20-mavzu. Qora va rangli metall qotishmalar. 20. 1
O’zbekistonda mavjud qora va rangli metall rudalari. Ularning O’zbekistonni rivojlanishidagi ahamiyati
Download 114.81 Kb.
|
2- маъруза
20.2 O’zbekistonda mavjud qora va rangli metall rudalari. Ularning O’zbekistonni rivojlanishidagi ahamiyati.
Саноат миқёсида соф металл олиш учун яроқли табиий хом ашё — металли руда номи билан юритилади. Рудаларга, кўпинча, қўшимча жинслар — лой, қум, оҳактош ва ҳ. к. аралашган бўлади. Шу сабабли рудани қайта ишлашдан аввал уни бу жинслардан тозалаш, бошқача айтганда, рудани бойитиш лозим. Бойитилган руда «концентрат» деб аталади. Кўпчилик рудалар флотация усулида бойитилади. Металлар рудаларининг биринчи туркуми табиий Металлар бўлса, иккинчиси — оксидли рудалар ҳисобланади. Оксидли рудаларга қизил темиртош Ғе2О3, қўнғир темиртош Fe2O33H2O, магнит темиртош Fe3O4, боксит А12О3-2Н2О, пиролюзит МnО2, қалайтош SnO2, висмут охраси BiO3 киради. Ер пўстининг чуқурроқ қисмларида Металларнинг сульфидли рудалари учрайди, мас, мис колчедани CuFeS2, мис ялтироғи Cu2S, киновар HgS, қўрғошин ялтироғи PbS, рух ялтироғи ZnS ва ҳ. к. Баъзан бир неча Металларнинг сульфидлари аралаш хoлда учраб, полиметалл рудани ташкил қилади. Баъзи Металлар хлоридлар, сульфатлар, карбонатлар ва фосфатлар билан бирга бўлади, баъзилари силикатлар таркибига киради. Мetallar Ер пустила бир хилда тарқалмаган. Ер пўстида масса жиҳатидан алюминий 8,05%, темир 4,65%, кальций 2,96%, натрий 2,5%, калий 2,5%, магний 1,85% бўлса, қолган барча Мetallar yeр пусти массасининг жуда оз қисмини (қарийб 0,2% ни) ташкил қилади. 1958 й. да Ўзбекистонда авиценит (таркибида таллий ва темир оксиди бор) минерали, кейинроқ Олмалиқ худудининг полиметаллик минералларини текшириш жараёнида бирунит, наследовит минераллари топилди. Таркибида ванадий ва уран Мetallari бўлган туямунит минерали [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ҳам Ўзбекистонда топилган. Рудалардан Металларни соф ҳолда олиш иши техникада қайтариш, термик парчалаш, алмашиниш жараёнлари натижасида металлургиянинг турли тармоқдари (пирометаллургия, гидрометаллургия ва электрометаллургия)да амалга оширилади. Ўта соф Металлар олиш учун моддаларни ваку-умда ҳайдаш усулидан ҳам фойдаланилади. Кейинги й. ларда зоналар бўйлаб суюклантириш усули кўп қўлланилмоқда. Бу усул асосида (электрон-нурли лампалар билан қиздириб) ниобий, тантал, вольфрам ва б. Металлар ёт моддалардан тозаланади. Металлар соф ҳолда камданкам ишлатилади. Кўпинча, қотишма ҳолида қўлланилади. Macалан, чўян, пўлат, жез, бронза, константан, мельхиор, нихром ва б. Атмосфера шароитида Металлар емирилади (коррозияга учрайди). Металл буюмларни емирилишдан сақлаш муқим аҳамиятга эга. Махсус зангламайдиган пўлатлар тайёрлаш усулининг топилиши бу масалани ҳал қилишга ёрдам беради. Металлар турмушда, қурилишда, космонавтика, кемасозлик, машинасозлик, самолётсозликда ва б. кўп соҳаларда ишлатилади (я на қ. Металларни ишлаш). Rangdor, asl va nodir metallarning qazib olish, boyitish va eritishning uz ichiga oladigan rangdor metallurgiya, uning asosiy tarmoqlari O’zbekistoning dunyoviy ahamiyatga ega bulgan,iqtisodiy soxalardan biri xisoblanadi. O’zbekistoning rangdaor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay, uning qissasiga urta Osiyo respublikalaridan ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2/3 qismidan kuprog’i tug’ri keladi. Hozirgi kunda respublikada rangdor metallurgiya sanoatining barcha texnologik jarayonlari shu erda amalga oshiriladi. Bunday sanoat korxonaliri Olmaliq, Muruntov (Zarafshon), Navoiy shaxarlarida joylashgan xisoblanadi. Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirk korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetall rudalarini qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis Qalmoqqir va Sarichuv konlaridan qazib olinadi. Xamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasida boyitilib mis zavodida eritiladi. Qurg’oshin kon va oltin tog’ kon polimetal konlaridan qazib olinadigan rudalar qurg’oshin-rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Rux kontsentrantlari konbinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi; qurg’oshin kontsentrantlari esa eritish uchun h’ozircha respublikadan tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog’- metallurgiya kombinatining rux va qurg’oshin sanoati bilan bog’liq korxonalar tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona ham kiradi. O’zbebekiston mis hamdustlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan eng arzon va sifatli misdir. Xozirgi asosiy mis konlaridan biri Qalmoqqirda1 t ruda kazib olish uchun sarf qilinadigan kapital mablag’ MDH mis sanoatidagi urtacha kursatkichga nisbatan ikki marta 1t rudaning tannarxi esa 1,9 marta kamdir. Uning asosiy sababi shundaki, O’zbekistondagi mis rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Mis konlari Qalmoqqir, Sarichigu, Dalniy, baliqchi kabi konlardan tashqari , janubiy O’zbekistondagi Xondeza va Chaqchar, Navoiy viloyatida Qiziluum, Farg’ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Mis-metallurgiya kombinati Olmaliq amofos zavodiga sulfat kislotasi etkazib berilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarida sentetik tolalar, qishloq xo’jaligi uchun zararli kimyoviy moddalar va boshqa maqsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish komponentlaribilan taminlab turibdi. Volfrom-molebdin kontsentrantlari Chirchiqdagi O’zbekiston qiyin eriydigan va utga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat hamdutlikdagi eng yirik korxonalardan biribulib, xilma-xil maxsulotlar (volfrom, molebdin simlari,qattiu qotishmalar prokati, togg’jinslarini parshalaydigan asboblar va h’okozolar) ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog’lari yonbag’rlari va Markaziy qizilqumdagi Marjon buloq, Chodan, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shaxrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi. 1991 yildan boshlab Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati tarkibida yuldosh asl metallar (oltin, kumush) ni ajratib oladigan tsex ishga tushirildi.O’zbekistonda allyuminiy sanoatini rivojlantirish uchun ham zarur sharoit va zaxiralar mavjud. Qora metallurgiya sanoatiga Vatan urushi yillarida asos solindi. 1946 yilda Bekobod metallurgiya zavodi ishga tushirildi. 70 yillar ikinchi yarmida O’zbekiston metallurgiya zavodida elektr quvvati yordamida pulat eritish tsexi va jamiyatning yangi prokat tsexi ishga tushirildi. Bundan tashqari korxona qoshida istemol buyumlari ishlab chiqaradigan tsex ham ishlaydi. 1990 yilda 1015ming t pulat hamda 955 ming tonna prokat ishlab chiqarildi. Toshkentdagi "ikkilamchi qora metall" zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir-tersaklarini qayta ishlovchi maxsus korxonalar hamda tsexlar qurildi. Respublika xududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bulgan temir va mrganets rudalari,olmos materiallari va utga chidamli xomashyolar ham topilgan. 20.3 Rudalarni qazib olish va ularga talablar. (Olmaliq, Bekobod, Navoiy kombinatlari) Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistondagi yagona mis ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxonada tozalangan mis, metall rux, molibden, qo‘rg‘oshin konsentrati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikada ishlab chiqarilgan kumushning 90% va oltinning 20% "Olmaliq KMK" AJ ulushiga toʻgʻri keladi. 2018-yil avgust oyidan boshlab korxonaning davlat ulushi “IP” MChJ “SFI Management Group” xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruviga o‘tkazildi. 2022-yilgacha “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturida ikki milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Bu misni qayta ishlash zavodi, mis-rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy sexlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni o‘z ichiga oladi. Bu ma'naviy va jismoniy eskirgan qobiliyatlarni chuqur modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. Download 114.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling