20-Mavzu: Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Download 0.79 Mb.
bet2/5
Sana22.10.2020
Hajmi0.79 Mb.
#135843
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-mavzudan boshlab


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

  1. Edit boshqarish obyekti qanday vazifabajaradi?

  2. Edit obyektining Text xossasida nimasaqlanadi?

  3. Edit obyektining ReadOnly xossasi qanday vazifabajaradi?

  4. Oltinchi ilovada parolni a) “I7:7200U”; b) “123-12-20” ga almashtiring.

  5. Oltinchi ilovada Edit3 o‘rniga ShowMessage buyrug‘idan foydalaning.


21-Mavzu: Timer komponenti. "Raqamli soat hosil qilish” loyixasi.

O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

O’quv mashg’uloti shakli va turi

Amaliy

O’quv mashg’uloti rejasi

1. Timer obyektining xossalari.

2. Timer ilovasi .

3. “Raqamli soat hosil qilish” loyihasi.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Delphi dasturlash tilida amal bajarishda timer obyektining xossalari to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish
natijasida o‘quvchida shakllanadigan
asosiy bilim, ko‘nikma yoki
kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar:

1. Timer obyektining xossalari haqida ma’lumot beradi.

2. Timer ilovasini yaratishni ko’rsatadi.

3. Raqamli soat hosil qilish loyihasi haqida ma’lumot beradi.

4. Mavzuni amaliy tarzda misollar orqali ochib berish.

O’quv faoliyat natijalari:

1. Timer obyektining xossalarini aytib beradilar.

2. Timer ilovasini yaratishni amaliy ko’rsatadilar.

3. Raqamli soat hosil qilish loyihasini amaliy ko’rsatib beradilar.

4. O’quvchilar mavzuni amaliy tartibda izohlab beradilar.

O’qitish metodlari

Ko’rsatish, tushuntirish, blits-so’rov

O’qitish vositalari

Kompyuter, slaydlar, namunalar

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Guruhli

O’qitish sharoiti

Kompyuter bilan jihozlangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor – so’rov, mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq)



Tashkiliy qism:

1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorligini va davomatini tekshiradi.



Mashg’ulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy qism

(65 daq.)


Tayanch bilimlarni faollashtirish:

2. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tlgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.



Maqsad va vazifalarni belgilanishi:

3. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi.

4. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtirish.

5. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova).



Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

6. O’quvchilarni jonlantirish maqsadida “Blis-so’rov” texnikasidan foydalanilgan holda: savollar bilan murojaat qiladi. Fikrlarni umumlashtirib, amaliy mashg’ulotni boshlaydi. (2-ilova)



Yangi o’quv material bayoni:

  1. Amaliy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.

Yangi materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi (3-ilova). Jarayon amaliy topshiriqlar berish orqali davom etishini ma’lum qiladi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Savollarga javob beradilar.

Berilgan mashqlarni amaliy bajaradilar.


3-bosqich

Yakuniy qism

(10 daqiqa)


Mashg’ulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.




1-ilova

O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Guruh

Baho

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

O’tilgan mavzuni to’liq biladi

Faollik

Misollar keltira oldi

Jami




Ball

3

1

1

5

1
















2
















3

















Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

Guruh

1

2

3

Umumiy ball

Baho

1
















2
















3
















5 ball – a’lo 4 ball – yaxshi 3 ball – qoniqarli
2-ilova

«Blits-so’rov» organayzeri



Savollar

Javoblar

1.

Timer obyekti xossalarini aytib bering.




2.

Labelning font xossasi qanday vazifani bajaradi?




3.

Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan.




4.

Timerning interval xossasi qanday vazifani bajaradi?




5.

Timer obyektining Enabled (faol) xossasi haqida gapirib bering.




6.

Label1.Caption:=TimeToStr(Now) operatorini kiritganimizda funksiya ishga tushganda qanday natijaga ega bo’lamiz.




3-ilova

Mustahkamlash uchun savollar.

    1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollarkeltiring.

    2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildidajoylashgan?

    3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifanibajaradi?

    4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘yberadi?

    5. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label obyektidan foydalanib, qayta yarating.

    6. Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali beradigan qilib o‘zgartiring.


4-ilova

Uyga vazifa.

  1. Timer obyektining nechta xossasi bor?

21-Mavzu: Timer komponenti. "Raqamli soat hosil qilish” loyixasi.

Ba’zan ilovada vaqtgabog‘liq amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi.Test dasturida topshiriqni bajarish uchun ma’lum vaqt ajratiladi. Bu vaqt tugagach, test topshirish ham tugaydi. Taqdimotda har o‘n (yoki yigirma) sekunddan keyin yangi varaq ekranga chiqariladi. Animatsion ilovalarda harakatlanayotgan shaklning holati sekundiga bir necha marta yangilanib turadi.



Bu misollarning barchasida Timer (taymer deb o‘qiladi) obyektidan foydalaniladi. Taymer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda ko‘rinmasligidir. Shunga qaramay, agar taymer faol holatda bo‘lsa, u berilgan vaqt oralig‘i o‘tishini kutadi. Bu vaqt oralig‘i o‘tgach, ilova o‘z ishini vaqtincha to‘xtatib, taymerning maxsus protsedurasi bajariladi. Bu protsedura bajarilgach, ilova yana o‘z ishini davom ettira veradi.

Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan:

Taymer obyektining bor-yo‘g‘i ikkita xossasi bor. Ulardan birinchisi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan Enabled (faol)dir. Bu xossa rost va yolg‘on qiymatlarni qabul qiladi. Uning qiymati True (rost) bo‘lishi bilan taymer ishga tushadi. Qiymati False bo‘lishi bilan taymer o‘z ishini to‘xtatib turadi. Dastlab bu xossaning qiymati Truegateng.



Taymerning ikkinchi xossasi Interval bo‘lib, unda taymer keyingi marta qancha vaqtdan keyin ishga tushishi ko‘rsatiladi. Bu vaqt millisekundlarda o‘lchanadi. Agar taymer har ikki sekundda bir martadan ishga tushishi kerak bo‘lsa, interval xossasi 2000 ga teng qilib o‘rnatiladi. Dastlab uning qiymati 1000 ga tengbo‘ladi.

Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilibo‘rnatamiz:

Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1. Caption:= Time To Str (Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:

Ikkinchi funksiya TimeToStr (Time to String) vaqt turidan matn satri turiga degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida bo‘ladi. Bu qiymatni Label1 obyektining Caption xossasiga berish mumkin.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling