10-Mavzu: Idrok.
REJA:
Idrok haqida tushuncha.
Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, strukturaliligi.
Idrok fenomenlari: gallyutsinatsiya, illyuziya, atraksiya xossalari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Idrok - narsaning yaxlit obrazidir.
Idrokning konstantligi, o`zgarmasligi.
Illyuziya borliqning noto`g`ri idrok qilinishi.
Gallyutsinatsiya – voqelikdagi yo`q narsalarni idrok qilish.
Appertsentsiya - idrokning psixik hayot mazmuniga mosligi.
Idrok sezgi a ’zolarimizga ta ’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. M asalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug'ini esa sezamiz, og‘zimizdagi chaqm oq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz. A m m o xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok qilish ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo'lishi m um kin emas. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.
Idrok jarayonida ishtirok etuvchi analizatorlarga ko`ra ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, kinetik va teri tuyush kabi idrok turlari mavjud. Boshqa klassifikatsiyasi asosida materiyaning mavjud bo`lishi yotib – u vaqtni idrok etish, fazoni, xatti – harakatni idrok etish turlariga bo`linadi.
Fazoni idrok qilish - forma, kattalik, ob’ektlarni joylashishi, ularning re’lefi va yo`nalganligini idrok etishda ifodalanadi. Fazoni idrok etish kuchini, teri tuyush va muskul harakat organlari asosida yuzaga keladi.
Vaqt idrok etish – ob’ektiv vaqtni, uning tezligi va ritmini aks etishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |