20. Mbbt ms access: Kalit tushunchasi


Download 20.67 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi20.67 Kb.
#1264076
Bog'liq
Axborot tizimlari 20-25-gacha


20.MBBT MS Access: Kalit tushunchasi
JAVOBI:
Kalit maydonlar. Kalit – jadval maydon yoki maydonlar to’plami bo’lib, har bir yozuvni bir qiymatli tenglashtirishda ishlatiladi. Access da birlamchi kalitlarning ikki turi mavjud: - Oddiy kalit: qiymatlari takrorlanmaydigan jadvalning ixtiyoriy maydoni bo’lishi mumkin. Masalan: Talaba reyting daftari raqami, mashina raqami, inventar raqam va boshqalar. - Qo’shma (tarkibli) kalit: ikki yoki undan ko’p maydanlarning birlashmasidan tashkil topadi. Masalan: Tashkilot_kodi, Xodim_kodi kabi. Agar bazada bir necha tashkilot bo’lsa, u holda har xil tashkilotda bir xil kodli xodimlar ishlashi mumkin bo’ladi. Amaliyotda qo’shma kalitlar jadvallarni bog’lash uchun ishlatiladi. Bog’lanishlar natijasida ma’lumotlarni yig’ish imkoniyati mavjud bo’ladi. Bog’lanishlarning 4 xil usuli mavjud: 1:1 (birga – bir), 1:N (birga – ko’p), N:1 (ko’pga - bir) va N:M (ko’pga – ko’p). Bog’lanadigan maydonlarning turlari mos kelishi qoidalari mavjud: Agar bog’lanadigan maydonlarning turi sonli bo’lsa, u holda ularning Размер поля xossasi bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim. Счетчик turli maydonni Размер поля xossasi Длинное целое qiymatga ega bo’lgan sonli maydon bilan ham bog’lash mumkin.
21. MBBT MS Access:Jadvallar
JAVOBI:
Ha, A ccessda barcha m a’lumotlar jadvalda saqlanadi. Undan kerakli m a’lum otlam i siz ham, Access ham tezda topa oladi. Buning uchun m a’lumotlarni shunday joylashtirish kerakki, ular jadvaldan (cham adondan) imkon boricha kam joy olsin. Ikkinchidan, cham adonga bir xil narsadan ikki-uchtadan joylashtirish maqsadga muvofiq emas, xuddi shuningdek, jadvalda ham m a’lum otlam i takrorlamaslikka harakat qilish kerak. Jadval A ccessning eng muhim tom onlaridan biri b o ‘lib, m a’lumotlar bazasini loyihalash deganda ham jadval (jadvallar)ni qanday tanlash ko'zda tutiladi. Siz uy qurish uchun uyning loyihasini tuzishga harakat qilasiz, ya’ni xonalari nechta bo'lishi va har bir xonaning bo'yi va eni qanday bo'lishi kerakligini o'ylaysiz. Bu hammasi ketadigan sarf-xarajatlar bilan bog'liq. Hech qachon oshxonangizning enini o 'n metr, bo'yini sakkiz metr qilib loyihalamaysiz yoki m ehm onxonangizni torgina qilmay, imkoni boricha keng qilishga harakat qilasiz. Bu narsa A ccessda ham juda m uhim rol o'ynaydi. Jadval m aydonlarining (ustunlarining) o'lcham ini tanlash xonalam ing o'lcham ini tanlashdek muhimdir. Chunki xonalam ing o'lcham ini n o to 'g 'ri tanlash ortiqcha sarf-xarajatlarga yoki noqulayliklarga olib kelganidek, m aydonlarning o'lcham ini noto'g'ri tanlash kom pyuter xotirasidan ortiqcha joy olishga yoki m a’lum otlarning yo'qolishiga sabab bo'ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, A ccessda xohlagan paytda jadvalning xohlagan joyiga yangi ustunlar qo'shishingiz yoki nokeraklarini olib tashlashingiz mumkin. Jadvalga yangi ustunlar qo'shilganda m a’lum otlar yo'qolmaydi, faqatgina mavjud m aydonning turi yoki o'lcham i o'zgarganda undagi ma’lumotlar yo'qolishi mumkin. Bundan ehtiyot bo'lish lozim.
22. MBBT MS Access: Mantiqiy ulanish turlari.
JAVOBI:
Jadvallarni o’zaro bog’lash. Ma’lumotlar bazasida jadvallarni bir-biri bilan bog’lash katta ahamiyatga ega. Chunki, MBBT bir nechta jadvallar hosil qilish va ulardagi kerakli ma’lumotlarni bir joyga jamlashda foydalaniladi. MS Access 2010 da jadvallarni bog’lash uchun Работа с базами данных menyusining Схема данных bo’limidan foydalaniladi. Jadvallarni bog’lash va ushbu jadvallarni so’rovlar yordamida bitta jadvalga birlashtirish uchun Создание menyusining Конструктор запросов bo’limidan foydalaniladi. Topshiriq. Turli ma’lumotlarga ega bo’lgan uchta jadvallar o’zaro bog’lansin. Ishni bajarish tartibi: Создание menyusining Конструктор таблиц bandidan jadvallar hosil qiling va "Guruh", "Ijarada", "Talaba haqida ma’lumot" “O`z uyi”, “TTJ” nomi bilan saqlang. Работа с базами данных menyusining Схема данных bo’limini tanlab, Добавление таблицы oynasini hosil qilinib, undan har bir jadvalni belgilab, Добавить tugmasini tanlang. 1. Jadvallari bog’lanishi lozim bo’lgan MB ni oching va Работа с базами данных lentasidan Схема данных buyrug’ini tanlang Схема данных muloqat oynasi ochiladi (Eslatma: Bog’lanadigan jadval yopilgan holatda bo’lishi shart). 4 2. Agar Схема данных oynasiga birorta ham jadval qo’shilmagan bo’lsa, u holda birdan Добавление таблицы muloqat oynasi ochiladi. Agar bu oyna paydo bo’lmasa Конструктор lentasidan Отобразить таблицу tugmasini bosing. 3. Схема данных muloqat oynasiga jadvallarni qo’shish uchun jadval nomini ikki marta cherting yoki jadval nomini chertib keyin Добавить tugmasini bosing. 4. Схема данных muloqat oynasiga nechta jadvalni qo’shish lozim bo’lsa, 3-qadamni shuncha marta takrorlash lozim. Keyin Закрыть tugmasini bosing. 5. Jadvallar orasida bog’lanishlarni amalga oshiring. Jadvallardan biri asosiy, ikkinchisi bo’ysinuvchi hisoblanadi. Birlamchi kalit hisoblanadigan maydonni chertib, sichqonchaning chap tugmasini bosgan holatda ikkinchi jadvalning umumiy hisoblanadigan maydoni ustiga tortib kelib, sichqoncha tugmasini qo’yib yuboring. 6. Maydonni ko’chirgandan so’ng Изменение связей muloqat oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada bir nachta parametrlar tasvirlangan. Yuqori qismida jadval nomlari va ularning umumiy maydonlari tasvirlangan. Quyi qismida ma’lumotlarning butunligini ta’minlovchi optsiya (xossa)lar mavjud, bular bilan jadvallar orasidagi bog’lanishning to’g’riligi ta’minlanadi. Eslatma. Agar jadvallarni bog’lash tartibi noto’g’ri bo’lsa, u holda Измение связей oynasidagi Отмена tugmasini bosing va 5-qadamni qaytaring. Parametrlar to’g’ri ko’rsatilganiga ishonch hosil qiling, Создать tugmasini bosish bilan jadvallar orasida bog’lanishni o’rnating. Natijada jadvallarni birlashtiruvchi chiziq paydo bo’ladi. 7. Endi 5- va 6- qadamlarni bog’lanish o’rnatilishi lozim bo’lgan jadvallarning har bir juftligi uchun takrorlash lozim. 8. Быстрый доступ panelidagi Сохранить tugmasini bosib, yoki Файл menyudan Сохранить buyruqlarini tanlab, tuzilgan bog’lanishni saqlang.

  1. MBBT MS Access: So’rovlar

JAVOBI:
Topshiriq. Oddiy so’rov hosil qilinsin.
1. Создание lеntasida Запросы bo`limidan Мастер запросов imkoniyatini tanlang. 2. Hosil bo’lgan oynadan qanday so’rovlar tashkil qilinishini tanlab oling va OK tugmasini bosing: 2 3. Hosil bo’lgan oynadan qaysi jadval asosida so’rovlar tashkil qilinishini (Таблицы и запросы) va qaysi maydonlar kerakligini (Доступные поля) tanlab oling Maydonlarni tanlash uchun har bir maydon nomi tanlanib > belgili tugmachasini bosing, barcha kerakli maydonlarni o’ng tomondagi «Выбранные поля» (Tanlangan maydonlar) darchasiga o’tkazing va undan so’ng Далее tugmachasini bosing: 4. Hosil bo`lgan oynadan yana Далее tugmasini bosing: 3 5. Hosil qilingan so’rovga yangi nom bering va Готово tugmasini bosing. 6. Yaratilgan so’rov natijasini ko’rish uchun hosil bo’lgan so’rov nomi ustida sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosing va natijani tekshiring.

  1. MBBT MS Access:Formalar

JAVOBI:
Topshiriq. Microsoft Access dasturida forma hosil qilinsin. MS Access dasturida forma hosil qilish uchun yangidan hosil qilish ham mumkin yoki avval kiritilgan jadvallar hamda so’rovlardan foydalanish ham mumkin. 1. Создание lеntasida Формы bo`limidan Мастер форм imkoniyatini tanlang. 2. Hosil bo’lgan oynadan qanday maydonlar tashkil qilinishini tanlab oling va yoki tugmasini bosing: 3. Berilganlarni barchasi qo’shni oynaga o’tkazilsa tayyor forma hosil bo’ladi. Далеe tugmasini bosing; 4. Форма ning tashqi ko’rinishini tanlang va Далеe tugmasini bosing; 6 5. Natijada quyidagi oyna hosil bo`ladi: 6. Yaratilgan yangi Форма uchun nom bering va Готово tugmasini bosing, hamda natijani kuzating

  1. 25. MBBT MS Access:Hisobotlar

JAVOBI:
Topshiriq. Microsoft Access dasturida hisobotlar tayyorlansin.
1. Создание lеntasida Отчеты bo`limidan Мастер отчетов imkoniyatini tanlang. 2. MS Accessda hisobot tayyorlash uchun tayyorlangan jadvalli, so’rov yoki forma turidagi ma’lumotlarni oynasidan tanlab oling; 3. Ularning kerakli ustunlarini belgilaнг yoki tugmasini bosing; 4. Далеe tugmasini bosing; 5. Hosil bo’lgan oynadan qanday maydonlar tashkil qilinishini tanlab guruhlab oling va Далеe tugmasini bosing; 6. Tartiblash ishlarini bajaring va Далеe tugmasini bosing; 8 7. Hisobot ko’rinishi uchun maket tanlang va Далеe tugmasini bosing; 8. Yangi hisobotga nom bering va Готово tugmasini bosib, natijani tekshiring.
Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling