foydalanilgan holda: savollar bilan murojaat qiladi. Fikrlarni umumlashtirib, amaliy mashg’ulotni boshlaydi. (2-ilova)



Yangi o’quv material bayoni:

7. Amaliy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.



Yangi materialini mustahkamlash:

8. Mustahkamlash uchun savollar beradi (3-ilova). Jarayon amaliy topshiriqlar berish orqali davom etishini ma’lum qiladi.


Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Savollarga javob beradilar.

Berilgan mashqlarni amaliy bajaradilar.


3-bosqich

Yakuniy qism

(10 daqiqa)


Mashg’ulot yakuni:

9. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.



Uyga vazifani berilishi:

10. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).



Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.




1-ilova

O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Guruh

Baho

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

O’tilgan mavzuni to’liq biladi

Faollik

Misollar keltira oldi

Jami




Ball

3

1

1

5

1
















2
















3

















Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

Guruh

1

2

3

Umumiy ball

Baho

1
















2
















3
















5 ball – a’lo 4 ball – yaxshi 3 ball – qoniqarli
2-ilova

«Blits-so’rov» organayzeri



Savollar

Javoblar

1.

Delphining grafik imkoniyatlari.




2.

Image obyektining xossasi.




3.

Shape obyektining xossasi.




4.

MveTo va LineTo usullarini yatib bering.




5.

Style xossasini dasturdagi vazifasini aytib bering.




6.

Canvasning Pixels xossasi yordamida qanday amal bajariladi?




3-ilova

Mustahkamlash uchun savollar.

1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalga oshiriladi?

2. Image obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?


  1. RGB funksiyasi qanday vazifa bajaradi?

  2. Ekranga qizil yashil va qora rangli uchta to‘g‘ri to‘rtburchak chizadigan ilova yarating.

  3. Ekranda ko‘k, kumushrang va sariq rangli uchta ellips chizadigan ilova yarating.


4-ilova

Uyga vazifa.

  1. Qalam obyektining asosiy xossalarini aytibbering.

  2. Cho‘tka obyektining qanday xossalaribor?

23-Mavzu: Chiziqli jadval elementlari yig‘indisini hisoblash loyixasi: StringGrid komponenti.

StringGrid jadval komponentasi ikki o‘lchovli ma’lumotlarni, masalan matritsa elementlari qiymatini ekranda jadval ko‘rinishda tasvirlash, ular qiymatini kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladi. Jadval qator va ustun numerlari nuldan boshlanadi. Jadval ustun va qatorlar sonini keraklicha o‘zgartirish mumkin. Bu uning xossasi yordamida aniqlanadi. Jadvalning har bir kesishgan ustun va satri yacheyka deyilib, unga kiritilgan ma’lumot simvol qatori bo‘lib aniqlanadi. Masalan, (3,5) yacheyka to‘rtinchi ustun va oltinchi qatorda joylashgan.

StringGrid jadval komponentasining asosiy xossalari:

ColCount -jadvaldagi ustunlar sonini aniqlaydi;

RowCount -jadvaldagi satrlar sonini aniqlaydi;

FixedCols -fiksirlangan ustunlar sonini aniqlaydi;

FixedRows -fiksirlangan satrlar sonini aniqlaydi;

Options –jadvad holatini aniqlaydi (aniqlash uning pamametrlariga asosan bajariladi, masalan GoEditing parametr true qiymatga ega bo‘lsa yacheykani tahrirlash mumkin, aks holda mumkin emas. Bu parametrlarni aniqlash uchun Options xossasiga o‘tib u ikki marta tez-tez bosiladi);

ColWidths -jadvaldagi har bir ustun kengligini aniqlaydi;

DefaultColWidth -jadvalning boshlang‘ich ustunlar kengligini aniqlaydi;

DefaultRowHeight -jadval satrining boshlang‘ich balandligini aniqlaydi.

FixedColor -fiksirlangan yacheyka rangini aniqlaydi;

RowHeights -jadval satri balandligini aniqlaydi;

Cells -simvol qatorli ikki o‘lchamli massivni aniqlaydi.

Misol. Butun qiymatli A(4,4) massiv elementlari yig‘indisi va o‘rta armfmetik qiymati topilsin.

Yechish.

YAngi ilova yaratamiz.

2.Formaga Additional komponentalar palitrasidan StrinGrid komponentasini StrinGrid1 nom bilan, Standart komponentalar palitrasidan Memo komponentasini Memo1 nom bilan va Botton1 tugmalarini o‘rnatamiz.

3.StrinGrid komponentasining xossalarini o‘rnatamiz.

FixedCols -0,

FixedRows -0,

ColCount -4,

RowCount -4.

Demak, hosil qilinadigan jadval 4 ta ustun va 4 ta satrga ega.

Option xossasiga kiramiz va uni ikki marta tez-tez chiqillatamiz. U erdan GoEditing parametrini True qiymatga tenglashtiramiz.

4.Botton1 tugmasining Coption xossasiga kirib uning nomini “Echish” nomiga o‘zgartiramiz.

5.”Echish” tugmasini aktivlashtiramiz, ya’ni uni ikki marta tez-tez bosib dastur kodlarini yozish oynasiga o‘tamiz va quyidagi kodlarni kiritamiz.



Var i,j,cod:integer;

A:array[1..4,1..4] of Real;

S:real; s1:String;

begin

For i:=1 to 4 do

For j:=1 to 4 do

Val(StringGrid1.cells[i-1,j-1],a[i,j],cod);

S:=0;

For i:=1 to 4 do

For j:=1 to 4 do

s:=s+a[i,j];

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Clear;

Memo1.Lines.add('Summa ='+s1);

s:=s/4/4;

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Lines.add('Ortacha='+s1);

end;


4.Tuzilgan loyiha (proekt) ya’ni Project1 va Unit1 standart modul nomlarini mos nomlar bilan almashtirib saqlaymiz.

5.YAngi nom bilan saqlangan proekt, ya’ni ilova F9 tugmachasini bosish bilan ishga tushuriladi.



Ilova ishga tushirilganda uning quyidagi ko‘rinishi ekranda namayon bo‘ladi.

Tashkil qilingan modulning to‘liq ko‘rinishini keltiramiz.



unit j1;

interface

uses

Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,

Dialogs, Grids, StdCtrls;

type

TForm1 = class(TForm)

StringGrid1: TStringGrid;

Button1: TButton;

Label1: TLabel;

Memo1: TMemo;

procedure Button1Click(Sender: TObject);

private

{ Private declarations }

public

{ Public declarations }

end;

var

Form1: TForm1;

implementation

{$R *.dfm}

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

Var i,j,cod:integer;

A:array[1..4,1..4] of Real;

S:real; s1:String;

begin

For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do

Val(StringGrid1.cells[i-1,j-1],a[i,j],cod);

S:=0;

For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do s:=s+a[i,j];

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Clear;

Memo1.Lines.add('Summa ='+s1);

s:=s/4/4; Str(s:7:2,s1);

Memo1.Lines.add('Ortacha='+s1);

end;

end.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling