20-mavzu Ta’lim amaliyotida va pedagogik fikr tarixida pedagogning mahorati masalalari. Pedagogik qobiliyat. Pedagogning kommunikativ qobiliyati Reja


Download 63.89 Kb.
bet10/11
Sana09.01.2022
Hajmi63.89 Kb.
#259609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
(Bilim bilan saodat yoli ochiladi, shunga ko’ra, ilmli bo'1, bax tyo’lini izla).

Ahmad Yugnakiy bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo’lsa, bilimsizlikka, yoki razolatga yo'1 ochadi.

Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarida, boshqa talimiy-axloqiy asarlardagi kabi, insonning barkamolligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning xushxulqliligidir, degan g’oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo’lgan ijobiy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan, mol-dunyoga muhabbat qo’yish salbiy xislat ekanligini alohida ta'kidlaydi; insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga ta'sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar, baxillik, jamiyat va atrofdagi kishilarning manfaatlariga zarar etkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlari haqida to’xtalib o’tadi.

Ahmad Yugnakiyning ta'kidlashicha, insonning ma'naviy-axloqiy qiyofasini ko’rsatuvchi muhim belgilardan birinchisi - til odobidir.

Allomaning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so’zlarni aytaverish boshga balo keltiradi. Shu bois u tilni tiyishni, har bir so’zni o’ylab so’zlashni maslahat beradi. Xususan:

Tiling bekta tutg’il, tishing sinmasun, G’oli chiqsa bekta tishing siyur.

Ya'ni, tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so’zlab yuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya behuda so’zlashning yomon oqibatlari xususida o’z qarashlarini ilgari suradi.



Asarning to’rtinchi bo’limida saxovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlari yoritib berilgan. Ahmad Yugnakiy saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug’lanishi, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinligini ta'kidlar ekan, qollar ichida in'om beruvchisi baxtli (qo’l)dir, o’zi olib, boshqalarga bermagan (qo'1) qo’llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo’lmaydigan kasallikka qiyoslaydi.

Ahmad Yugnakiy saxiylikni kamolot belgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochko’zlik kabi illatlar qarama-qarshi qo’yiladi, boylik to’plab, emay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan ki-shining mol-dunyosi oxiri do’stga emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni quyidagicha yoritadi:



Taturmas oshinda tuz do’stina, Oiur qolur axir eyur dushmani.

Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham insonning etuklik darajasini ko’rsatuvchi belgilardan biri bo’lib, kibrli va xasis bo’lish insonni ruhan tubanlashtiradi, degan fikrni ilgari suradi.

Kimki kibru havoga berilib, boshqalardan o’zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, aksincha, tavoze'li, kamtar va muloyimlik sifatlariga ega bo’lishni esa insonning husni deb hisoblaydi.

U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo'lish yo’llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to’plashga mukkasidan ketgan kiishlarga mo’tadil hayot kechirishni maslahat beradi:

Agar yig’ding ersa umurluq tavor, Burun boshqa bo’rkni kiyar bosh kerak.

Harislik ma erga yovuz xislat bul, Harislik so’ngig’am o’kunch hasrat ul.

Alloma sabr-toqat, qanoat insonga sharaf va xotirjamlik olib kelishiga ishonadi, shu bois u kishilarni sabr-toqatli hamda qanoatli bo’lishga undaydi. Ularni tinchlik va totuvlikda hayot kechirishga chaqiradi:

Balo kelsa sabr et, farrahqa kutib, Kutib turfarahqa balo-ranj yutup.

Hchar mehnat o’ti, kechar navbati, G’olur sabr idish savobin tutub.

Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, g’azab o’tini iloji boricha o’chirish zarur, deydi.

Shoir boshliqlar bilan ehtiyot bo’lib muomalada bo’lish, foydasiz tortishuvlar ulug’larning g’azabini keltirsa, kichiklarning xulqini buzadi, deydi. Xususan:

G’udazgil, ayo do’st, ulug’lar aqin, Osiqsizjadal ham mizojtin soqin.


Download 63.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling