20-mavzu Ta’lim amaliyotida va pedagogik fikr tarixida pedagogning mahorati masalalari. Pedagogik qobiliyat. Pedagogning kommunikativ qobiliyati Reja


Download 63.89 Kb.
bet11/11
Sana09.01.2022
Hajmi63.89 Kb.
#259609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ulug’larni bushrub senga bu mijoz, Kichiklarni gustoh qilur bilyaqin.

U kishilarni, ayniqsa, martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo’lishga chaqiradi, mavqeini suiste'mol qilmaslikni maslahat beradi:

Ulug’liqqa tegsang engilma o 'zing, G’oli keysang atlas unutma bo’zing.

Ya'ni, ulug’likka etsang yanglishma, agar atlas kiysang, bo’z kiyganingni unutma.

Ulug’ bo’ldug’ungcha tuzunrak bo’lub, Ulug’qa, kichikka siliq tut so’zung.

Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor, mansabdor kishilarning o’z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kchikka ham birdek muruvvat ko’rsatishlari, so’zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvo-fiq ekanligiga alohida ta'kidlaydi:

Ya'ni, ulug’liginga yarasha yaxshiroq bo’lib, kattaga, kichikka so’zin-gni silliq, muloyim qil.

Adib do’st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do’st tutish, badxulq kishilardan uzoqroq yurish, do’st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta'kidlaydi.

Ayo edgu umgon esizlik qilip, Tikan eylagan er uzum bichmas ul.

Ya'ni: Ey, yomonlik qilib yaxshilikdan umidvor bo’luvchi, tikan izgan (qidirgan) kishi hech vaqt uzum uzmaydi.

Ayrim tadqiqotchilar Ahmad Yugnakiy asarlarida zamondan norozi-lik kayfiyatlari mavjudligini aytadilar. Lekin adibning asarlaridagi quyidagi misralar mazmuni uning zamondan emas, ba'zi kishilardan, ularning xatti-harakati va xulqidan norozi ekanligini ko’rsatadi. Chunonchi:



Yirarsan zamonangni xalqin qo’dib, Zamonangni yirma, kishisin yir.

Ya'ni: Xalqingni qo’yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, bal-ki kishilarni aybla.

Shuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog’atda yashash, halol bolish, ochko’z - suq bo’lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlar beradi.

Ahmad Yugnakiy ham o’zining insonni kamolga etkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos sistemasini yaratdi.



Ahmad Yugnakiy tomonidan asoslangan barkamol insonni shakllantirish sistemasi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: yuksak darajada nazariy va amaliy bilimlarni egallash, til va so’z odobiga rioya etish, o’zida halollik, rostgo’ylik, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish, vafodor do’st bo’lish. Allomaning nuqtai nazariga ko’ra, o’zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir so’zni o’z o’rnida va lozim topilgandagina so’zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bo’lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsata olish kishining obro’siga obro' qo’shuvchi sifatlar bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan salbiy holatlarning oldini oladi. Insonda baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloq-lik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko’p gapirish va hokazo xislatlarning mayjud-ligi esa kishilar o’rtasida adovat, o’zaro urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini Ahmad Yugnakiy alohida qayd etadi.
Download 63.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling